TATU | Rasmiy kanali
14.9K subscribers
17K photos
1.9K videos
251 files
4.11K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#hamkorlik #delegatsiya #Xitoy #BUCEA

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro nufuzli reytinglarda yetakchi o’rinlarda turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining Beijing university of civil engineering and architecture (BUCEA)ga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Zhang Dayu bilan ushrashuv o‘tkazildi.

🖋 Uchrashuvda ikki universitet o‘rtasida xalqaro taʼlim loyihalarini birgalikda amalga oshirish, ilmiy xodimlar, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun BUCEAda malaka oshirish, qisqa muddatli stajirovka hamda akademik almashinuv kabi yo‘nalishlarda hamkorlik memorandumi imzolandi.

🗒 Shuningdek, tashrif davomida, universitetlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Jumladan, BUCEA tomonidan asos solingan “Belt and Road Architectural University International Consortium” (BRAUIC) xalqaro konsortsiumga a’zo bo‘lish, ushbu dastur doirasida talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish hamda talabalarga grant dasturlari orqali o‘qishlarini BUCEAda davom ettirishga imkoniyat yaratish masalalari muhokama qilindi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor #delegatsiya #memorandum #NCUT

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro QS hamda THE reytinglarda yetakchi o‘rinlarda turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining North China University of Technology (NCUT) universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Lifeng Zhang bilan ushrashuv o‘tkazildi.

🖋 Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, TATU ilmiy tadqiqotchilari uchun NCUTning Maʼlumotlar markazi (Data Center) hamda DeCloud bulut xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish, shuningdek, raqamli texnologiyalar, infokommunikatsiya, sun’iy intellekt sohasida birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish va ilmiy maqolalarni nashr etish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil



🤝 Делегация во главе с ректором Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми профессором Б.Махкамовым посетила Северо-Китайский технологический университет (NCUT), занимающий лидирующие позиции в международных рейтингах QS и THE и провела встречу с президентом университета профессором Лифэном Чжаном.

🖋 На встрече подписан меморандум о двустороннем сотрудничестве в сферах академического обмена для студентов и преподавателей, проведения совместных исследований, создания Центра обработки данных Ncut (Data Center) и облачных сервисов DeCloud для научных исследователей ТУИТ, а также совместного проведения научных исследований и публикации научных статей в области цифровых технологий, инфокоммуникаций и искусственного интеллекта.

Подробнее
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy #tashrif #Китай #делегация

🗺 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida “Microelectronic science and engineering” hamda “Network security and informatization center” ilmiy taqdiqot institutlariga tashrif buyurdi.

📌 Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari mazkur ilmiy tadqiqot institutlarida tashkil etilgan Cloud Service Lab, Streaming Data Processing Lab, Big Data Analysis Lab, Digital Media Innovation Lab, Distributed Information Processing Research Lab, Equipment Maintenance Lab kabi laboratoriyalar faoliyati hamda ularda amalga oshirilayotgan “Applied Surface Science”, “Sensors Actuators B Chemical”, “Microporus and Mesoporus Materials” nomli grant loyihalar, ilmiy ishlanmalar hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishdi.



🗺 Делегация во главе с ректором Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми профессором Б.Махкамовым в рамках деловой поездки в Китайскую Народную Республику посетила научно-исследовательские институты «Микроэлектронная наука и техника» и «Центр сетевой безопасности и информатизации».

📌 В ходе визита члены делегации посетили лаборатории, такие как Cloud Service Lab, Streaming Data Processing Lab, Big Data Analysis Lab, Digital Media Innovation Lab, Distributed Information Processing Research Lab, Equipment Maintenance Lab, а также ознакомились с достигнутыми результатами, реализуемыми в этих научных лабораториях грантовыми проектами, научными разработками “Applied Surface Science”, “Sensors Actuators B Chemical”, “Microporus and Mesoporus Materials”.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy #tashrif #Китай #делегация

21-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi AyTi universitetlaridan hisoblangan Beijing Information Science&Technology University (BISTU) universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Guo Fu bilan ushrashuv o‘tkazildi.

🖋 Mazkur uchrashuvda universitetlar o‘rtasida akademik va ilmiy yoʻnalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-oʻqituvchilar oʻrtasida oʻzaro tajriba almashishni yoʻlga qoʻyish, birgalikda qoʻshma mahalliy hamda xalqaro loyihalarni amalga oshirish, startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

👉Batafsil



21 января делегация во главе ректора Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий проф. Б.Махкамова посетила Пекинский университет информационных наук и технологий (BISTU), который является одним из ведущих ИТ-вузов Китайской Народной Республики и провел встречу с президентом университета проф. Гуо Фу.

🖋 На встрече подписан меморандум о сотрудничестве между двумя университетами в сферах совместной реализации программ академических и научных направлениях, налаживание взаимного обмена опытом между профессорами и преподавателями, реализацию совместных локальных и международных проектов, установление отношений сотрудничества в развитии стартап и инновационной экосистемы.

👉Подробно
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #delegatsiya

💻 Ayni kunlarda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida O‘zbekiston va Xitoy universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan birinchi “O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi”da ishtirok etmoqda.

📊 Xalqaro forumda Xitoy Xalq Respublikasining 100 dan ortiq O‘zbekiston OTMlaridan esa 40 ga yaqin rektorlar ishtirok etmoqdalar. Mazkur forumda ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ko’plab sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni ko’zda tutgan “O‘zbekiston va Xitoy universitetlari hamkorligi to‘g‘risida”gi Pekin deklaratsiyasi qabul qilindi hamda ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik shartnoma va memorandumlari imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy

👥 Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumi” doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va nufuzli reytinglarda dunyoning yetakchi TOP 300 talikda qayd etilgan Xian Jiatoung Universiteti (XJTU) oʻrtasida XJTU taʼlim dasturlari asosida TATUdagi mavjud taʼlim dasturlari transformatsiyasini amalga oshirish, taʼlim sifatini nazorat qilishda hamkorlik qilish, vorkshoplar tashkil etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarni kengaytirishni ko’zda tutgan “Yoʻl xarita” imzolandi.

🗒 Shuningdek, forum doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va dunyoda yetakchi texnologik universitetlardan biri boʻlgan Xitoyning Dalian Neusoft axborot texnologiyalari universiteti oʻrtasida ikki universitet professor-oʻqituvchilarining oʻzaro tajriba almashishini yoʻlga qoʻyish, talabalar almashinuvi dasturlari, talabalar oʻrtasida startap va innovatsion ekotizimni rivojlantirishga koʻmaklashish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy

Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi 23-yanvar kuni Xitoyning Tyanszin shahrida davom ettirildi.

🎤Tyankay oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar texnoparkining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy Tyanszin oliy ta’lim sohasida hamkorlik forumida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori prof. B.Maxkamov “keynote speaker” sifatida “O‘zbekiston va Xitoyda oliy ta’limni xalqarolashtirishning asosiy vazifalari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan taqdimot qildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Ummon #tashrif

👥  Bugun Ummon Sultonligining O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.

💬 Ushbu yuqori darajadagi uchrashuv Ummon Sultonligi va O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qaratildi. Xususan, Ummon Sultonligining "Sulton Qaboos Universiteti", "Texnologiya va amaliy fanlar universiteti" va TATU o'rtasida axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, ilmiy-amaliy konferensiyalarni birgalikda o'tkazish, ikki tomonlama almashinuv dasturlarini joriy qilish imkoniyatlari muhokama etildi.

📍 Uchrashuv so'ngida  mehmonlarga TATUda mavjud  o'quv-amaliy labaratoriyalari hamda ularda amalga oshirilayotgan loyihalar, Media markaz va undagi sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Ummon #tashrif #uzbekiston24

👥  Ummon Sultonligining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy boshchiligidagi delegatsiyasi TATUga tashrif buyurdi.

💬 Ushbu yuqori darajadagi uchrashuv Ummon Sultonligi va O'zbekiston Respublikasining axborot texnologiyalari sohasidagi yetakchi Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qaratildi.

📺 Shu haqida O'zbekiston 24 telekanali, Yangiliklar 24 informatsion dasturi orqali maxsus reportaj (rus tilida) tayyorlanib, efirga uzatildi.



👥 Делегация Оманского Султаната во главе с Чрезвычайным и полномочным послом в Узбекистане Вафо Джабром Насиром Аль-Бусаиди посетила ТУИТ.

💬  Встреча была направлена на установление сотрудничества между Султанатом Оман и ведущими высшими учебными заведениями Республики Узбекистан в области информационных технологий.

📺 Об этом был подготовлен специальный репортаж на телеканале Узбекистан 24, информационной программе Новости 24.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #tashrif

Joriy yilning 6-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vayoming universiteti (University of Wyoming) Xalqaro aloqalar bo‘yicha direktori Dr. Isadora Helfgott boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🗒  Uchrashuvda TATU va Vayoming universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, birgalikda ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish imkoniyatlari muhokama etildi. Bundan tashqari, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar uchun almashinuv dasturi orqali qisqa muddatli stajirovkalar tashkil etish , birgalikda tadqiqot faoliyatini olib borishga qaratilgan dasturlarni tashkil etishga kelishib olindi.

📌Ma'lumot uchun: Vayoming universiteti (University of Wyoming) 2024 THE dunyo universitetlar reytingida yuqori Top-800 ta o'rindan joy olgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #konferensiya #Belarus

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati delegatsiyasi, Belarus Respublikasining Minsk shahrida 13-15 mart kuni o‘tkazilgan 'Raqamli Jamiyatda Muhandislik Ta’limi' va 'BIG DATA' Xalqaro Ilmiy-Metodologik Konferensiyada ishtirok etdi.

💬 Mazkur konferensiyada raqamli iqtisodiyot sohasida kadrlar tayyorlashning muhim jihatlari muhokama qilindi, uning asosiy muammolarni aniqladi va amaliy yechimlarni taklif qilindi. Muhandislik ta’limining gumanitar jihatlari, jumladan, axloqiy va ijtimoiy jihatlari va ularning muhandislik mutaxassislari kamolotiga ta’siri masalalari ko‘rib chiqildi.

📈 Konferensiya davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari sohasidagi so‘nggi ishlanmalar va tadqiqotlar, jumladan, onlayn platformalar, virtual reallik va adaptiv o‘qitish taqdim etildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #forum #Shanxay

🌐 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zo davlatlari universitetlari ishtirokidagi Ipak yo'li universitetlari alyansining (UASR) “Barqaror rivojlanish maqsadlarini qo’llab-quvvatlash uchun raqamli ta’limni rivojlantirish” mavzusidagi forumda ishtirok etmoqda.

👥 Forum doirasida Universitetning O’quv ishlari bo’yicha prorektori J.Sultanov mamlakatimizda IT xizmatlar eksportini rivojlantirish, bunda xorijiy IT kompaniyalarning O’zbekistonda faoliyat yuritishlari hamda yoshlarni IT ta’lim bilan qamrab olish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’ruza qildi.

🗒 Ma'lumot uchun: UASR (University Alliance of the Silk Road) oliy taʼlim sohasida ochiqlik va xalqaro hamkorlikka yoʻnaltirilgan nodavlat va notijorat tashkilotdir. Ipak yo‘li universitetlar alyansi iqtidorlarni o‘qitish, akademik va madaniy almashinuv, ilmiy hamkorlik va taʼlim sohasidagi institutsional hamkorlikni rivojlantiradi. TATU Ipak yo'li universitetlari alyansining to'laqonli a'zosi hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #delegatsiya

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Tailandning Walailak universiteti prezidenti boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🗒Mazkur tashrif ikki universitet o'rtasidagi dastlabki aloqalarini o'rnatish va istiqbolli hamkorlik yo'nalishlarini muhokama etishga juda qulay imkoniyatni yaratib beradi. Kelgusida professor-o'qituvchilar, hodimlar va talabalar o'rtasida almashinuv dasturlari, ilmiy-amaliy konferensiyalarni birgalikda tashkil etishni maqsad qilgan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yishga kelishib olindi.  

Shuningdek, joriy yil Tailandda 10-13-iyun kunlari Times Higher Education tomonidan tashkil etilayotgan Global Barqarorlik yetakchilari sammiti (Global Sustainability Leaders’ Summit) doirasida TATU delegatsiyasining Walailak universitetiga tashrif buyurish va hamkorlik memorandumini imzolash rejalashtirildi.

📌 Ma'lumot uchun: Walailak universiteti o'zining tadqiqot faoliyati va biotexnologiya, atrof-muhit fanlari va qayta tiklanadigan energiya kabi turli yo'nalishlarga qaratilgan tadqiqot markazlari bilan mashhur fan, texnologiya va innovatsiyalarga yo'naltirilgan keng qamrovli davlat universiteti hisoblanadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #tashrif

Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Hindistonning “Roger Group” kompaniyasi raisi K. Magotra boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

🗒 Mazkur tashrif doirasida  “Roger Group” kompaniyasi va TATU o'rtasida dastlabki hamkorlik imkoniyatni muhokama etildi. Shuningdek, oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari o'rganildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #delegatsiya #TATU_SF

🤝 Joriy yilning 22-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialiga Janubiy Koreyaning Gwangju Universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

🗒 Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali hamda Gwangju universiteti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari bo’yicha, ilmiy salohiyatni oshirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, hamkorlikda seminar va konferensiyalar tashkil etish va xalqaro loyihalarda ishtirok masalalari muhokama qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Turkiya #hamkorlik

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Turkiya Respublikasining Ankara Boyazid Yildirim universiteti rektori Prof. Dr. Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki univeristet o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillilik hamda ilmiy yo’nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib olindi.

🗒 Ma’lumot uchun: Anqara Yildirim Beyazit universiteti 2010-yilda Anqaradagi keng qamrovli davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakultetining tibbiyot, muhandislik va tabiiy fanlar, arxitektura, aeronavtika va astronavtika, siyosiy fanlar, biznes boshqaruvi va psixologiya bo‘limining ilmiy daraja dasturlari ingliz tilida o‘qitiladi. Ushhbu universitet Western Asia 2024 - Yevropa universitetlari reytingida 58 o‘rinni egallagan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #PermDMTU #delegatsiya

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Rossiya Federatsiyasining Perm davlat milliy tadqiqot universitetining professor-o’qituvchilaridan tarkib topgan delegatsiya tashrif buyurdi.

💬 Tashrif davomida ikki universitet o’rtasida ta'lim integratsiyasi bilan bog'liq hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillik hamda ilmiy yo’nalishlarda faol mexanizmga asosan faoliyat olib borish, shuningdek, "Biznes analitika va moliyaviy rivojlantirish" ta'lim yo'nalishida 2+2 dasturini yo'lga qo'yish, magistraturada 1+1 dasturini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

🗒 Ma’lumot uchun: 2015-yil 8-iyulda e’lon qilingan “QS University Rankings: BRICS (BRICS Countries of Best Universities)” tadqiqotiga ko‘ra, Perm davlat milliy tadqiqot universiteti Rossiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatida bir qator oliy ta’lim muassasalarini ortda qoldirib, 24-o‘rinni egallagan.

2015 yilda universitet Moskva jurnalining "Afisha" reytingida "Rossiyaning 38 ta eng yaxshi universiteti - Moskva va Sankt-Peterburgdan tashqari" 34-o'rinni egalladi. U namunali kampusi bilan ijtimoiy fanlar bo'yicha mamlakatdagi eng yaxshi universitetlardan biri deb topildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Walailak #tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti delegatsiyasi Walailak universitetining o’quv hamda ilmiy faoliyati bilan tanishdi.

TATU delegatsiyasi vakillari Walailak universitetida faoliyat yuritayotgan “Digital technology in Medicine Laboratory”, IMAG Motion Capture Lab, INFORMATICS studio, GIS, Electronics engineering and IoT, SMART FARM, NATURAL SCIENCE kabi ilmiy tadqiqot laboratoriyalari hamda innovatsion tadqiqot markazi ( innovation research center)ga tashrif buyurib, mazkur laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan grant loyihalar, ilmiy ishlanmalar hamda erishilgan natijalar bilan yaqindan tanishishdi.

Mazkur tashrif davomida ikki universitetning yosh olimlari, ilmiy tadqiqotchi hamda PO’lar uchun stajirovka dasturini yo’lga qo’yishga kelishildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Xitoy

. Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti (NCUT) vitse-prezidenti Wang Jianwen boshchiligidagi delegatsiya TATUga ilk bor tashrif buyurishdi.

💬 Texnologiya sohasida Xitoyning yetakchi universitetlardan biri bo'lgan Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti va TATU o'rtasida joriy yilning boshida hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida anglashuv memorandumi imzolangan edi. Ikki universitet o'rtasida kelgusidagi istoqbolli rejalar, xususan, professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish, qo'shma ilmiy loyihalar va konferensiyalarni yo'lga qo'yish bo'yicha muhokamalar olib borildi.

Tashrif davomida universitetimizda yaratilgan imkoniyatlar, so'nggi amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar va laboratoriyalar bilan yaqindan tanishtirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #KOICA
#delegatsiya

KOICA kompaniyasining O'zbekistondagi vakolatxonasi direktori Janob Shin Myon Sopom boshchiligidagi delegatsiya Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga (TATU) tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolariga universitetning zamonaviy muhandislik maktabi, ilmiy laboratoriyalar va ularda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar taqdim etildi.

Ushbu uchrashuvda TATUda KOICA grant mablag'lari hisobidan loyihani amalga oshirish bosqichlari, xalqaro tajriba asosida zamonaviy ta'lim yo'nalishlarini yaratish imkoniyatlari, shuningdek, ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishni birlashtirishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirish (Industry-academia cooperation) muhokama qilindi. Shuningdek, keyingi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va yangi loyihalar ustida birgalikda ishlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

🗒 Ma'lumot uchun, universitet hozirda 2022-2027-yillarga mo'ljallangan, KOICA grant mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan "TATU da biznes-IT sohasida innovatsion ta'lim tizimini yaratish" loyihasini amalga oshirmoqda.



#визит #KOICA
#делегация

Делегация во главе с директором представительства KOICA в Узбекистане господином Шин Мён Соп посетила Ташкентский университет информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми (ТУИТ).

В ходе визита членам делегации была представлена современная инженерная школа университета, научные лаборатории и проводимые в них научные исследования и разработки.

💬 На данной встрече обсуждались этапы реализации проекта, осуществляемого в ТУИТ за счет грантовых средств KOICA, возможности создания современных образовательных направлений на основе международного опыта, а также реализация новых проектов, направленных на интеграцию образования, научных исследований и производства (Industry-academia cooperation). Также обсуждались вопросы дальнейшего сотрудничества и достигнута договоренность о совместной работе над новыми проектами.

🗒Для справки: В университете в настоящее время реализуется проект «Создание инновационной системы образования в сфере бизнес-ИТ в ТУИТ», рассчитанный на 2022-2027 годы и финансируемый за счет грантовых средств KOICA.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM