CHDPU | Rasmiy kanal
10.3K subscribers
9.78K photos
1.57K videos
571 files
4.82K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Talabalar mehr va sovg‘alar ulashdi

Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalari Chirchiq shahrida joylashgan 20- sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini yo‘qlab borishdi.
Bu erda aqliy nutqi va psixik rivojlanishida, tayanch harakatida nuqsoni bor, miya falaji, zaif ko‘ruvchi, zaif eshituvchi va kar saqov bolalar tarbiyalanadi.
Ular ushbu sana munosabati bilan tarbiyachilari yordamida tayyorlangan badiiy chiqishlarni namoyish etdi.
Ularni qutlagani kelganlar har birlari bilan imkon qadar muloqotda bo‘lib, tarbiyalanayotganlarning barchalariga sovg‘a-salomlar ulashdi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tadbir #мероприятие #event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yong‘in xavfsizligi oyligi
#talaba_manfaati

Bugun, 6-dekabr kuni Chirchiq davlat pedagogika universitetining Turizm fakulteti kampusi hududida Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan talabalar va professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarda yong‘inni bartaraf etish, uni oldini olish bo‘yicha navbatdagi tushuntirish - targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, Chirchiq davlat pedagogika universitetida 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar Yong‘in xavfsizligi oyligi e’lon qilingan bo‘lib, universitetning Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi hamda mas’ullar tomonidan universitet talabalari, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar o‘rtasida muntazam tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari universitet rektori topshirig‘iga binoan ijarada istiqomat qiluvchi talabalar xonadonlari o‘rganilib yong‘in xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tadbir #мероприятие #event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
CHDPU San’atshunoslik fakultetida “Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti San’atshunoslik fakultetida 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan talaba qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni ChDPU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Gulnora Norqo‘ziyeva ochib berdi.

Mazkur tadbirda ayolning oila va jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish va ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlariga barham berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbir tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligi, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasi hamda moslashuvini taʼminlash bo‘yicha tuzilmalarning tashkil etilganligi to‘g‘risidagi keng qamrovli tushunchalarni talaba-qizlar ongiga yana-da chuqurroq yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida rektor maslahatchisi Gulnora Norqo‘ziyeva TDYU volontyor talabalari ayollarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faol kurash kampaniyasi doirasida tayyorlagan videorolikni ko‘rishni tavsiya etdi.

Eslatma: Har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida qizlar manfaati va huquqini anglatuvchi tadbirlar o‘tkaziladi.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tadbir #мероприятие #event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talaba_manfaati
Rektor va yoshlar uchrashuvi.
..

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi G‘ofurjon Muxamedov ishtirokida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda rektor universitet yoshlari ochiq suhbat olib bordi.

- Ayni vaqtda, Davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yurtimizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur. Hayot kurashdan iborat. Bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lganlargina g‘olib bo‘ladi, - deydi Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov. - Universitetimizning kelgusi salohiyatini belgilovchi qator dasturlarni amalga oshirmoqdamiz. Xalqaro darajada dars bera olish layoqatiga ega kadrlarni tayyorlash masalasiga bor e’tiborimizni qaratganmiz. Bu maqsad va g‘oyalar avvalаmbor, universitet yoshlari va talabalarining maqsadi sifatida qarayman. Ustozlari bilan tizimli ishlayotgan yoshlarni qadrlayman va qo‘llab-quvvatlayman.

- 8 yillik tanafusdan keyin o‘qishga kirdim. Uchinchi kurs talabasiman. Oilaliman. Kurash bo‘yicha respublika musobaqalarida ishtirok etaman. Sportga qiziqaman. 2023-2024 oʻquv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor boʻldim, - deydi Maktabgacha ta'lim fakulteti talabasi Lazzat Ilesova. - Rektorimizning talabalar muammolari va kamchiliklarini eshitib, mas’ullarga kerakli topshiriq bergani hamda yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatgani tahsinga sazovordir.

Shuningdek, ochiq-oshkora, muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda yoshlar erishayotgan yutuqlari, o‘zlarini qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar.

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #tadbir #мероприятие #event
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM