#Mulohaza
“Erim va o‘g‘lim meni jo‘natishdi...”
Xalqimizda azaldan erkaklar oilaning boshi, himoyachisi, muammolar yuzaga kelganda unga yechim izlovchi, bahsli holatlarda aniq gapni aytadigan shaxs hisoblanadi. Biroq, keyingi vaqtlarda murojaat bilan kelayotgan fuqarolarning 80 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil qilmoqda. Erkaklar hal qilishi kerak bo‘lgan ma’lum bir masalalar uchun ham ayollar “murojaatchi”ga aylanmoqda.
Rahbar qabuliga kirish uchun navbat talashayotgan ayol sog‘ligidan shikoyat qilib, navbatsiz kirishni talab qildi. Boshqa murojaatchilar betob bo‘lsa, nega qabulga o‘zi kelganini, turmush o‘rtog‘i yoki o‘g‘lini yuborishi mumkinligini aytishdi. “O‘rtadagi devor masalasida qo‘shnimiz bilan bo‘layotgan kelishmovchilik bo‘yicha keldim, erim va o‘g‘lim meni jo‘natishdi”, – dedi keksa ayol.
Siz, hech kuzatganmisiz: oilada erkak va ayolning o‘rni o‘zgarsa, o‘sha oilada ijtimoiy, iqtisodiy, oilaviy va tarbiyaviy muammolar yuzaga kela boshlaydi va bu muammolar yig‘ilib- yig‘ilib, albatta, jamiyat rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
O‘ylaymizki, “Gender tengligi” tamoyiliga zid bo‘lmagan holda, “belida belbog‘i bor” erkaklarimiz o‘zlari bosh bo‘lib, kerakli joyga kerakli vaqtda murojaat qilsa, oilalarimiz, jamiyatimiz faravonligi yana oshadi. Xulosa esa o‘zingizdan...