#onlayn
#press_tur
Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasi Qoraqalpog'iston Respublikasida

Bugun 11 dekabr kuni delegatsiya vakillari “Janubiy Qoraqalpog'istonda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish” loyihasi doirasida To'rtko'l tumanidagi “Bo'ston” kanalida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishishdi. Loyiha ijrosida erishilgan natija haqida tadbir ishtirokchilariga ma'lumot berildi.
Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun
press-tur tashkil etildi. Ular Jahon banki ishtirokida amalga oshirilgan loyiha bilan yaqindan tanishib, delegatsiya vakillaridan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
#Press-tur Tadbir davomida OAV vakillari «Otayurt» ovul fuqarolar yig‘inidagi nafaqat tumanda balki, qo‘shni tumanlarni ham har-xil nav va turdagi mevali va manzarali ko‘chatlar bilan ta’minlab kelayotgan bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi rahbari Bayram Satklichevning faoliyati bilan tanishib, ko‘chat o‘tqazish bo‘yicha master-klassda ishtirok qilishdi. Fermer xo‘jaligida jami 8,6 gektar yer maydoni bo‘lib, shundan 1,6 gektar yer ko‘chatzor qolgan 7 gektar yer bog‘dan iborat. Ko‘chatzorda asosan mevali va manzarali daraxtlarninig mahalliy turlarini yetishtirib kelayotgan bog‘bon bu yil bahorda 28 ming tup ko‘chat sotilganini, aksariyat ko‘chatlar tumandagi yurtdoshlarimiz tomonidan olinganini bildirdi. Bu degani 28 gektar yerga ko‘chat ekib obod qilinganidan dalolatdir. To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG
#Press-tur
Tadbir ishtirokchilarining keyingi manzili ushbu ovulda istiqomat qiluvchi Aygo‘zal Nurgeldievaning faoliyati haqida bo‘ldi.
Aygo‘zal o‘zi tibbiyot kollejini tugatib, shu sohada ishlab yurishiga qaramasdan bugun oliygohda sirtdan tahsil olmoqda. Bolaligidagi qiziqish sabab gilam to‘qish sexini ham yo‘lga qo‘ydi. Hunarmand uyushmasi a’zosi bugungi kunda o‘n nafardan ortiq qiz-juvonlarga to‘qish sirlarini o‘rgatmoqda. Tabiiy jundan qo‘lda tayyorlangan gilamlar hamisha yuqori baholanadi. Gilamga talab ham yetarli. Matbuot xodimlari bilan suhbat davomida qahramonimiz o‘z faoliyatini kengaytirib, hunarmandchilik mahsulini dunyoga tanitish niyatida ekanligini ham bildirib o‘tdi.
🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG
#press_tur
Bugun To‘rtko‘l tumanida faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari tumandagi “Hunarmand” uyushmasi a’zolarining faoliyati bilan keng tanishish maqsadida press-tur tashkil qilindi. Batafsil: 👉👉👉 https://turtkul.uz/2022/06/18/tortkol-tumanida-faoliyat-yuritayotgan-ommaviy-axborot-vositalari-vakillari-hunarmand-uyushmasi-azolarining-faoliyati-bilan-tanishishdilar/ 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Press-tur
https://turtkul.uz/2022/09/13/press-tur/
To‘rtko‘l tumanida yangidan ish boshlagan “Agro To‘rtko‘l tekstil Сluster” MChJga qarashli moy zavodiga press-tur tashkil etildi.
Press turda tumandagi ommaviy axborot vositalari vakillari hamda yoshlar yetakchilari ishtirok qildilar. Tadbir davomida ishtirokchilar zavoddagi har bir binoning ichida paxtani qayta ishlash jarayonlarini amalga oshiruvchi uskunalardagi jarayonlar bilan tanishdilar.
Zavod bosh muhandisi Furqat Yusupov esa paxtaning qayta ishlab chiqarish jarayoni to‘g‘risida keng tushuncha berib bordi.
#Press_tur Qal’alar tilga kirganda…
Tuman markazidan 22 km shimoliy-sharqda joylashgan ushbu Qo‘yqirilgan qal’a Xorazm arxeologiya-etnografiya ekspe-ditsiyasi rahbari S.P.Tolstov tomonidan 1938 yilda ro‘yxatga olingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra 1951-1957 yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida qadimgi xorazmliklarning maqbara-qasri va miloddan avvalgi 4—3-asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri 44,4 m, balandligi 9,5 m ga yaqin) qazib o‘rganilgan.
Ibodatxona atrofi 2 qator paxsa va xom g‘ishtdan tiklangan mudofaa devori bilan o‘ralgan. Qal’a atrofida eni 15 metr, chuqurligi 3 metrli xandaq bo‘lib, qadimda suv bilan to‘ldirilgan.
To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

O‘zbekiston 24 telekanali hamda mahalliy OAV vakillari bilan birgalikda To‘rtko‘l tumanidagi sanoat korxonalariga press tur tashkil qilindi.
Xususan, “Premium golden-grain-products" MCHJ, "To'rtko'l shisha idishlari" MCHJ hamda "Agro To'rtko'l tekstil cluster" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Bugun
#Press_tur

Bugun To‘rtko‘l tumanidagi “Jayhun” mahallasida hokim yordamchisi tavsiyasi bilan imtiyozli kredit va subsidiyalar olib o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlagan hamda tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan ayol-qizlar faoliyati borasida press -tur o‘tkazildi.
Ushbu press- turda tuman hokimi o‘rinbosari I.Jumaboeva, mahalla faollari, jurnalist va blogerlar ishtirok qildilar.
Press -tur davomida mahallada istiqomat qiluvchi, kasb-hunar natijasida o‘z oilasiga daromad keltirayotgan ayollarning ish faoliyati bilan tanishildi. qq To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur To‘rtko‘l tumani «Jayhun» mahalla fuqarolar yig‘inida jami 1104 nafar xotin-qizlar bor bo‘lib, shundan 605 nafari 30 yoshdan kattalarni tashkil qiladi.
O‘tgan 2023 yilda mahalladagi 64 nafar ayol-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritildi. Ularning 19 nafar ishsizlarning bir nafari jamoat ishlariga, jalb qilindi 4 nafar fuqarolar davlat hisobidan kasb-hunarga qayta o‘qitilib, 3 nafari subsidiya asosida tikuv mashinalariga ega bo‘ldilar va o‘zlarini ish bilan ta’minlashga erishdilar.
Bugungi qahramonimiz Nafosat Sharipova ham “Ayollar daftari”ga kiritilib o‘z faoliyatini rivojlantirish maqsadida 17 million so‘m imtiyozli kredit oldi va zamonaviy rusumdagi tikuv mashinalarini oldi. Bir nechta shogirdlarni yetishtirib chiqardi...
Batafsil videoda ko‘rishingiz mumkin. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Press_tur
TOMORQA-KONI FOYDA
Bahorning iliq quyosh nurlari sochib turgan kunlardan bobodehqonlarimiz tomonidan bahorgi dala ishlari boshlab yuboriladi.
Ammo, tomorqasidan unumli foydalanish uchun harakat qilayotgan yurtdoshlarimiz esa el dasturxoniga sara mahsulotlarni yetkazish uchun allaqachon harakatdalar.
Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi ijodiy jamoasi bilan o‘tkazilgan
press-turda uyda o‘tirib, tomorqasidan yaxshi sarmoya olib turgan oilalar xonadonlaridagi ishlar bilan yaqindan tanishdik. Batafsil To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#PRESS_TUR

Bugungi ko‘rgazmali seminar doirasida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va uning samarasi to‘g‘risida chuqur ma’lumotga ega bo‘lish hamda ommaga keng tarzda yoritib berish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi. Ushbu press-tur davomida jurnalistlar suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatuvchi tashkilotlar mas’ullari bilan uskunalarning afzalliklari haqida suhbatlashdilar. Tumandagi “Qo‘shnazar paxtakor” fermer xo‘jaligida Xitoy texnologiyasi bo‘yicha innovatsiya usulida plenka ostiga ekilgan paxtazorda bo‘lib, ko‘saklar soni va g‘o‘za poyasining hosildorligi, agrotextik tadbirlarning ushbu usulda ekilgan g‘o‘zalarga nima uchun zarur bo‘lmasligi borasida mutaxassislar bilan suhbatlashdilar.
Shuningdek, suvni o‘lchash uskunalari yordamida o‘lchash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, bugungi kunda ekin maydonlariga suv yetkazib beruvchi ariqlarning betonlashtirilishi natijasida iqtisod qilingan suv bo‘yicha mutaxassis fikrlari bilan tanishdilar.
Forwarded from Karakalpakstan.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Aldın xabar bergenimizdey, kóp jıllar aldın sırt elge kóship ketken jerleslerimiz Taxtakópir rayonı «Dawqara» APJ aymaǵındaǵı “Qaratereń” kóli boyında jaylasqan jańadan qurılıp atırǵan eko-turistlik máskanında boldı.

◾️ Bizdi baqlap barıwdı dawam etiń.
————————-
⚡️ Avval xabar berganimizdek, ko’p yillar oldin chet elga ko‘chib ketgan yurtdoshlarimiz Taxtako‘pir tumani «Dawqara» OFY hududidagi “Qaratereń” ko‘li bo‘yidagi yangidan barpo etilayotgan eko-turistlik maskanida bo‘ldi

◾️Bizni kuzatib borishda davom eting.

Biziń betlerimiz: || Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | X