#Бугун
Қорақалпоғистон Республикаси Тўрткўл тумани ҳокими Р.Шамуратов Франция давлатидан келган қишлоқ хўжалиги бўйича мутахассис ҳамда ишчи гуруҳ раҳбари Анн Шетай билан учрашди.

Учрашув давомида туман ҳудудидаги қум билан қопланган ҳудудларда атроф-муҳитни асраш, ободонлаштириш, яшил зоналарни кенгайтириш орқали экологик ҳолатни яхшилаш, сув тежовчи технологиялардан фойдаланган ҳолда туманда “яшил белбоғлар” яратиш, кам сув талаб қиладиган ўсимликларни экиш бўйича музокаралар олиб борилди. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Тўрткўл туман прокуратураси томонидан жорий йил 30 март куни имзоланган "Ижтимоий жиҳатдан хавфли бўлган оилаларда тарбияланаётган вояга етмаганларнинг ижтимоий- маънавий муҳитини яхшилаш, уларга кўмаклашиш, умумий ўрта таълим муассасаларида таълим олишга тўсқинлик қилаётган омилларни ҳамкорликда бартараф этиш бўйича ишларни манзилли ташкил этиш борасида қўшимча чора-тадбирлар белгилаш тўғрисида "ги қўшма фармойиш ижроси юзасидан тумандаги 10-сонли умумталим мактабида вояга етмаганлар ва уларнинг ота оналари билан учрашув ташкиллаштирилиб, фуқароларни қийнаб турган муаммолари тингланди. Тадбир давомида ёшларга 15 турдаги китоблар ва спорт кийимлари совга қилинди.Шунингдек, миллий гвардия ходимларининг кўргазмали чиқишлари намойиш этилди,
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from «ҲЭТ» АЖ Қарақалпақстан аймақлық филиалы (Админстратор АО "ККПТЭС" 78-780-07-44)
Төрткүл районында «Ата-уба,Калтаминор» АПЖ аймақларында 2024-жыл 22-апрель күни «Ата-уба» фидеринде 09:00 ден 12:00 ге шекем киши оӊлаӯ жумыслары өткерилиӯине байланыслы электр энергиясы менен тәмийинлеў ўақтынша тоқтатылады
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mulohaza
“Erim va o‘g‘lim meni jo‘natishdi...”

Xalqimizda azaldan erkaklar oilaning boshi, himoyachisi, muammolar yuzaga kelganda unga yechim izlovchi, bahsli holatlarda aniq gapni aytadigan shaxs hisoblanadi. Biroq, keyingi vaqtlarda murojaat bilan kelayotgan fuqarolarning 80 foizdan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil qilmoqda. Erkaklar hal qilishi kerak bo‘lgan ma’lum bir masalalar uchun ham ayollar “murojaatchi”ga aylanmoqda.
Rahbar qabuliga kirish uchun navbat talashayotgan ayol sog‘ligidan shikoyat qilib, navbatsiz kirishni talab qildi. Boshqa murojaatchilar betob bo‘lsa, nega qabulga o‘zi kelganini, turmush o‘rtog‘i yoki o‘g‘lini yuborishi mumkinligini aytishdi. “O‘rtadagi devor masalasida qo‘shnimiz bilan bo‘layotgan kelishmovchilik bo‘yicha keldim, erim va o‘g‘lim meni jo‘natishdi”, – dedi keksa ayol.
Siz, hech kuzatganmisiz: oilada erkak va ayolning o‘rni o‘zgarsa, o‘sha oilada ijtimoiy, iqtisodiy, oilaviy va tarbiyaviy muammolar yuzaga kela boshlaydi va bu muammolar yig‘ilib- yig‘ilib, albatta, jamiyat rivojiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
O‘ylaymizki, “Gender tengligi” tamoyiliga zid bo‘lmagan holda, “belida belbog‘i bor” erkaklarimiz o‘zlari bosh bo‘lib, kerakli joyga kerakli vaqtda murojaat qilsa, oilalarimiz, jamiyatimiz faravonligi yana oshadi. Xulosa esa o‘zingizdan...
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining 2024-yil 28-mart kungi topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabusslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-149 sonli Qarorining maqsadi va mohiyatini, kreditlar ajratish jarayonlarini, oilaviy tadbirkorlikka oid Qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida va ijtimoiy kreditlarning muammoli kreditlarini kamaytirishda hokim yordamchilari uchun kredit risklarini baholash bo‘yicha, To‘rtko‘l tumani hokimligida “Mikrokreditbank” ATB Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti direktori o‘rinbosari M.Radjapov, To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari A.Avezimbetov, “Mikrokreditbank” ATB To‘rtko‘l BXM boshkaruvchisi S.Babadjanov va hokim yordamchilari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#To‘rtko‘l tumani OAV nigohida
Intilganga tole yor, yoki chekka hududda yashab yaxshi daromad topayotgan paxtaobodlik tadbirkor haqida
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG