Hurmatli fuqarolar!

📣Mamnuniyat bilan Tashabbusli budjet jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17-iyuldan (soat 10:00 dan) boshlab o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Bunga ko‘ra,
1️⃣bosqich –  fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17.07.2023 - 06.08.2023 davomida;
2️⃣bosqich – loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 06.08.2023 - 26.08.2023 davomida;
3️⃣bosqich  – loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26.08.2023 - 15.09.2023 davomida o‘tkaziladi.

🔆Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda (mazkur mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

🟣Jarayonda ishtirok etish shartlari bilan quyidagi video orqali tanishishingiz yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishingiz mumkin.

O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

  РУС | ENG

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet #inson_qadri_uchun

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠 “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlash — majburiy mehnat!

📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–117-son, 10.04.2023-y) qabul qilingan.

🔰 Unga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbarlari xodimlarga majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha topshiriq berishi taqiqlanadi.

❗️Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Sizning ovozingiz katta ahamiyatga ega!

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х