"Kitobsevar millat" shiori ostida

Bugun To‘rtko‘l tuman Axborot Kutubxona markazining old hudidida "Kitobsevar millat" shiori ostida 2024-il 22-apreldan 26-aprelga qadar bo‘lib o‘tadigan IV Respublika Kitobxonlik haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tuman Axborot kutubxona markazi direktori U. Matniyozov marosimni ochib berar ekan, haftalik davomida yozuvchi, shoir va olimlar bilan uchrashuvlar, T. Qaipbergenov, I. Yusupov va Muhammad Yusufning xotira kechalari, davra suhbatlari, bibliografik sharhlar va boshqada kitobxonlarni qiziqtirgan mavzular bo‘yicha tadbirlar majmuasi barcha kitobxonlarni kutib turganini va unda faol qatnashish ma’naviy kamolotingizni darajasini belgilashini aytib, marosimda qatnashayotgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi rahbari J.Settievga so‘z berdi. Uning tabrik va qutlov so‘zlaridan keyin tumandagi 16-son, 17-son, 21-son maktablari iste’dodli o‘quvchilarining hamda 6-son bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchilarining, badiiy chiqishlari, ifodali she’r o‘qishlariyu, miliy qahramonimiz Jaloladdin Manguberdi hayotidan sahna ko‘rinishlari, jozibali raqslari marosimning chiroyli o‘tishiga sabab bo‘ldi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Sport
“Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi
19-20 aprel kunlari To‘rtko‘l tumanidagi sport maktabida sportning voleybol turi bo‘yicha mahalla va ovullardan kelgan 160 nafar 2004-2006 yillarda tavallud topgan o‘g‘il va qiz bolalardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa ochilishiga To‘rtko‘l tumani VE va YoUXPTEG katta inspektori leytenant B.Xojabaev To‘rtko‘l tumani sport maktabi direktori Ergash Ibragimov hamda tuman yoshlar yetakchilari va tegishli idora vakilari ishtirok qilishdi. Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#bugun

Tuman hokimligida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimi R.Shamuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri E.Tursunov rahbarligidagi mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari mahalla yettiligiga mavzu bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Seminar mavzusi maxsus slayd orqali namoyish etilib, aholi o‘rtasida qarorni keng targ‘ib qilish bo‘yicha savollarga ham javoblar berildi.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati                         
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG