#Matbuot_anjumani
Ayollar masalasiga bag‘ishlandi
Bugun To‘rtko‘l tumani hokimligi kichik majlislar zalida “Tumanda ishsiz ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanini tuman hokimi matbuot kotibi M.Bekchanova olib bordi.
Anjumanda tumandagi matbuot va ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar va tegishli tashkilotlar mas’ullari ishtirok qildilar.
Mavzu yuzasidan so‘zga chiqqan tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Inobat Jumaboeva ayol-qizlarning bandligini ta’minlash borasida olib borilgan ishlar bo‘yicha so‘z yuritdi.
Shundan keyin OAV va tashkilotlar vakillaridan savollar va takliflar bildirildi. Tadbir davomida joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, ularni tashkil qilish mexanizmlari borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi. To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Bugun
#Matbuot_anjumani
Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlar mavzusiga bag‘ishlandi.
#matbuot_anjumani
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining yettita ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining qo‘shma ish rejasiga asosan bugun To‘rtko‘l tumani hokimligida "“Yoshlar daftari”ga kiritilayotgan o‘zgarishlar va yangiliklar" mavzusida
matbuot anjumani o‘tkazildi.
Matbuot anjumanida tuman hokimi R.Shamuratov qatnashdi.
Unda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘linmasi rahbari B.Yangiboev ma’ruza qilgach, mavzu bo‘yicha savollar berilib, kelajak avlodning komil inson bo‘lib yetishishida amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG