CHDPU | Rasmiy kanal
10.6K subscribers
8.89K photos
1.32K videos
569 files
4.49K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
Tumanlarda MTM rahbarlari va ota-onalar ishtirokida treninglar o‘tkazilmoqda
#kafedra_tashabbusi
#PTIK
Toshkent viloyati tumanlarida "Bolani muvaffaqiyatli shaxs qilib tarbiyalashda ota-onalar bilan hamkorlikning o‘rni va ahamiyati" mavzusida treninglar bo‘lib o‘tmoqda. Unda MTM mudiralari, tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar ishtrok etishdi.

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilayotgan treninglarda "Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni maktabga tayyorlashda ota-onalar hamkorligi" mavzusida qiziqarli mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, eng zakovatli va IQ darajasi yuqori bolalar tarbiyalashda tarbiyachi va ota-onalarga yuklanadigan vazifalar haqida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashishdi.

“Biz bolalarni iqtidorli ekanidan faxrlansak-da, u ko‘p mehnat qilishi va iste’dodli bo‘lsa ham ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini ta’kidlaymiz. Va ular ota-onalar ko‘magida o‘z qiziqish yo‘lini tanlashini xohlaymiz. Ota-ona va bog‘cha hamkorligi bolaga o'z kuchi va imkoniyatiga ishonch bag'ishlaydi. Tevarak-atrofdagi voqeiliklarga ongli munosabat bildirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilishi mumkin”, – deydi Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Lola Narimbayeva.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM