#mol_mulk_soligi
#yer_soligi

15-aprelda jismoniy shaxslarga hisoblangan mol-mulk va yer solig‘i summalarining birinchi yarmini to‘lash muddati nihoyasiga yetadi

Joriy yil uchun mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovlari 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
👉Soliq kodeksi 423-modda
👉Soliq kodeksi 440-modda

O‘zbekistonda 2022-yil aprel holatiga jismoniy shaxslar o‘rtasida:

🏠7 528 967
nafar mol-mulk solig‘i to‘lovchisi mavjud.
⤴️Bu 2021-yilga nisbatan 58 553 nafarga ko‘p;

🏕6 620 449 nafar yer solig‘I to‘lovchisi mavjud.
⤴️Bu 2021-yilga nisbatan 53 824 nafarga ko‘p.

Mol-mulk solig‘I bo‘yicha 1 433 842 nafar fuqaro imtiyozlarga ega. Ularning 551 418 nafari (7,3%) soliq to‘lashdan to‘liq ozod etilgan.

Yer solig‘i bo‘yicha 167 677 (2,5%) nafar fuqaro imtiyozlarga ega. Ularning barchasi soliq to‘lashdan to‘liq ozod etilgan.

Natijada 2022-yilda:

🏠
mol-mulk solig‘i:

▫️6 369 990 nafar soliq to‘lovchiga (84,6 %) BHMning* 1 baravarigacha hisoblangan. Umumiy summa - 764,3 mlrd so‘m;
▫️571 256
nafar soliq to‘lovchiga (7,6 %) BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha hisoblangan. Umumiy summa - 270,1 mlrd so‘m;
▫️36
033 nafar soliq to‘lovchiga (0,5 %) BHMning 5 baravaridan ortiq hisoblangan. Umumiy summa - 96,3 mlrd so‘m;

🏕yer solig‘i;

▫️4 096 71 nafar soliq to‘lovchiga (61,9 %) BHMning 1 baravarigacha hisoblangan. Umumiy summa - 622,8 mlrd so‘m;
▫️2 204 897
nafar soliq to‘lovchiga (33,3 %) BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha hisoblangan. Umumiy summa - 894,8 mlrd so‘m;
▫️151 159
nafar soliq to‘lovchiga (0,5 %) BHMning 5 baravaridan ortiq hisoblangan. Umumiy summa - 825,3 mlrd so‘m;

*1 BHM = 270 000 so‘m.

Soliqlarni ixtiyoriy va o‘z vaqtida to‘lash – har bir fuqaroning o‘z mamlakati taraqqiyotiga, uning qudratini mustahkamlashga, turmush farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasidir.

🔹Mol-mulk va yer soligʻini soliq organlari yoki bank filiallarida, shuningdek Payme, Click va boshqa mobil ilovalardan foydalangan holda toʻlash.

⚡️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun 2022-yil yer solig‘i aniq stavkalarini soliq.uz saytidan bilib olish mumkin.

Eslatib oʻtamiz ❗️ Har bir kechiktirilgan kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,056% (MB qayta moliyalash stavkasi - 17% dan 1/300) miqdorida jarima hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi

Ma'lumot uchun:
👉Jismoniy shaxslar qanday obyektlar uchun mol-mulk solig‘i to‘laydi?
👉
Jismoniy shaxslar yer solig‘ini to‘lashdan kimlar ozod etilgan?
👉2022-yilda jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha nimalar o‘zgardi?
👉To‘lanishi lozim bo‘lgan mol-mulk va yer solig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qanday olish mumkin?

Google Play
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

Muddatida toʻlanmagan soliqlar uchun qanday javobgarliklar belgilangan?

Soliqlar muddatida to‘lanmagan taqdirda, kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-modda

Markaziy bank tomonidan 25.07.2024-yilda asosiy stavkaninig yillik 13,5 % darajasida belgilanishi munosabati bilan 25-iyulgacha toʻlovi kechiktirilgan har bir kun uchun 0,046(6)% (14/300) miqdorda penya hisoblanib kelgan bo‘lsa, endilikda 0,045 % (13,5/300) miqdorida hisoblanadi.

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln so‘mdan oshsa, sud orqali mol-mulki hisobidan undiriladi.
👉Soliq kodeksi 125-modda
___________
#налог_на_имущество #земельный_налог

Какая ответственность предусмотрена за неуплату налогов в срок?

При неуплате налогов в срок за каждый календарный день просрочки начисляются пени.
👉ст.110 НК

Если до 25 июля за каждый день просрочки оплаты начислялись пени в размере 0,046(6)% (14/300), то в связи с тем, что 25.07.2024 года Центральный банк установил основную ставку на уровне 13,5% годовых, теперь пени начисляются в размере 0,045 % (13,5/300).

Если общая сумма налоговой задолженности физического лица превышает 1 млн сумов, она взыскивается через суд за счет имущества должника.
👉ст.125 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads