🌐 𝗧𝗢'𝗥𝗧𝗞𝗢'𝗟_𝗣𝗥𝗘𝗦𝗦 / 𝗥𝗔𝗦𝗠𝗜𝗬 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟
11.6K subscribers
62K photos
6.82K videos
128 files
19.3K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида чарм ва ипак саноатини ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития кожевенной и шелковой промышленности, а также обеспечения занятости населения.

#Mirziyoyev #videoselektor #charmsanoati #ipakchilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#ipakchilik

Ipakchilik sirlarini avloddan avlodga o‘rgatayotgan nuroniy onaxon

To‘rtko‘l tumani Yangihayot mahallasida yashovchi hurmatli ayol, ko‘cha boshisi Sultonova Ayxonim Hadjiyevna nafaqaga chiqqan bo‘lsalar ham, o‘zining sevimli mashg‘uloti – ipakchilikka sodiq qolmoqdalar.

20 yildan ortiq vaqt davomida ipak qurti boqish bilan shug‘ullanib kelgan Ayxonim opa, har yili 2 quti pilladan mo‘l hosil – 145-160 kg atrofida ipak tolasi yetishtirganlar.

Bugun esa, joriy yilning ilk pilla hosili terimi boshlandi. Bu xayrli ishga mahalla faollari, qo‘ni-qo‘shnilar va qarindoshlar ham bir yoqadan bosh chiqarib, ko‘makka kelishdi. Ahillik va mehr-oqibatning bunday ko‘rinishi kishini xursand qiladi.

Ayni damda Ayxonim opa o‘zining boy tajribasini kelinlariga o‘rgatib, oilaviy anʼanani davom ettirmoqdalar. Ipak qurti boqishning nozik sir-asrorlarini yosh avlodga mehr bilan ulashayotgan bu kabi onaxonlarimiz bor ekan, xalqimizning qadimiy hunarmandchiligi hamisha barhayot bo‘ladi.

Aytishlaricha, Ayxonim opaning qo‘llari gul ekan. Ularning mehnatlari bilan yetishgan ipak tolasi nafaqat sifati bilan ajralib turadi, balki oila farovonligiga ham o‘z hissasini qo‘shadi.


Biz bunday mehnatkash va ibratli onaxonlarimiz bilan faxrlanamiz. Ularning saʼy-harakatlari hamisha eʼzozda.


To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🎖 WS |💻 IG | 📝 FB |🎞 YT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1👏1🤗1