#Mustaqillik_30_yil

Tuman markaziy ko‘chasida taʼmirlash ishlari davom etmoqda Batafsil 👉 https://turtkul.uz/?p=1679 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#mustaqillik_30
JONIMDAN HAM AZIZ MASKANSAN, VATAN!

(O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining
30 yilligi va pandemiya davrida jonbozlik ko’rsatayotgan xalq xaloskorlariga bag’ishlanadi)

Inson yaralibdiki, qalbi hamisha eng latif, eng samimiy, eng go’zal hislar ila tug’yon uradi. Odamzotga bolalikda berilgan do’stlik, muhabbat atalmish muqaddas tuyg’ular hech qachon o’zining buyukligini yo’qotmaydi: bola chog’idan birga ulg’aygan do’stidek insonni umrining keyingi damlarida topolmaydi, ota-onasi, aka-ukasi, opa-singillariga qo’ygan mehr-muhabbatini keyinchalik boshqa birovga baxshida etolmaydi. Vatan hissi ham shunday. Har qanday kishi shon-u shuhratga burkanib, o’zga diyorlarning maftunkor joylarida bo’lsa ham, do’stlari bilan ko’cha changitib yurgan ko’chasini, onasining bag’ridek issiq Vatanining bir go’shasini sog’inadi. Hech bir maskan unga ona-shahri yoki ona-qishlog’i bergan shirin xotiralar-u, bola baxtini berolmaydi. O’z yoshligini kimki ana shunday xotirlasa, bilingki, uning qalbida ona-yurtiga cheksiz muhabbat bor. Inson nimagaki muhabbat qo’ysa, uni ardoqlaydi va asraydi. Demak, Vatanni ardoqlash va asrash uchun uni, avvalo, seva bilish kerak.

Barchamizga ma’lumki, shu kunlarda yurtimizda va jahonda Covid-19 virusi tarqalgan, dunyoning deyarli barcha burchagi pandemiyani boshdan kechirmoqda. Bu sinovli kunlarda nafaqat xalqimiz, balki butun insoniyat ham odamiylik yo’lida jipslashmoqdalar. Qalblar iymonga talpinmoqda. Bugungi kunning chinakam qahramonlari bo’lgan tibbiyot xodimlari, ichki ishlar xodimlari, volontyorlar tun-u kun xalqning xizmatida turishibdi. Ularni chin ma’noda “Xalq xaloskorlari” deb ataymiz. Savollar tug’iladi: nega ular o’z oilasi bag’rida emas, xavf-xatarga to’la joylarda faoliyat yuritishmoqda? Ularni bu ishga nima majbur qildi? Axir, o’z ixtiyoriga ko’ra tinchgina o’z yaqinlari atrofida yursa bo’lardi-ku! Bunga faqat bitta javob bor: ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Ular saodat maskani va qudrat manbai bo’lgan Vatanimizni baxtsizlik va balodan himoya qilishmoqda. Ko’plarning baxti uchun bir muddat yaqinlar diydoridan olisda yurishibdi. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Issiq kunlarda xastalar uchun tik oyoqda, maxsus kiyimda yurib xizmat qilishmoqda. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Ba’zilari onajonisini, ba’zilari o’g’il-qizini, aziz xonadonini juda sog’ingan, lekin bundan ko’ra ularga xalqining hayoti muhimroq. Chunki ULAR O’ZBEKISTONNI JONIDAY EMAS, JONIDAN HAM AZIZ KO’RISHADI. Chunki Xalq xaloskorlarining qalbida hozir faqat bitta so’z bor: “Jonimdan ham aziz maskansan, Vatan”.

Sharipboyeva Muborak,

To’rtko’l tumani XTB ga qarashli 22-sonli umumta’lim
maktabining Ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi
#mustaqillik_30
Dastur doirasidagi ishlar

Bugun To'rtko'l tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida “Ko'kcha” OFYdagi 46-sonli maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari jadal sur’atlarda bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-5048-sonli qaroriga asosan “Real montaj” MChJ tomonidan 1,487 mln. so'mlik loyiha qiymatiga ega qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Maktab 1986 yilda qurilgan bo'lib 624 o'ringa mo'ljallangan.
Bilim dargohida qayta ta'mirlash ishlari natijasida o'quvchilarga zamonaviy shart-sharoitlar yaratishga erishiladi.
Aytib o'tish joizki, bugungi kunda ob’ektda 980,0
mln.so'mlik qurilish ishlari bajarilib, ichki pardozlash ishlari va tom qismini ta'mirlash 70 foiga, issiqlik ta'minoti 100%ga bajarilgan. Hozirgi kunda ta'mirlash ishlariga jami 60 dan ortiq ishchi jalb qilingan bo'lib, maktab yangi o'quv yiliga foydalanishga topshiriladi.
#Mustaqillik_30
Ajdodlarimizning ma'naviy merosi - Mustaqilligimiz tayanchi!
Joriy yilning 27-avgust kuni 3-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida "Yangi Ozbekistonda erkin va farovon yashaylik!" g'oyasi ostida Isʼhoqxon Toʻra Ibrat tavalludining 160 yilligi oldidan "Ajdodlarimizning ma'naviy merosi - Mustaqilligimiz tayanchi" mavzusida ma'naviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Ushbu tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toʻrtkoʻl boʻlimi rahbari Jonibek Settiyev, Toʻrtkoʻl tumani Xalq taʼlimi boʻlimi metodisti Zuhra Abdullayeva, Toʻrtkoʻl tumani XTB ga qarashli umumtaʼlim maktablarining 25 nafar ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilari va 50 nafarga yaqin ijodkor oʻquvchilari ishtirok etdilar. Tadbirni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari J.Settiyev oʻzbek adabiyotining buyuk dargʻalari borasida oʻzining qimmatli maʼlumotlari bilan boshlab berdi.
#onlayn
#Mustaqillik_30
To'rtko'l tumanida yangi ob’ektlar ochilishi bo'lib o'tmoqda
#Mustaqillik_30
To'rtko'l tumanida yangi ob’ektlar ochilishi bo'lib o'tmoqda
O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlab “Beruniy” mahallasi binosi foydalanishga topshirildi.
Vatan ostonadan boshlanadigan bo'lsa, Mahalla shu Vatanning ustunidir. Zero, xalqimiz azal-azaldan boshqa hech qaysi mamlakatda bo'lmagan qadriyatlarga, an’analarga amal qilib kelmoqda. Mahalla esa ana shu qadriyatlarni birlashtiruvchi maskandir. Shu bois yurtimizda mahallalarga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Tumanimizda 37 ta ovul va mahallalar mavjud bo'lib, unda turli millat vakillari bir oila farzandlari kabi ahil-inoq bo'lib istiqomat qilib kelmoqda.
Tumanimizda mahallalarning faoliyatini yaxshilash uchun fuqarolar yig'inlari binolarini yangi zamonaviy texnika, jihozlar bilan ta'minlab, binolari ta'mirlanib, yangidan qurilib berilmoqda.
Bugun To'rtko'l tumani “Beruniy” mahallasi binosi ochilish marosimida tuman hokimi R.Shamuratov barchani bayram bilan qutladi.Tadbirda faxriylar, faollar ham ishtirok qilmoqdalar. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati

WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#Mustaqillik_30
Barchangizga ma'lumki, bugungi kunda Davlatimiz tomonidan sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida chekka qishloqlardagi yigit-qizlar ham o'z imkoniyatlarini ishga solib sport musobaqalarida qatnashish huquqini qo'lga kiritadilar. Hozirda To'rtko'l tumanidagi 37 mahallada 12 ta mini futbol maydonchasi tashkil qilingan bo'lib, 2021 yil rejada yana “Oqqamish” OFY va “Shodlik” MFY da mini futbol maydonchasi tashkil qilish rejalashtirilgan. Tumanimiz futbol jamoasi Qoraqalpog'iston Respublikasida faxrli o'rinlarni egallab kelmoqdalar. Tashkil qilingan mini futbol maydonchalarida har kuni 900 ga yaqin yoshlar shug'ullanib kelmoqdalar.
#onlayn
#Mustaqillik_30
Ayni daqiqalarda tumanda bayram shukuhi kezmoqda. Mustaqillikning 30 yilligi munosabati bilan tumandagi markaziy ko'chada aholi uchun arzonlashtirilgan oziq-ovqat, maktab va hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi tashkil qilindi. 🟢 To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#onlayn
#Mustaqillik_30
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yl 17 dekabr kungi «O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori darajada o'tkazish to'g'risida»gi qaroriga muvofiq Mustaqillik bayrami munosabati bilan To'rtko'l tumanida «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»da ro'yxatda turgan fuqarolar hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga un mahsulotlari tarqatildi.
To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati