This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Oramizdagi_odamlar
Mehnati bilan qadr topayotgan ayol
«Toshkent” mahallasida yashovchi Sayyora Atamuratova yoshligidan chevarlikka qiziqardi. Shu qiziqishi sabab mahalladadoshlarining ko‘rpa-to‘shaklarini tikib berardi. “Ayollar daftari” da ro‘yxatda turgan ayol “Dinur jobs” o‘quv markazida 3 oy kasbga qayta o‘qib, chevarlikni to‘liq o‘rganib chiqdi. Mahalla faollari tavsiyasi bilan subsidiya asosida tikuv mashinasiga ega bo‘ldi.
Onasidan ko‘rpa-to‘shak va ko‘rpachalarni tikib yurgan ayol bugungi kunda ayollar kiyim-kechagini tikish bilan o‘z-o‘zini band qildi. Endilikda mehr berib o‘rgangan kasbi orqali oilaga daromad keltirmoqda.
-Eng asosiysi, farzandlarim yonimda - ko‘makchi. Mehnatim evaziga uy ta’miri ham bo‘lmoqda. Farzandim o‘qimoqda. Bularning barchasiga shukronalik bildiraman, Biz kabi ayollar uchun yaratilgan imkoniyatdan xursandman, deydi ayol kamtarlik bilan. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
🌐WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG