🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
11.6K subscribers
61.9K photos
6.81K videos
128 files
19.3K links
Download Telegram
Margβ€˜ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda Qarshi, Toshkent, Andijon, Nukus va Margβ€˜ilondagi "Zamin Creative" studiyalarining yangi ishtirokchilari va bitiruvchilari qatnashdi.

Festival yoshlarga birgalikda ijodiy loyihalarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat boβ€˜ldi. Media yoβ€˜nalishida ishtirokchilar dunyoga mashhur rishtonlik kulol Alisher Nazirov va Yodgorlik ipak matolari fabrikasi bilan hamkorlikda "Nigoh" koβ€˜rgazmasini tayyorladi. Yosh aktyorlar oβ€˜zlarining sahna koβ€˜rinishlarida daraxtlar kesilishi va dengizlar qurishi kabi muhim ekologik mavzularni koβ€˜tardilar. Yosh dizaynerlar "birgalikda, bir butun boβ€˜lish" gβ€˜oyasini asos qilib, milliy quroq usuli, ya’ni mayda parchalardan bir butun buyum yaratish an’anasi orqali insonning tabiatga mehribon munosabatini ochib berdilar.

Ziroat Mirziyoyeva bolalarni festival muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi, ijodiga muvaffaqiyatlar, oβ€˜z salohiyatini roβ€˜yobga chiqarish sari yoβ€˜lda toβ€˜liq erkinlik, shodlik va ilhom tiladi.
#BizTurlimizBizTengmiz

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube