#Bayram_munosabati_bilan Odatda ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslashadi. Zotan o‘lkamiz uzra muattar sepini yoya boshlagan bahorning ilk kunlari aynan xotin-qizlar bayrami bilan boshlanishi bejiz emas. Bugungi shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonamizda har bir jabhada, har bir sohada bunyodkorlik, yaratuvchanlik ishlarida ayollarimizning erkaklar bilan teng qatorda, yelkama-yelka turib o‘zlarining aqlu-zakovati va o‘tkir zehni ila o‘z mehnatlarini ayamasdan hissalarini qo‘shishlari tahsinga loyiqdir. Ayollarimiz hamisha hamisha el-yurt ardog‘idadirlar.