#Liderlar_haftaligi
#Seminar_trening

“Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida

Joriy yilning 7-10 fevral kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi doirasida seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad Agentlik tizimidagi maktablar direktorlari tajribasini umumta’lim maktablari rahbar kadrlari bilan bo‘lishishdir.
Mazkur treninglar maktab rahbarlarini zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor, jamoasini bir maqsad atrofida birlashtira oladigan haqiqiy liderlar etib tayyorlashga qaratilgan. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Seminar trening
Bugun To'rtko'l Pedagogika kollejida seminar trening bo'lib o'tdi.Unda NDPI Maktabgacha ta'lim kafedrasining o'qituvchisi L. Ibragimova, NDPI Pedagogika kafedrasining katta o'qituvchisi M. Allayarov, Ellikqal'a pedagogika fakultetining o'qituvchisi X. Xasanov va To'rtko'l Pedagogika kolleji o'qituvchilar jamoasi qatnashdi.
#Onlayn
#Seminar_trening
Ayni damlarda To‘rtko‘l tumani tibbiyot kolleji faollar zalida “Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish” mavzusida seminar trening bo‘lib o‘tmoqda. Unda tumandagi mahalla va ovul fuqarolari yig‘inlaridagi xotin-qizlar faollari ishtirok qililmoqdalar. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
UZUMCHILIK: OLTIARIQ TAJRIBASINI OMMALASHTIRISH YO‘LIDA

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar ish boshladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27- iyul kuni Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, oltiariqlik bog‘bonlarning uzumchilik sohasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishgandi. Tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagan davlatimiz rahbari mamlakatimizda iqlimi uzumchilikka mos tumanlar ko‘pligini ta'kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Mana shu ko‘rsatma ijrosi doirasida, “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida uch kunlik ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Shuhrat G‘aniev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroev, hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, butun respublikadan uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etmoqdalar.

Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari davlatning diqqat-e'tibori ostida uzumchilik rivojlanib borayotganini ta'kidlab, sohaning yanada rivoj topishida o‘zaro bahamjihatlikda ish ko‘rish, yaqindan fikr-mulohazalar, tajribalar almashish katta rol o‘ynashini bildirdilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OLTIARIQ UZUMCHILIGI – TAJRIBA MAKTABI

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar davom etmoqda.

Seminarda ushbu fermer xo‘jaligi rahbari Ismoil Boymatov so‘zga chiqib, shu kunga qadar uzum yetishtirish borasida to‘plagan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Xususan, oltiariqlik fermer seminar ishtirokchilarining e'tiborini yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yer maydonlarini tanlash, yerni ekishga tayyorlash, ko‘chat ekish muddatlari va usullariga qaratdi. Shuningdek, yosh va hosilli uzumni parvarishlash agrotexnikasi, jumladan qator orasiga ishlov berish, sug‘orish va oziqlantirish tadbirlari yuzasidan Oltiariq tajribasi bilan atroflicha tanishtirdi.

“Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi 2020-yilda 75 gektarda uzumchilik plantatsiyasini tashkil etgan. Xo‘jalikda “husayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “mersedes” kabi uzum navlari yetishtirilmoqda. Ular kelgusi yildan to‘liq hosilga kiradi va jami 3 ming tonna uzum yetishtiriladi.

Fermer xo‘jaligida mavsumiy yumushlar bilan birga 700 kishining bandligi ta'minlangan.
Seminar davomida tadbir qatnashchilari fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlarning guvohi bo‘ldilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
1-son umumta’lim maktabida tumandagi barcha informatika fani o‘qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifati Cousera platformasidan ro‘yxatdan o‘tish tartibi hamda platformaning ichidagi darsliklar bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarni o‘tkazishdan maqsad:
- O‘quvchilarni IT sohasidagi imkoniyatlardan foydalanishida yaqindan yordam berish,
- Cousera platformasi bo‘yicha tushuntirishlar
- Xalqaro IT sertifikatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Seminar so‘ngida qatnashuvchilar o‘zining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
#Bugun
#Seminar
Bosh maqsad - tabiiy holda sifatli maqsulotlar etishtirish

Bugun Toʻrtkoʻl tumani biolaboratoriya binosida “Qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi biologik usulning ahamiyati va qoʻllash tartibi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini himoyasi agentligi R.Sheripbaev, tuman hokimining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari J.Xudaybergenov hamda soha mutaxassislari mavzu boʻyicha keng turda tushuncha berdilar.
Seminarda qishloq xoʻjaligi sohasi mutasaddilari hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok qildilar. Qoraqalpoqcha o`qish uchun To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG