TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Xalqaro_axborotlashtirish_akademiya
#Akademik_unvon_taqdirlash

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Axborot-kutubxona tizimlari kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Raxmatullayev Marat Alimovich Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasining akademigi unvoni bilan taqdirlandilar.

🎁Shu munosabat bilan universitet rahbariyati va jamoasi Raxmatullayev Marat Alimovichni tabriklaydi va ilmiy faoliyatida yanada muvaffaqiyatlar tilaydi.

📌Eslatib o'tamiz Xalqaro axborotlashtirish Akademiyasi axborot, axborot texnologiyalari, axborot muhiti va axborot-tahliliy faoliyat, jamiyatni axborotlashtirish va yagona jahon axborot hamjamiyatini qurish mohiyatini bilish sohasidagi hamfikrlarning mustaqil o‘zini o‘zi boshqaruvchi xalqaro tashkilot hisoblanib, u 1994 yilda Olmota shahrida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda
Akademiya 1600 dan ortiq taniqli olimlarni, ilm-fan va amaliyotning ko‘plab sohalaridagi jamoat va davlat arboblarini birlashtiradi.