#ona_tilim_faxrim
O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘RQ-615-son Qonunining 1-moddasiga asosan
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilangan. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#ona_tilim_faxrim

ONA TILIM

Ming yillarkim bulbul kalomi
O‘zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.


Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning, shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman!

Abdulla Oripov
#ona_tilim_faxrim

To‘rtko‘l tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Madaniyat bo‘limi hamkorligida tuman Ko‘zi ojizlar kutubxonasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ushbu tarixiy sananing ahamiyati haqida, shuningdek, ona tilimizga bo‘lgan hurmat, davlat tilida ish yuritishda mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, madaniyat bo‘limi xonandalari kuy-qo‘shiqlar ijro etgan bo‘lsa, Xiva shahridagi maxsus maktab o‘quvchilari tomonidan ona tili haqida she’rlar o‘qildi. To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#ona_tilim_faxrim

To‘rtko‘l tumani hokimining maslahatchisi G.Nazarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J.Settiyev tomonidan tuman Ichki ishlar bo‘limida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni
ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Yig`ilish davomida tumanda davlat tili siyosati qay darajada olib borilayotgani hamda bu boradagi muammolar haqida so‘z bordi.
#ona_tilim_faxrim
21-oktabr “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi To‘rtko‘l tuman bo‘linmasi, tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi hamda To‘rtko‘l tuman Qo‘riqlash bo‘limi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi. Bunda o‘zbek tilining paydo bo‘lishi, uning rivojlanishi va yurtimizda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha so‘z yuritildi.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz taraqqiyotining bugungi yangi bosqichi – milliy yuksalish davri talablaridan kelib chiqib, ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash, uning mavqeini ko‘tarish borasidagi ishlarning yangi bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi desak xato qilmagan bo‘lamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ona_tilim_faxrim Ertaga O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 33 yil to‘ladi

✏️Shu munosabat bilan To‘rtko‘l tumanidagi Axborot Kutubxona Markazi qoshida tashkil topgan "Onajonim she’riyat" klubi rahbari va a’zolari ishtirokida o‘zbek tilini madh etuvchi she’rlar taqdim etildi
#Chellenj
#ona_tilim_faxrim To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT
#Chellenj
#ona_tilim_faxrim

Tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 30-sonli umumta’lim maktabi To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW| YT