Forwarded from "YUKSALISH" HARAKATI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sana
20-noyabr #ButunjahonBolalarKuni bolalar huquqlarini himoya qilish va ularning manfaatlarini ilgari surish belgisi sifatida ko’plab mamlakatlarda “Dunyoni moviy rangga bo’ya” aksiyasi o’tkaziladi.
O’zbekiston ham ushbu aksiyada ishtirok etmoqda. Mamlakatimizning poytaxti va qadimiy shaharlaridagi mashhur binolar moviy rangda yoritildi.
2022-yilning mavzusi: Har bir bola uchun inklyuziya.
💙#ButunjahonBolalarKuni muborak bo'lsin!
________________
#Дата
Во #ВсемирныйДеньДетей 20 ноября во многих странах мира проводится акция “Освети мир синим цветом” в знак защиты и продвижения прав детей.
Узбекистан участвует в этой акции третий год подряд, освещая известные здания и монументы в столице и исторических городах страны.
Тема 2022 года: Инклюзия для каждого ребенка.
💙Cо #ВсемирныйДнемДетей!
@uzbyuksalish

21-noyabr — Butunjahon televideniye kuni
Internet ayniqsa, yoshlar orasida axborot va koʻngilochar manba sifatida ommalashib borayotganiga qaramay, televideniye hamon kontentning eng katta manbai boʻlib qolmoqda.
Televideniyaning qarorlar qabul qilish jarayonlariga taʼsiri kuchayib borayotganini, shuningdek, uning jamoatchilik eʼtiborini iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga qaratishdagi rolini eʼtirof etib, 1996-yil 17-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 21-noyabrni Butunjahon televideniye kuni deb eʼlon qildi.
Butunjahon televideniye kuni texnik jihatlaridan ko'ra, mohiyatan televideniye hayotimizga olib keladigan falsafa bilan bogʻliq. Bugungi zamonaviy dunyoda televideniye aloqa va globallashuv ramzidir.
Ma'lumki, zangori ekranning birinchi ishchi prototipi Toshkentda yaratilgan va birinchi elektron teleeshittirish tayyorlangan. Ixtiro Boris Grabovskiy boshchiligidagi bir guruh olimlar bilan bogʻliq. Ular “Telefot” uskunasini yaratishga va uning yordamida 1928-yildayoq harakatlanuvchi tasvirni masofaga uzatishni amalga oshirishga muvaffaq boʻlishgan.
Birinchi muntazam eshittirishlar 1956-yil 5-noyabrda boshlangan. Oʻshanda Oʻzbekistondagi ilk telemarkazlardan biri ishga tushgan. 1967-yildan Toshkent telemarkazi oq-qoradan “rangli” translyatsiyaga o'tgan.
Agar 90—yillar boshida respublikamiz aholisining 98 foizdan ortigʻi ikkita telekanal koʻrsatuvlari bilan qamrab olingan boʻlsa, bugungi kunda ularning soni 20 dan oshdi. Bir necha yil avval Oʻzbekiston toʻliq raqamli televideniyaga oʻtdi. Joriy yildan BBC, CNN, Bloomberg, France 24, Xitoyning CGTN, Turkiyaning TRT Avaz, “Belarus 24” va boshqa xorijiy telekanallar oʻzbekistonliklar uchun ham namoyish etila boshladi.