TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
16.9K photos
1.9K videos
251 files
4.1K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU #Yaponiya #Fujiyama

🇯🇵Yaponiyaning ramzi va eng baland nuqtasi bo'lgan Fujiyama tog'i cho'qqisida universitetimiz magistratura bosqich talabasi Nabiyev Saidaxrorxon yurtimiz bayrog'ini hamda universitetimiz ramzi tushirilgan bayroqni BALAND ko'tardi. Ushbu tog'ning balandligi 3776 metr bo'lib, unga chiqish uchun 8 soatlik mashaqqatli va xavfli yo'lni bosib o'tish kerak bo'ladi.

💻 Universitetimizda mavjud almashinuv va tadqiqot dasturlarida faol ishtirok eting va siz ham O'zbekiston nomini dunyoga taniting. Rasmiy kanalimizni kuzatib boring va unda e'lon qilib borilayotgan dasturlarda qatnashing. Barcha talabalar teng imkoniyatga ega va hammasi o'zingizda bo'lgan intilish va bilimingizga bog'liq.

☀️Kun chiqar yurtda quyosh chiqishini eng yuqori cho'qqidan tomosha qiling.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#IT_mutaxassisi

📣Diqqat! TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

💻 Universitetimizda Yaponiyaning "CAL Co, Ltd” IT kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik iqtidorli dasturchilarni ishga taklif qilish maqsadida TATU talabalari uchun seminar va taqdimot suhbati tashkil qilinmoqda.

🧳 Ushbu tadbirda Yaponiyada ishlash sharoitlari va afzalliklari, xususan, kompaniyaning dasturchilarga yaratayotgan imkoniyatlari va qo‘yayotgan talablari haqida ma’lumotlar beriladi.

📄Ma’lumot uchun: Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorda faoliyat olib boradi. Shuningdek, IT yo‘nalishida butun Yaponiya bo‘ylab xizmat ko‘rsatib kelishi bilan bir qatorda, dunyoning boshqa yetakchi davlatlariga ham o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Bugungi kunda kompaniyada 2133 nafar hodim faoliyat olib bormoqda.

📆 26-oktyabr
🕒 soat 14:00
📍 Manzil: A bino Faollar zalida

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#IT_mutaxassisi

📣Diqqat! TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

💻 Universitetimizda Yaponiyaning "CAL Co, Ltd” IT kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik iqtidorli dasturchilarni ishga taklif qilish maqsadida TATU talabalari uchun seminar va taqdimot suhbati tashkil qilinmoqda.

🧳 Ushbu tadbirda Yaponiyada ishlash sharoitlari va afzalliklari, xususan, kompaniyaning dasturchilarga yaratayotgan imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.

📄Ma’lumot uchun: Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorda faoliyat olib boradi. Shuningdek, IT yo‘nalishida butun Yaponiya bo‘ylab xizmat ko‘rsatib kelishi bilan bir qatorda, dunyoning boshqa yetakchi davlatlariga ham o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Bugungi kunda kompaniyada 2133 nafar hodim faoliyat olib bormoqda.

📆 26-oktyabr
🕒 soat 14:00
📍 Manzil: A bino Faollar zalida

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya #JASSO #TATU

Joriy yilning 7-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiya davlatining yetakchi OTMlaridan biri Yaponiya Xalqaro Universiteti va Yaponiyadagi xalqaro talabalarni qo'llab quvvatlovchi JASSO tashkiloti vakillari hamda O'zbekiston-Yaponiya markazi direktoridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida TATU talabarining kelgusi o'quv faoliyatini yaponiyada davom ettirish imkoniyatlari, qo'lga kiritish mumkin bo'lgan grantlar hamda ikki tomonlama manfaatli bo'lishi mumkin bo'lgan loyihalar muhokama qilindi hamda talabalarga taqdimot namoyish etildi.

👁 Uchrashuv so'ngida Yaponiyaning JICA tashkiloti tomonidan TATUda tashkil etilgan Media Markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya #Shibaura

Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida bo‘lib o‘tayotgan “Cross-cultural Engineering Project 2023” xalqaro dasturida TATU talabalari faol qatnashmoqda.

🗒 Dastur doirasida dunyoning 3 mintaqasidan 100 ga yaqin talabalar real mavjud biznesdagi muammolar va muhandislik yo‘nalishidagi musobaqada ishtirok etishadi. Mahalliy kompaniyalar va hamjamiyatlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ustida ishlashga asoslangan ushbu dastur, qatnashuvchilar orasida optimal yechimlarni aniqlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #Yaponiya_delegatsiyasi

Bugun, Yaponiyaning Takarazuka Universiteti Tokyo kampus direktori va Ilg'or xorijiy talabalarni qo'llab-quvvatlash tashkiloti direktori hisoblangan Junichi Nakamura boshchiligidagi delegatsiya TATUga tashrif buyurdi.

🗒 Tashrif davomida TATU talabalarining kelajakdagi karyerasini Yaponiyada davom ettirishga va ilg'or AyTi kompaniyalarga ishga joylashish bilan bog'liq hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

📊 Ma'lumot uchun: Bugungi kunda Yaponiya IT bozorida malakali AyTI mutaxassislarga bo'lgan talabni qondirishda O'zbekistonlik dasturchilarning  o'rni muhim ahamiyat kasb etmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #tashrif #Yaponiya

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning "H&K Co. Ltd." kompaniyasi prezidenti Koki Ando, "ICure Technology Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori Ryuji Sano hamda "RENGO Ent.Co. Ltd." kompaniyasi ijrochi direktori Tomohiko Hirakawadan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida universitetda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, ilmiy laboratoriyalar bo‘yicha taqdimot qilindi.  Shuningdek, uchrashuvda mazkur yetakchi IT  kompaniyalarda TATU talabalari uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish hamda ishga joylashtirish masalalari muhokama etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#IT_mutaxassisi

📣Diqqat! TATU talabalari uchun ajoyib imkoniyat!

👥 Universitetimizda Yaponiyaning "CAL Co, Ltd” IT kompaniyasi tomonidan O‘zbekistonlik iqtidorli dasturchilarni ishga taklif qilish maqsadida TATU talabalari uchun seminar va taqdimot suhbati tashkil qilinmoqda.

🧳 Ushbu tadbirda Yaponiyada ishlash sharoitlari va afzalliklari, xususan, kompaniyaning dasturchilarga yaratayotgan imkoniyatlari haqida ma’lumotlar beriladi.

📄🗒Ma’lumot uchun: Yaponiyaning “CAL Co, Ltd” kompaniyasi 1990-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xususiy sektorda faoliyat olib boradi. Shuningdek, IT yo‘nalishida butun Yaponiya bo‘ylab xizmat ko‘rsatib kelishi bilan bir qatorda, dunyoning boshqa yetakchi davlatlariga ham o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Bugungi kunda kompaniyada 2133 nafar hodim faoliyat olib bormoqda.

📆 Bugun, 23-aprel
🕒 soat 11:00
📍 Manzil: A bino Faollar zalida

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_oshirish #TATU_ustozlari #Yaponiya

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-167-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida, mukammal bajarish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z professor-o‘qituvchilarini dunyoning rivojlangan davlatlarining universitetlari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka dasturlarida ishtirok etishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda ushbu jarayonlarga alohida ahamiyat berib kelmoqda.

🇯🇵🤝🇺🇿 TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish” grant dasturi doirasida Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.

🗒 24-yanvardan 24-maygacha boʻlib oʻtgan asosiy kursda AKT dan foydalangan holda tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishni rejalashtira oladigan va amalga oshira oladigan kadrlarni shakllantirish boʻyicha bilim va ko’nikmalar berildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan bir qatorda, tinglovchilar Okinava ichida va tashqarisidagi ma’muriy muassasalar va xususiy kompaniyalarga tashrif orqali AKT afzalliklari haqida turli bilimlarga ega bo‘ldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#Xalqaro_hamkorlik

🇯🇵 Friendship Association of Nagoya va TATU Nurafshon filiali o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

✉️ Joriy yilning 12-iyun kuni Nagoya shahrida bo'lib o'tgan tantanali marosimda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali direktori Nurbek Nasrullayev va Friendship Association of Nagoya rahbari Shamoto Yosuke janoblari o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ikki tashkilot o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, bilim va tajriba almashish hamda madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida imzolandi.

TATU Nurafshon filiali va Nagoya o'rtasidagi anglashuv memorandumi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo'lib, bu hamkorlik nafaqat universitetlar o'rtasidagi, balki butun jamiyat o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu memorandumning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bilan ikki mamlakat o'rtasida yangi imkoniyatlar yaratilishi kutilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya
#xalqaro_hamkorlik

Xabaringiz bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Yaponiya davlatida boʻlib turibdi.

Navbatdagi tashrif Yaponiya ta'lim tizimida alohida mavqega ega GIFU KOSEN (National institute of technology) taʼlim muassasasiga amalga oshirildi.

Uchrashuv delegatsiyamizni iliq kutib olgan muassasa Prezidenti Itsuno Shinichiga filialimizning yangi kampusi va undagi jahon andozalari asosida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni tanishtirishdan boshlandi.

Itsuno Shinichi janoblari tashrifdan juda mamnunligini bildirdi. Oʻzbekiston taʼlim dargohlari bilan hamkorlik, ayniqsa axborot texnologiyalari sohasida Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlgan TATUning filiallaridan biri boʻlgan Nurafshon filiali bilan hamkorlik ushbu sohada salmoqli natijalar berishini aytib oʻtdi. Uchrashuv davomidagi ikki tomonlama muzokaralardan soʻng Nurafshon filiali va GIFU Kosen oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolashga kelishildi.

Ushbu hamkorlik orqali talabalarimiz va professor-oʻqituvchilarimizda Yaponiyadagi ushbu taʼlim muassasasida qisqa va uzoq muddatli bepul talabalar almashinuvi dasturlari va malaka oshirish kurslarida qatnashish imkoniyati yaratildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya #hamkorlik

🇯🇵 2024-yil 28-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Yaponiyaning Sukuba universiteti vitse prezidenti professor Yasushi Nakauchi tashrif buyurdi.

💻 Uchrashuvda Sukuba universiteti va TATU bilan ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalar hamda dasturlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashda Sukuba universiteti tajribasini qo'llash, bunda xalqaro standartlarga mos yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-texnologik hamkorlikni rivojlantirish va Yaponiya mutaxassislarini TATUga jalb etish bo‘yicha kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

🗒 Malumot uchun:
Sukuba universiteti — Yaponiyadagi yirik tadqiqot universiteti bo‘lib, 1973-yilda tashkil etilgan va xalqaro QS hamda THE reytinglarda yuqori o'rinlarda qayd etilgan.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yaponiya #Shibaura

Yaponiyaning Shibaura texnologiya institutida bo‘lib o‘tayotgan “Cross-cultural Engineering Project 2024” xalqaro dasturida TATU jamoasi ham qatnashmoqda.

🗒 Dastur doirasida dunyoning 3 mintaqasidan 80 ga yaqin jamoalar real mavjud dunyodagi muammolar va muhandislik yo‘nalishidagi Ideaton musobaqada ishtirok etishadi. Mahalliy va Xalqaro kompaniyalar va hamjamiyatlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ustida ishlashga asoslangan ushbu dastur, qatnashuvchilar orasida optimal yechimlarni aniqlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM