#Mustaqillik_32
TO‘RTKO‘LDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING O‘TTIZ IKKI YILLIGI MUNASABATI BILAN KATTA BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TDI
To‘rtko‘l tumani markaziy o‘yingohida biz uchun qadrli bo‘lgan ayyom, ozod hayotni boshlab bergan ushbu qutlug‘ sana yurtdoshlarimiz bilan birgalikda katta tantana bilan nishonlandi.
«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" degan ezgu g‘oya asosida nishonlanayotgan bayram tadbirini yurtdoshlarimiz ko‘tarinki kayfiyat va Vatanimizga bo‘lgan yuksak mehri va faxr ila iftixor ila nishonlamoqdalar.
Bayram tadbiri O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat gimnlari sadolari ostida boshlab yuborildi.
To‘rtko‘l tumani hokimi R.Shamuratovning yurtdoshlarimizga yo‘llagan bayram tabrigidan so‘ng sana munosabati bilan konsert dasturi boshlandi.

BAYRAM ARAFASIDA YANGI XONADONGA EGA BO‘LISHDI
Yurtimizda keng nishonlanayotgan mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilgan xonadon to‘ylari To‘rtko‘l tumani “Tozabo‘zyop” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Salomat Raximova hamda “Oqboshli” ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Tovus Mamudovalar uchun o‘zgacha kun bo‘ldi.
Boquvchisini yo‘qotgan bu oilalar tuman hokimligi tavsiyasi, tadbirkor, «Ali Egam presstije» MChJ rahbari Ali Egam tashabbusi bilan bugun yangi xonadonga ega bo‘ldilar.

DAVLATIMIZ TOMONIDAN YANGI XONADONLAR QU‘RIB BERILDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-fevral kungi 52-sonli qarori ijrosini ta’minlash maksadida To‘rtko‘l tumanida ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun mamlakatimiz Mustaqilligining 32 yilligi bayrami shodiyonalari arafasida tumandagi uy-joyga muhtoj, ehtiyojmand bir nechta xonadon egalari yangi uylarning kalitlarini qo‘llariga oldilar.
Jumladan, «Do‘stlik», «Tinchlik» hamda «Toshkent» mahalla fuqarolari yig‘inlarida davlatimiz tomonidan qurib berilgan barcha qulayliklarga ega yangi xonadonlar tantanali ravishda egalariga topshirildi.
Tantanali marosimda tuman hokimi R.Shamuratov hamda sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok qildilar. ✅To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG

To‘rtko‘lda yangi savdo majmuasi ishga tushirildi
Mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami arafasida tuman markazida bir qator savdo majmualari ishga tushirildi.
Tantanali ravishda ochilgan ushbu savdo majmuasida endilikda aҳoli uchun sifatli kiyim-kechak, tijorat banki, apteka ҳamda kafe beminnat xizmat ko‘rsatadi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi
Yurtimizda azaldan yaxshi qadriyat qadrlanib keladi. Bu ham bo‘lsa, bayramlar arafasida nuroniy qariyalar, beva–bechoralar, kasalmand insonlarning holidan xabar olishdir.
Mamlakatimiz mustaqilligi bayrami arafasida ham To‘rtko‘l tumani hokimi hamda sektor rahbarlari tumandagi ehtiyojmand, ko‘makka muhtoj oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularni bayram bilan qutladilar.
Xususan, tuman hokimi R.Shamuratov tumandagi 2-Jahon urushi qatnashchisi I.F.Galenko bilan uchrashib, otaxon suhbatidan bahramand bo‘ldi. Nuroniy otaxonga sixat-salomatlik tiladi.
Shuningdek, xonadon egalariga “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshidagi "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi.