🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
11.6K subscribers
62K photos
6.82K videos
128 files
19.3K links
Download Telegram
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
Oβ€˜zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo shoβ€˜rlik toβ€˜tining holi
Oβ€˜zgalarga taqlid hamisha.


Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yoβ€˜qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham toβ€˜ti boβ€˜lib qolaman!

Abdulla Oripov
#ona_tilim_faxrim

Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimining davlat tili masalalari boβ€˜yicha maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boβ€˜linmasi, Madaniyat boβ€˜limi hamkorligida tuman Koβ€˜zi ojizlar kutubxonasida 21-oktabr – Oβ€˜zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir boβ€˜lib oβ€˜tdi.
Tadbirda ushbu tarixiy sananing ahamiyati haqida, shuningdek, ona tilimizga boβ€˜lgan hurmat, davlat tilida ish yuritishda mas’uliyat bilan yondashish boβ€˜yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, madaniyat boβ€˜limi xonandalari kuy-qoβ€˜shiqlar ijro etgan boβ€˜lsa, Xiva shahridagi maxsus maktab oβ€˜quvchilari tomonidan ona tili haqida she’rlar oβ€˜qildi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#ona_tilim_faxrim

Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimining maslahatchisi G.Nazarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boβ€˜linmasi rahbari J.Settiyev tomonidan tuman Ichki ishlar boβ€˜limida 21-oktabr – Oβ€˜zbek tili bayrami kuni munosabati bilan β€œQadring baland boβ€˜lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv boβ€˜lib oβ€˜tdi.
Uchrashuvda davlat tiliga boβ€˜lgan e’tiborni mustaqillikka boβ€˜lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni
ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligi toβ€˜gβ€˜risida soβ€˜z yuritildi.
Yig`ilish davomida tumanda davlat tili siyosati qay darajada olib borilayotgani hamda bu boradagi muammolar haqida soβ€˜z bordi.
#ona_tilim_faxrim
21-oktabr β€œOβ€˜zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman boβ€˜linmasi, tuman hokimining davlat tili masalalari boβ€˜yicha maslahatchisi hamda Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman Qoβ€˜riqlash boβ€˜limi bilan hamkorlikda β€œQadring baland boβ€˜lsin, ona tilim” shiori ostida β€œMa’rifat soati” oβ€˜tkazildi. Bunda oβ€˜zbek tilining paydo boβ€˜lishi, uning rivojlanishi va yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati boβ€˜yicha soβ€˜z yuritildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi oβ€˜rni va nufuzini oshirish boβ€˜yicha keng koβ€˜lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, soβ€˜nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar oβ€˜zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini koβ€˜tarish borasidagi ishlarning yangi bosqichga koβ€˜tarilishiga sabab boβ€˜ldi desak xato qilmagan boβ€˜lamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim Ertaga Oβ€˜zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil toβ€˜ladi

✏️Shu munosabat bilan Toβ€˜rtkoβ€˜l tumanidagi Axborot Kutubxona Markazi qoshida tashkil topgan "Onajonim she’riyat" klubi rahbari va a’zolari ishtirokida oβ€˜zbek tilini madh etuvchi she’rlar taqdim etildi
#ona_tilim_faxrim


Tortkol tumani β€œTurkiston” MFY 3-son umumta'lim maktabida 21-oktabr "Til bayrami" ga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.
Tadbir ko'tarinki kayfiyatda she'r va qo'shiqlar bilan o'tkazildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar mahalla fuqarolar yigini tomonidan ragbatlantirildi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#ona_tilim_faxrim

Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani 18-sonli IDUMda ham oβ€˜zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan β€œOβ€˜zbek tili – tinchlik tili” deb nomlangan bayram tadbir boβ€˜lib oβ€˜tdi.
Tadbir davomida maktab oβ€˜quvchilari tomonidan β€œKuntugβ€˜mish” dostonidan sahna koβ€˜rinishi, oβ€˜zbek tiliga bagβ€˜ishlangan she’rlar, milliy raqslar ijro etilib, oβ€˜zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#ona_tilim_faxrim
21-oktabr – Oβ€˜zbek tili bayrami munosabati bilan tuman hokimligi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Toβ€˜rtkoβ€˜l fakulteti hamkorligida talaba yoshlar oβ€˜rtasida β€œTil bilimdonlari” intellektual oβ€˜yinlari tashkil etildi.
Intellektual oβ€˜yinda tilshunoslikning fonetika, punktuatsiya, morfologiya boβ€˜limlaridan, oβ€˜zbek mumtoz adiblari ijodiga mansub asarlardan savollar berilib, β€œLingivist”, β€œYangi avlod” va β€œZamaxshariy” jamoalari bilim bobida bellashdilar.
Jamoalarga esdalik uchun kitoblar taqdim qilindi. βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#Chellenj
#ona_tilim_faxrim

βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati                                               WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilimπŸ“š

πŸ•ŠONA TILIM Oβ€˜LMAYDI

Bir sado jahon boβ€˜ylab
Taraldi, togβ€˜lar oshdi.
Bu sado yangrar hamon,
Sira ado boβ€˜lmaydi.
Olam aytar:
Hech qachon
Ona tilim oβ€˜lmaydi!


✍️Erkin Vohidov
πŸ‘1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim

Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toβ€˜rtkoβ€˜l tumani boβ€˜linmasi, TTV telekanali bilan hamkorlikda 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tayyorlangan tahliliy lavha.
πŸ‘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim

βœ”οΈ Fransiya prezidenti Emmanuel Makron OΚ»zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi chogΚ»ida oΚ»zbek tilida tilak bildirdi.

Ushbu jarayon uning ijtimoiy tarmoqlariga joylashtirildi.

Kanalga ulanish πŸ‘‰  https://t.iss.one/dtrdep
πŸ”₯5πŸ‘3πŸ™1πŸ‘Œ1