#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik
"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida To‘rtko‘l tumani 3-sektorga qarashli "Yangiobod" MFY hududida mahalla bog‘i tashkil etish maqsadida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 0,08 ga yer maydoniga jami 60 tub turli xil mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Yashil_makon
#Dolzarb_40_kunlik
"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida To‘rtko‘l tumani "Turkiston" MFY hududida mahalladagi faol ayol-qizlar birgalikda «Onalar bog‘i» tashkil etish maqsadida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchilari, mahalla raisi va hududdan saylangan deputatlar bilan birgalikda manzarali ko‘chatlar o‘tqazdilar.
Yurtimizni yashil makonga aylantirish maqsadida boshlangan xayrli ishlar tumandagi barcha hududlarda davom etmoqda. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#yashil_makon_loyihasi_doirasida
KO‘RGAZMALI SEMINAR Bahorning har bir kuni qadrli. Bu degani bahorda har bir kundan unumli foydalanib qolsang, dehqonchiliging ham serdaromad bo‘ladi, deydi qariyalarimiz.
Bugungi har bir kunni g‘animat bilgan bobodehqonlar esa allaqachon dala ishlarini boshlab yuborganlar.
Bugun To‘rtko‘l tumani Ullubog‘ ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Mavlonbek Ravshanbek” fermer xo‘jaligida o‘tkazilgan ko‘rgazmali seminar aynan bahorgi yumushlarni o‘z muddatida sifatli amalga oshirishga bag‘ishlandi. Tozabog‘yop, Ko‘na To‘rtko‘l, Paxtachi ovul fuqarolari yig‘inlaridan kelgan vakillarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tuman fermer, dehqon xo‘jalikalari va tomorqa yer egalari Kengashining raisi B.Masharipov, tuman qishloq xo‘jaligi boshqarma boshlig‘ining agrotexnologiyalar bo‘yicha o‘rinbosari J. Xudaybergenovlar mavzu yuzasidan so‘z yuritdilar.
#Yashil_makon_umummilliy_loyihasi_doirasida Bugun “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ullubog'” ovul fuqarolar yig'inida “Onalar bog'i” tashkil qilish maqsadida mevali daraxt ko'chatlari ekildi. Tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i I.Jumaboeva ovuldagi nuroniy onaxonlar bilan birgalikda yaxshi niyatda ko'chatlar ekishdi. Onaxonlar duoga qo'l ochib tinch yurtimizga shukronalik bildirdilar. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Yashil_makon_umummilliy_loyihasi_doirasida Bugun “Oqboshli” ovul fuqarolar yig'inida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bog' tashkil qilish maqsadida ovul fuqarolar yig'ini raisi, mahalla faollari, nuroniylar birgalikda mevali daraxt ko'chatlari ekishdi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon_umummilliy_loyihasi_doirasida Bugun “Shodlik” mahalla fuqarolar yig'inida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Loyiha doirasida turli hil manzarali ko‘chatlar ekilib, tevarak-atrof obodonlashtirilmoqda. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#Yashil_makon_umummilliy_loyihasi_doirasida To‘rtko‘l tumani tibbiyot birlashmasi ishchi-xodimlari tomonidan boshlab yuborilgan xayrli ishlar albatta yurt obodligi, tevarak-atrof muhofazasi hamda yashil makonni yaratishga asos bo‘ladi. Obodonlashtirish ishlari bugun tumandagi barcha joylarda davom etmoqda. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#yashil_makon _umummiliy_loyihasi_doirasida Bugun «Agro To'rtko'l tekstil klaster» MChJ ishchi - xodimlari tomonidan «Ullubog'» OFY hududidagi avtomashinalar yo'li bo'yidagi 5.1 km uzunlikdagi hududda ham obodonlashtirish ishlari qizg'in.
Ushbu hududga jami 3800 tup manzarali daraxt ko'chatlari ekish ko'zda tutilgan bo'lib, shulardan hozirda 3 km yo'l bo'yida obodonlashtirish ishlari olib borilib, 380 tup manzarali daraxt ko'chatlari ekildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
#yashil_makon To'rtko'l tumani hokimligi mas’ullari hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Biznes ombudsman etakchi inspektori D. Mirzaаxmedov ishtirokida To'rtko'l tumani hududidagi tadbirkorlik sub’ektlerida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt nihollarini ekish bo'yicha olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi hamda bu borada targ'ibot-tashviqot yumushlari olib borildi va tadbirkorlik sub’ektlarida yaxshi niyatlar bilan ko'chatlar o'tqazildi. To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG