#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan

Amirbek endi 4 nafargacha yoshni ish bilan ta’minlaydi

To‘rtko‘l tumani “Markazobod” MFY hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan ishsiz yosh Rajapboev Amirbek, Davlat rahbarining 23.11.2021 yildagi PQ-20-son qaroriga asosan, fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishidagi past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan “Ullubog‘” OFY dagi 372 konturdan 1 gektar ekin maydonini ochiq elektron tanlov orqali 10 yilga ijaraga olib dehqon xo‘jaligi tashkil etgan holda sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish kabi loyihalarni amalga oshirishni rejalashtib 4 tagacha yangi ish o‘rinlari yaratish belgilandi. 🟢Tortko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan

O‘z-o‘zini ish bilan band qilishga erishildi

To‘rtko‘l tumani “G‘alaba” MFY hokim yodamchisi Saburov Shamsuddin mahallada olib borilgan xatlov jarayonida Gagarin ko‘chasi 1-uyda yashovchi B.Ibragimova uyida chorvachilikning qo`ychilik yo`nalishi bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘ragan edi.
Hokim yordamchisining amaliy yordami bilan fuqaroga chorvachilik yo‘nalishi bo‘yicha 20 million so‘m evaziga 8 bosh naslli qo‘y olib berildi va o‘z-o‘zini ish bilan band qilishga erishildi. 🟢Tortko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG |
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumani "Markazobod" MFY hokim yordamchisi A. Kuchkarovning tavsiyanomasi koʼmagida Rossiya Federatsiyasidan qaytib kelib ishsiz oʼtirgan Baynalminal koʼchasi 5-А uyda yashovchi fuqaro T. Roʼzmetovga oʼzini-oʼzi band qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi PQ-55-son qaroriga muvofiq Kichik yuk tashish transporti olib berildi. Endilikda Roʼzmetov Temur Yuldashbaevich yiliga o‘rtacha 25,0 mln.soʼm daromad olish imkoniga ega boʼldi. 🟢Tortko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan
Ma’lumki, joriy yil boshida hududlarda ish boshlagan hokim yordamchilari o‘zlari tayinlangan aholining yashash sharoitlari bilan tanishib, suhbat o‘tkazib chiqdilar. Bugungi kunda esa aholining murojaatlari, xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda ularga tavsiyanomalar berib, tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga imkoniyat yaratib bermoqdalar.
Shunday tadbirkor insonlardan biri bo‘lgan "Guliston"MFY fuqarosi Davronbek Tadjibaev ham imtiyozli kredit ajratilishi natijasida xo‘jalik sovuni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib yubordi va 2 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlashga erishdi.Qisqa muddat ichida tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatiga qarab buyurtmalarning ko‘pligi sababli yana besh nafar yosh ishga qabul qilindi. To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG
#hokim_yordamchisi_faoliyatidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumani "Markazobod" MFY hokim yordamchisi A.Kuchkarovning tavsiyanomasi koʼmagida daromadi topish istagida bo'lgan Iftixor koʼchasi 67 uyda yashovchi fuqaro N.Xamraevaga oʼzini-oʼzi band qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi PQ-55-son qaroriga muvofiq 8 ta asalari uyasi olib berildi. Endilikda N.Xamraeva yiliga qo'shimcha 10,0 mln.soʼm daromad olish imkoniga ega boʼldi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW |TG
#hokim_yordamchisi_faoliyatidan
Bugungi kunda mahallalarda hokim yordamchilarining harakatlari natijasida ishsiz aholini doimiy ish va daromadga ega bo‘lishi uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, uyda ishsiz o‘tirgan, ammo, qo‘lida hunari bo‘lgan ayol-qizlarga imtiyozli kredit olish orqali o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilmoqda. “G‘alaba” MFY Barkamol avlod ko‘chasi 14-uyda istiqomat qiluvchi Saida Babajanova ham mahalladagi hokim yordamchisi ko‘magi bilan tikuvchilik yo‘nalishida 31 mln.so‘m kredit ajratilishi natijasida yangidan 2 ta ish o‘rni yaratishga va doimiy daromad olish imkoniga ega bo‘ldi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumani "Mustaqillik" MFY hokim yordamchisi M.Bekchanovning tavsiyanomasi koʼmagida G’.Gulom koʼchasi 16-uyda yashovchi fuqaro I.Matyaqubova Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 55-son qaroriga muvofiq daromad manbaini oshirish maqsadida 33 mln. so’mlik 4 ta tikuv mashinalari kredit asosida olib berildi. Natijada I.Matyaqubovadan tashqari yana 3 nafar ishsiz qizlarning bandligi ta’minlandi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi Toʼrtkoʼl tumani "Markazobod" MFY hokim yordamchisi A.Kuchkarovning tavsiyanomasi koʼmagida daromadi topish istagida bo'lgan A.Navoiy ko'chasi 16 uyda yashovchi fuqaro B.Ro'zmamedovga oʼzini-oʼzi band qilish maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida"gi PQ-55-son qaroriga muvofiq 640 kg Baliq olib berildi. Endilikda B.Ro'zmaedov yiliga qo'shimcha 59,0 mln.soʼm daromad olish imkoniga ega boʼldi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan
Murojaat va yechim

"Mash’al" MFY Dingli aholi punkti 11- bo‘limida yashovchi 136 ta xonadon oqar suv masalasida, ya’ni elektr shiti qarzdorligi va nasoz masalasida xalqning yozgan arizasiga asosan hududdagi hokim yordamchisi aholi bilan uchrashib, kerakli tashkilot mas’ullari bilan birgalikda muammo joyida hal qilindi. 🟢To`rtko`l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan:
Asalarichilik rivojlanmoqda

Yetti xazinaning biri boʻlmish tabiiy asalga bugungi kunda talab tobora ortib bormoqda.
Toʻrtkoʻl tuman «Oʻzbekiston» OFYda yashovchi Abduvahob Masharipov asalarichilikni rivojlantirishda o‘z ulushini qo‘shayotgan insonlardan.
Oldin 5 quti asalari boqqan Abduvahobning uyida bugun 45 quti asalari uyasi bor.
Bunga hududdagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan 33mln kredit olib, ishni yanada rivojlantirishi sabab bo‘ldi.
A.Masharipov otasidan meros boʻlib qolgan bu kasbga qiziqishi katta bo‘lganligi bois bolalikdan qunt bilan o‘rgandi.
Mehnati orqasidan hozirgi kunda asalarichilikdan yurtdoshlarimizga toza, tabiiy asаl yetkazib bermoqda.
Mehnatdan kelgan boylik esa oilaning farovon yashashiga zamin yaratmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_yordamchisi_faoliyatidan To'rtko'l tumani “Paxtachi” ovul fuqarolar yig'inida hokim yordamchisi tavsiyasi bilan qanday ishlar boshlab yuborishgan? To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG