To‘raqo‘rg‘on PIIMA
611 subscribers
1.83K photos
341 videos
54 files
669 links
Murojaat uchun:

@qobiljonumarov
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Xushxabar

O'ZBEKISTON JAHON KIMYO OLIMPIADASIGA MEZBONLIK QILADI!

Yurtimizda ta'limga qaratilayotgan e'tibor, bu borada amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlar jahon maydonida ham e'tirof etilayotgani bor gap.

O'zbekistonda o'tkazilayotgan ko'plab xalqaro fan musobaqalari esa Vatanimizning dunyoning ilmga chanqoq yoshlarini bir nuqtaga jamlovchi markazga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Xabaringiz bor, shu yilning may oyida O'zbekiston 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasiga mezbonlik qilgan, unda 16 ta mamlakatning eng yaxshi bo'lajak kimyogarlari kuch sinashishgan edi.

Mazkur tadbirning tashkilotchilaridan biri sifatida Agentligimiz ham olimpiada jarayonlarining yuqori saviyada tashkil etilishida o'z hissasini qo'shdi.

⚡️Bu borada yana bir quvonchli xabar - 2026-yildagi Jahon kimyo olimpiadasi ham O'zbekistonda o'tkaziladigan bo'ldi.

Kuni kecha Jahon kimyo olimpiadasi boshqaruv qo'mitasi bu haqidagi rasmiy rozilik xatini jo'natdi.

Alohida ta'kidlashim joiz, mazkur olimpiada har yili o'tkaziladi va xalqaro maqomga ega 5 ta asosiy fan olimpiadalarining biri hisoblanadi.

❗️Shu o'rinda yana bir gap: Jahon kimyo olimpiadasi ilk bora Markaziy Osiyo mintaqasida bo'lib o'tadi.

Mazkur olimpiadaning O’zbekistonda o’tishi uchun 74 ta mamlakat yoqlab ovoz bergan.

❗️Tashkilotning boshqaruv qo’mitasida esa ayni paytda Agentligimiz vakili a’zo sifatida ishtirok etmoqda.
#xushxabar

⚡️ 2024/2025-OʻQUV YILIDA OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA KIRISH IMTIHONLARI TOP–10 MAKTABLAR ROʻYXATI EʼLON QILINDI

Quvonarlisi ushbu kuchli oʻntalikdan joy olgan maktablaring 8 tasi Agentlik tizimidagi maktablardir.

📊 Jumladan:

📍
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida birinchi oʻrinda – 176,28 ball;
🗺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida ikkinchi oʻrinda – 161,65 ball;
📍Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻrtinchi oʻrinda – 151,87 ball;
🗺Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida beshinchi oʻrinda – 151,23 ball;
📍Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida oltinchi oʻrinda – 150,61 ball;
🗺Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi Respublika miqyosida yettinchi oʻrinda – 150,44 ball;
📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 149,37 ball;
🗺Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi Respublika miqyosida toʻqqizinchi oʻrinda – 148,71 ball.

🌐 Batafsil koʻrish uchun

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal