To'rtko'l Sardorlari
35 subscribers
488 photos
54 videos
1 file
101 links
Kanalda To'rtko'l tumani Yoshlar ittifoqi va Kamalak sardorlarining faoliyatlari bilan tanishasiz.
📌 Tanlovlar
📌 Loyihalar
📌 Motivatsion klub
📌 Baxtli bolalik sari
Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun🌈💓
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-mart – O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tug‘ilgan kun

...Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkalandim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima – bildim.
Shu-da bir yashash!..
Bahor va vafo kuychisi
Bugun To‘rtko‘l tumani Musiqa maktabi faollar zalida vafo va bahor kuychisi Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari I. Jumaboeva, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari J. Settiev, shoira M. Yusupovalar ishtirok qildilar va tadbirda qatnashayotgan she’riyat ixlosmandlarini bahor faslining ilk kuni bilan qutladilar. Shundan keyin tuman Axborot kutubxona markazi qoshida tashkil etilgan "Onajonim she’riyat" a’zolari tomonidan she’rlar o‘qildi. Tadbirda musiqa maktabining iqtidorli o‘quvchilari tomonidan mumtoz musiqa va qo‘shiqlar mahorat bilan ijro etildi. Tadbir yakunida bir qator iqtidorli qizlar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
🟢To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati   
WEB SAYT | IG | FB | TW|YT | TG
20-mart kuni To'rtko'l tumanidagi 63-sonli maktabida "Balli qizlar" koʻrik tanlovi bo'lib o'tdi tanlovda 7-dan 11-sinfgacha bo'lgan qizlar ishtirok etdi qizlar maktabdagi ayol o'qituvchilar tomonidan baholandi.
Vatan doʻstlik va baxtli bolalik uchun - @turtkul_sardorlari🌈