TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
📌 #muhim

👐 QO'LNI YUVISHNING ZARURLIGI :

Birinchi suratda – yuvish oldidan qoʻllar;
Ikkinchi suratda – chayishdan keyin;
Uchinchi suratda – sovunsiz 6 sekund yuvgandan keyin;
Toʻrtinchi suratda – 6 sekund sovun bilan;
Beshinchi suratda – qoʻlni 15 sekund sovun bilan yuvgandan keyin;
Oltinchi suratda – qoʻlni 30 sekund sovun bilan yuvgandan keyin.

👉 @yoshlar_turizmi_agentligi
#muhim_xabar

Davlat xavfsizlik xizmati tizimida yangi harbiy-akademik litsey tashkil etiladi

“Yosh chegarachilar”
harbiy-akademik litseyi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida (2020-yil 11-avgust, № 473) Oʻzbekiston Renspublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi. Bu haqda uza.uz ma'lum qilmoqda.

Ushbu qarorga koʻra, Oʻzbekistan Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi tashkil etish belgilandi.

Litseyning asosiy vazifalari etib oʻquvchilarda halollik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxsiy xislatlarini, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirish;

Oʻzbekistan xalqiga sodiq qatʼiy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlgan oʻquvchilarni tarbiyalash;

Intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, oʻquvchilarda harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;

jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash maqsad qilingan.

Mazkur litsey Oʻzbekistan Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati muassisligidagi davlat taʼlim muassasasi hisoblanadi.

litseyga qabul va oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;

litseyda oʻquv jarayoni davomiyligi ikki yil boʻlib, yillik qabul kvotasi 100 nafarni tashkil etadi;

litsey Termiz davlat universiteti va Oʻzbekistan Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasiga biriktiriladi.

Ta'lim haqidagi qiziqarli ma'lumotlar kanaliga ulanish:
👉 @tuituz_official
Forwarded from Edu.uz
​​#Muhim_xabar

Тўлов-шартнома асосида ўқийдиган талабаларга бериладиган 10 фоизлик чегирма барча давлат олий таълим муассасаларида амал қилади

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
томонидан Молия вазирлиги билан биргаликда пандемия шароитида аҳолининг тўлов қобилияти пасайишини ҳисобга олиб, фарзанди тўлов-шартнома асосида ўқийдиган оилаларга енгиллик яратиш ва уларни қўллаб-қувватлаш мақсадида янги ўқув йилида амалдаги базавий тўлов-контракт миқдори учун 10 фоиз чегирма берилиши ҳақида хабар берган эдик.

Мазкур таклиф Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси томонидан маъқулланди ва барча давлат олий таълим муассасаларига вазифа сифатида юборилди.

Янги 2020/2021 ўқув йилида республика олий таълим муассасаларининг бакалавриат ва магистратурасида кундузги таълим шаклида тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган БАРЧА талабаларга шартнома шартларини бажаришда амалдаги базавий тўлов-контракт (стипендиясиз қисмидан) миқдорига 10 фоиз чегирма берилади.

Ҳурматли талабалар ва ота-оналар!

Агар сизда ушбу масала юзасидан тушунмовчиликлар юзага келса, аниқ фактларни кўрсатган ҳолда телеграмдаги @otvmurojaat_bot боти орқали бизга маълум қилинг. Ҳеч бир мурожаат эътиборсиз қолдирилмайди!

👉 Мурожаат учун - @otvmurojaat_bot

ОЎМТВ Ахборот хизмати

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
Forwarded from Edu.uz
#Muhim_xabar

Республика комиссиясининг 2020 йил 12 ноябрдаги йиғилиши қарорига мувофиқ барча олий таълим муассасаларида жорий йилнинг 16 ноябридан олий таълим муассасаси томонидан ишлаб чиқилган чора-тадбирлар ва режа-график асосида ўқув жараёнини анъанавий шаклда давом эттириш белгиланди.

Вазирлик телеграм каналига уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEX5-AsADEDumdCB6g
#DIQQAT #MUHIM

Talaba va oʻquvchilar joriy yil 28-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi

🗓 Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) oʻquvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.
Forwarded from Edu.uz
#MUHIM

⚡️Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning tegishli qaroriga koʻra abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi belgilangan.

👉Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👨‍🎓📚17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni

Bugun, 17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha talabalarni AKT vazirligi jamoasi samimiy tabriklaydi.

#mitc
#muhim_sana

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mitc
#muhim_sana

🇺🇿🛡Raqamli texnologiyalar vazirligi 14-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan barcha harbiylarni samimiy qutlaydi

O‘z hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4279
#Muhim_sana

⭐️Bugun, 26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun. 

🗒Muhammad Yusuf 1954 yili 26 aprel kuni Andijonning Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida oddiy mehnatkash oilada tavallud topgan.
Muhammad Yusuf bolaligidan adabiyotga qiziqqan. 1978 yilda Rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ni tamomlagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Muhim
#Qo‘shimcha

Hozirda 1-kursga tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati o‘z ishini boshlamadi.

Ushbu ishlar yakuniga yetganidan so‘ng ariza berish imkoni yaratiladi. Bu bo‘yicha yana qo‘shimcha maʼlumot beriladi.


На данный момент услуга подачи заявления на размещение в студенческих общежитиях не запущена, так как информация о рекомендованных к обучению на 1-м курсе вносится в электронные базы данных.

После завершения данных работ услуга будет доступна. Дополнительная информация о статусе услуги будет предоставлена.


At the moment, the service of applying for accommodation in student dormitories has not been launched, since information about those recommended for study in the 1st year is entered into electronic databases.

After the completion of these works, the service will be available. Additional information about the status of the service will be provided.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦🟦

Bugun 27-noyabr haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌍Toshbaqalarni himoya qilish kuni.
🇹🇭Tailand – Milliy salomatlik kuni.
🇪🇸Ispaniya – O‘qituvchilar kuni.
🇷🇺Rossiya – Dengizchilar kuni.

#muhim_voqealar
🔵1895 – Alfred Nobel oʻz mulklarini Nobel mukofoti fondiga berilishini vasiyat qildi.
🔵1917 – Turkiston o‘lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi Turkiston muxtoriyati tashkil etilganini e’lon qildi.
🔵2003 – Abdulxoliq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqshband tavalludiga bag‘ishlangan yubiley tantanalar o‘tkazildi.

#tavalludlar

🔴1701 – Andres Selsiy – shved astronomi, fizik va matematik olimi.
🔴1894 – Konosuke Matsushita – Panasonic asoschisi.
🔴1940 – Bryus Li – mashhur kung-fu ustasi.
🔴1964 – Roberto Manchini – italiyalik futbolchi va murabbiy.

Manba

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim_sana

⭐️Bugun, 26-aprel — O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tug‘ilgan kun. 

🗒Muhammad Yusuf 1954 yili 26 aprel kuni Andijonning Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlogʻida oddiy mehnatkash oilada tavallud topgan.
Muhammad Yusuf bolaligidan adabiyotga qiziqqan. 1978 yilda Rus tili va adabiyoti instituti (hozirgi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti)ni tamomlagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM