TATU | Rasmiy kanali
14.5K subscribers
19.3K photos
2.25K videos
254 files
4.56K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, bir nechta telegram kanallarda TATU Samarqand filiali talabalari orasida koronavirus aniqlanganligi to‘g‘risida #feyk, #tasdiqlanmagan maʼlumotlar tarqaldi.

TATU matbuot xizmati filial bilan bog‘landi va tarqalgan maʼlumotlar asoslanmaganligini aniqladi. Ming shukurki, talabalarimiz orasida ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan va birorta ham talabalar turar joyi binosi yopilmagan.

Shunday vaziyatdan foydalanib "virus aniqlanibdi" deya yolg‘on maʼlumot tarqatib, minglab talabalarni, ayniqsa, ularning ota-onalarini xavotirga qo‘yayotgan kanal maʼmurlari, iltimos yolg‘on va asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatmang.

Agar sizga shunday maʼlumotlar kelib tushsa, universitet matbuot xizmati bilan bog‘lanishingiz mumkin. Biz siz bilan hamkorlikda ishlashga doimo tayyormiz!

TATU matbuot xizmati

TATU
rasmiy kanaliga ulanish👇👇👇
@tuituz_official
#Rasmiy_munosabat

💻 Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi kanallarda tarqalgan “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 1-sonli TTJsi haqidagi” postga rasmiy munosabat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bahorgi semestr iyun oxirida yakunlanganligi munosabati bilan joriy yilning 17-iyulidan 20-avgustigacha fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan talabalar uchun qayta o‘qish jarayonlari bo‘lib o‘tishi belgilangan. 

Universitetning talabalar turar joylarida yozgi ta'til vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan joriy ta'mirlash hamda dezinfeksiya ishlari olib borilishi haqida barcha talabalar ogohlantirilgan va mazkur ishlar yakunlanguniga qadar talabalar turar joylari yopilgan.

Lekin shunga qaramay, 2022-2023 o‘quv yilida ayrim o‘quv fanlaridan akademik qarzdor bo‘lib, qayta o'qishga qolib ketgan talabalarni yozning issiq kunlarida ko'chalarda sarson bo’lib, ijara uylari qidirib yurmasligini maqsad qilgan holda ularning iltimoslarini inobatga olib, universitet rahbariyati tomonidan universitetning 1-talabalar turar joyi xonalari ochib berilgan hamda talabalar turar joyining ularga ajratilgan qismida amalga oshirilishi rejalashtirilgan joriy ta’mirlash va dezinfeksiya ishlari vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan.

Ammo 1-talabalar turar joyi joriy ta'mir hamda dezinfeksiya ishlarini olib borish uchun yopilganligi, talabalarning iltimosiga ko‘ra joy ajratilganligini bila turib, vaziyatdan o‘zlarining buzg‘unchi niyatlarida foydalanish maqsadida u yerga joylashgan ayrim talabalar suratga olgan videolardan ularning ruxsatisiz foydalanib, universitetning sha'niga qasddan putur yetkazishga qaratilgan ta'riflar bilan ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishgan.

Universitet uzoq yillik tarixga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, doimo xorijiy, Respublika oliygohlari va jamoatchilik takliflari va fikrlarini ochiqlik bilan qabul qilib keladi. Shunga ko‘ra, universitet faoliyatiga qaratilgan tanqidiy fikrlarni bir tomonlama berilgan ma’lumotlardan ko‘ra, aniq faktlarga asoslangan ma’lumotlarga tayangan holda ko‘rib chiqishda hamkorlik qilishga doimo tayyorligini bildiramiz.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍46😁26😢9👌3👀3😨3🐳2🔥1
#rasmiy_munosabat

“Talabalar turar joyiga navbatlar” haqidagi postga rasmiy munosabat

Joriy yilning 4-sentyabridan barcha oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv jarayonlari boshlanishi munosabati bilan, hududlardan talabalarni OTMga kelish oqimi kuchaydi. Shu asnoda talabalar turar joyiga bo‘lgan talab ham ortdi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida, universitet tomonidan 2-3-4-kurslar uchun ttj.tuit.uz platformasi ishlab chiqilidi. Mazkur platforma orqali shu kunga qadar 2000 dan ortiq talabalar murojaat yuborishdi va ishchi guruh tomonidan barcha arizalar ko‘rib chiqilib, shulardan ijtimoiy holatidan kelib chiqqan holda 800 dan ortiq ariza qanoatlantirildi. Arizasi qanoatlantirilmagan talabalarga fakultet dekan o‘rinbosarlari va tyutorlari hamkorligida universitet hududiga yaqin joylashgan ijaraga uylar topishda yordam berilmoqda.

2023/2024-o‘quv yilida: 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma'lumotlar markazi» faoliyat yuritmoqda. Ushbu markaz tomonidan ijara xonadonlariga 700 nafardan ortiq talabalar joylashtirildi
👍1