Tuproqqal'a.uz
5.69K subscribers
12.3K photos
1.25K videos
31 files
3.09K links
Tuproqqal'a tumani hokimligi

Rasmiy sahifalar linktr.ee/tuproqqala

Hokimga murojaat @tuproqqala_aloqa_bot
Download Telegram
Yoshlar va tadbirkorlar muloqot platformasi

Tuproqqal'a tumanida hokim Akmal Jimalyazov tashabbusi bilan yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari, mutaxassislar va ishsiz yoshlar ishtirokida ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Tadbirkorlar nomzodlarga qo'yiladigan talablar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va oylik maoshlar to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi. Yoshlarning taklif va mulohazalari diqqat bilan tinglandi. Mutaxassislar esa ishsiz yoshlar va nogironligi bo'lgan fuqarolarning bandligini ta'minlayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun davlat tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berishdi.

Uchrashuv yakunida ishga joylashish istagini bildirgan yoshlar bilan mehnat shartnomalari imzolanib, ularning doimiy bandligi ta'minlandi.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
5👍5🔥1
Sayyor qabul

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov Saxovat mahallasida sayyor qabul o'tkazdi.

Unda fuqarolar asosan kommunikatsiyalar, davolanish uchun moddiy yordam va ishsizlik masalalaridagi muammolari bilan murojaat etishdi.

Bildirilgan masalalarning bir qismi mutasaddilar ishtirokida joyida hal etilgan bo'lsa, qolgan qismi yuzasidan muddat berilib, ijrosi hokim nazoratiga olindi.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
3👍2
Tadbirkorlar murojaatlari tinglandi.

Bugun Tuproqqal'a tumani hokimligida Xorazm viloyati "Kichik sanoat zonalarini boshqarish" direksiyasi rahbari Q.Igambergenov va tuman hokimi A.Jimalyazov tumandagi kichik sanoat hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o'tkazdilar.

Uchrashuvda tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, har tomonlama qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilab olindi.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
7👍4
⚖️ Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутати, "Адолат" СДП фракцияси аъзоси Тоҳир Палванов ўз сайлов округида аҳоли вакиллари билан мулоқотларини давом эттирмоқда.


Халқ вакилининг навбатдаги учрашуви Тупроққалъа тумани сайловчилари билан бўлиб ўтди.

🗣Очиқ ва конструктив руҳда ўтган мулоқот давомида депутат мамлакатимиз қонунчилигидаги муҳим янгиликлар, амалга оширилаётган ислоҳотларнинг мазмун-моҳияти ва аҳамияти ҳақида атрофлича сўз юритди.


📌 Шунингдек, учрашувда фуқаролар томонидан билдирилган таклиф ва мурожаатларни ўрганишга алоҳида эътибор қаратилди. Депутат кўтарилган ижтимоий-иқтисодий масалаларнинг аксариятини шу жойнинг ўзида, мутасадди ташкилотлар билан ҳамкорликда ҳал этиш чораларини кўрди. Қўшимча ўрганиш ва вақт талаб этадиган мурожаатлар эса депутатлик назоратига олинди.

Бу каби учрашувлар халқ вакилларининг сайловчилар билан алоқасини мустаҳкамлаш, ҳудудлардаги реал ҳолатни жойида ўрганиш ҳамда аҳолини қийнаётган муаммоларга ўз вақтида ечим топишда муҳим аҳамият касб этмоқда.

⚖️ Расмий саҳифаларимиз
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Furqat Masharipov
Tuproqqalʼada takroriy ekinlar

Tuproqqalʼa tumanida 2025-yil hosili uchun gʻalladan keyin boʻshagan yerlarda takroriy ekinlar ekilmoqda. Aholiga arzon-sifatli mahsulot taʼminlash va fermerlarning daromadini oshirish maqsadida kartoshka, sabzavot, sholi va ozuqa ekinlari yetishtirilmoqda.

Takroriy ekinlar qisqa vaqtda hosil berib, yer va suvdan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Bu ichki bozor taʼminotini yaxshilaydi hamda fermerlar uchun qoʻshimcha daromad manbai hisoblanadi.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
7
#2025_yil_1_avgustdan

❗️ 1 avgustdan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?


🔹 Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo'yicha tanlov o'tkazishda yangi tartib joriy etiladi BATAFSIL;

🔹 Davlat organlarida sog'lom turmush tarzi targ'ib qilinadi BATAFSIL;

🔹 Ayrim oilalar farzandlarini qabul qilgan bog'chalarga kompensatsiya to'lanadi BATAFSIL;

🔹 Ish o'rinlarini zaxiralashning elektron tizimi joriy etiladi BATAFSIL;

🔹 Ish haqi va stipendiyalar oshiriladi BATAFSIL;

🔹 Mebel texnologlari malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi BATAFSIL;

🔹 Oziq-ovqatlar uchun texnik reglamentlar majburiyligi bekor qilinadi BATAFSIL;

🔹 Mo'g'ulistondan mayda shoxli mollarni import qilgan tadbirkorlarga imtiyozlar beriladi BATAFSIL.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/xorazmadliya
1
Tuproqqal’a tumanining Sayapir, Saidlar, Shexlar, Obod, Saxovat, Muhabbat, Navbahor, Yoshlik, Sharlauq, Y. Oxunboboyev, Pastom, Yangi zamin mahallalarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Pitnak” va “Pitnak-2” gaz taqsimlash stantsiyalarida ta’mirlash ishlari sababli ertaga, 2-avgust kuni soat 07:00 dan 19:00 gacha ushbu mahallalarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to’xtatilishini ma’lum qilamiz.

Aholi xonadonlari soni – 11 711 ta
Ulgurji iste'molchilar soni - 271 ta

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Xorazm” GTF matbuot xizmati
👎113
📢 SAYYOR QABUL: MUAMMOLARGA TEZKOR YECHIM!

Tuproqqal'a tumani hokimi Akmal Jimalyazov bugun Shayxlar va Yangizamin mahallalarida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalliy aholi vakillari quyidagi dolzarb muammolar haqida o'z fikrlarini bildirdilar:

elektr ta'minotidagi uzilishlar

oqar suv yetishmovchiligi

yo'l infratuzilmasidagi kamchiliklar.

Hokim har bir muammoni diqqat bilan eshitib, ularni hal qilish bo'yicha tegishli xizmatlarga aniq ko'rsatmalar berdi va ijrosi ustidan nazorat o'rnatildi.

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
👍83
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Brifing | Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatgichlar | 2025-yil I yarim yillik

Tuproqqal'a tumani statistika bo'limi boshlig'i Sarvar Otabayev ishtirokida brifing

#brifing

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
👍92
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Brifing | Pensiya tayinlashning YANGI tartibi

Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Tuproqqal'a tumani bo'limi boshlig'i Uchqun Ismailov ishtirokida brifing

#brifing

👉@tuproqqala_uz

Tuproqqal'a axborot xizmati
👍81