#murojaat_va_yechim

Kuni kecha tuman hokimligi rasmiy bot kanaliga “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda yer ostidan o‘tgan ichimlik suvi quvurining qopqog‘i sinib yaroqsiz holga kelganligi bo‘yicha masala yo‘llangan edi. K.Ataniyazov ko‘chasida yaroqsiz holga kelgan quvur qopqog‘i tuman suv ta’minoti bo‘limi xodimlari tomonidan ta’mirlanib, soz holga keltirilib, muammo bartaraf etildi.
To‘rtko‘l tumani suv ta’minoti bo‘limi
#Murojaat_va_yechim

Mahalladagi homiylar hisobidan

Kuz-qish mavsumining yog‘in-sochinli kunlari yaqinlashayotganligi sababli fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf qilish bo‘yicha 3-sektor rahbarligida hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan, mahalladagi homiylar hisobidan "Yangiobod" MFY hududida joylashgan Shuhrat ko‘chasi tekislanib qum-shag‘al aralashmasidan iborat qoplama yotqizilib, keyinchalik asfalt qilishga tayyorlandi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Murojaat va yechim
Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda Toshkent MFY To‘rtko‘l ko‘chasi 20-uyda yashovchi G.Jumaniyazova turmush o‘rtog‘i M.Masharipovga dori-darmon olishda qiynalayotganini bildirib, murojaat qilgan edi. Murojaat sektor rahbari tomonidan ijobiy hal qilindi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG