Forwarded from Резонанс
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

Kodeksning asosiy vazifalari

Xodimlar mehnat huquqlari va erkinliklarining, shu jumladan mehnat qilishga, erkin ish tanlashga, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga hamda ishsizlikdan himoyalanishga bo‘lgan huquqining davlat kafolatlarini belgilash;

Ish beruvchilarning kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va samarali mehnat jarayonini tashkil etish sohasidagi huquqlari amalga oshirilishini ta’minlash;

Mehnat sohasida ijtimoiy sheriklikni rag‘batlantirish va rivojlantirish;

Xodimlar va ish beruvchilarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
mehnat bozorining samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashish.

https://t.iss.one/rezonans24
Forwarded from Bandlik vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📍Ish beruvchi ish haqini, ta’til to‘lovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi to‘lovlarni va (yoki) xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lash muddatini buzgan taqdirda, ularni to‘lov muddatidan keyingi kundan e’tiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni o‘z ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha vaqtda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga to‘lashi shart.

➡️BATAFSIL⬅️

Подключиться к каналу ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
Forwarded from Bandlik vazirligi
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

📋Yangi Mehnat kodeksiga mehnat shartnomasi quyidagi shartlarning kiritilishi o‘z-o‘zidan haqiqiy hisoblanmaydi.

Majburiy mehnatni ta'qiqlash haqidagi talablarni buzadigan;

Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishni ta'qiqlash talablarini buzadigan;

Xodimning holatini mehnat qonunchiligiga va mehnat haqidagi boshqa hujjatlarga nisbatan yomonlashtiradigan;

Xodimni qonunga xilof harakatlarni, boshqalarning yoki xodim o‘zining huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan, sha’niga, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishga majburlaydigan shartlar.

❗️ Mehnat shartnomasi ayrim shartlarining haqiqiy emasligi mehnat shartnomasining umuman haqiqiy emasligiga sabab bo‘lmaydi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi ➡️Batafsil⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube
Forwarded from Bandlik vazirligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_tahrirdagi_mehnat_kodeksi

❗️Ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruq davrigacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shart. Homilador ayollarni antenatal (tug‘ruq davrigacha) parvarishlash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Yangi tahrirdagi mehnat kodeksi ➡️Batafsil⬅️

Kanalga ulanish ⬇️
https://t.iss.one/mehnatvazirligi

Vazirlikning rasmiy sahifalari⬇️
Mehnat.uz I Facebook I Instagram I twitter I Telegram I YouTube