🌐 𝗧𝗒'π—₯π—§π—žπ—’'π—Ÿ_𝗣π—₯π—˜π—¦π—¦ / π—₯π—”π—¦π— π—œπ—¬ π—žπ—”π—‘π—”π—Ÿ
9.78K subscribers
60.1K photos
6.52K videos
126 files
18.6K links
Download Telegram
#Xotira_va_qadrlash_kuni
INSON AZIZ, XOTIRA MUQADDAS

9 may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Qoraqalpogβ€˜iston Respublikasi "Nuroniy" jamgβ€˜armasi boshligβ€˜i T.Abdijabbarov, "Nuroniy" jamgβ€˜armasi Toβ€˜rtkoβ€˜l tuman boβ€˜limi raisi Yu.Xodjaniyazovlar "Bogβ€˜ yop" MFYda yashovchi, 2-jahon urushi qatnashchisi I.Galenko , "Tinchlik", "Oβ€˜zbekiston", "Miskin" mahallalarida yashovchi, 100 yoshdan oshgan front orti mehnat faxriylari holidan xabar olib, bayram bilan tabriklashdi xamda Qoraqalpogβ€˜iston Respublikasi "Nuroniy" jamgβ€˜armasi tomonidan ajratilgan 1 million soβ€˜m moddiy yordam pullarini topshirishdi.
βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
β€œJASORAT - MILLAT Gβ€˜URURI VA IFTIXORI” shiori ostida

Bugun Toβ€˜rtkoβ€˜l tumanida 9 may – β€œXotira va qadrlash kuni” va Ikkinchi jahon urushining 79 yilligi munosabati bilan boβ€˜lib oβ€˜tgan tantanali bayram tadbiri β€œJasorat-millat gβ€˜ururi va iftixori” shiori ostida boβ€˜lib oβ€˜tdi.

Tuman markazidagi β€œBogβ€˜yop” kanali boβ€˜yida bayramona qiyofaga kirgan Β«Yodgorlik xiyoboniΒ»dagi tadbirda sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari, oβ€˜quvchi-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok qildilar.

Tadbirda Ikkinchi jahon urushida Vatan himoyasi yoβ€˜lida halok boβ€˜lgan askarlar esdaligiga gulchambarlar va guldastalar qoβ€˜yilib, xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
βœ…Toβ€˜rtkoβ€˜l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG