#Qonunchilik_yangiliklari
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
🟠 kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno);
🟢 kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi;
🟠 davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi;
🟢 davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi;
🟠 bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.
🟣 Bunda:
✔️ ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi;
☑️ ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi;
☑️ ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi;
☑️ ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi;
❌ ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi
Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #ochilish_marosimi
👁 “TUIT Bright Future Week” haftaligiga Vazir tashrif buyurdi
✅ Joriy yilning 24-may kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif Universitet A binosining yangi ta'mirdan chiqqan "Foye" qismining tantanali ochilish marosimidan boshlandi. So'ngra, boshqa ta’mirlangan binolar holati ko'zdan kechirildi.
🔵 Shuningdek, universitetning ta’lim, ishlab chiqarish va tadqiqot integratsiyasi asosida yangi tashkil etilib, jihozlangan laboratoriyalari bilan tanishdi. Shu bilan birga, Universitetda tashkil etilgan Inkubatsiya markazi faoliyati, u yerda talabalar va tadqiqotchilarning innovatsion ishlanmalari hamda g‘oyalari bilan tanishildi.
◀️ Shundan so‘ng Vazir “TUIT Bright Future Week” haftaligi ishtirokchilarini tabriklash va g‘oliblarni taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #tashrif
🖼️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga tashrifidan fotolavha.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bright_future_week #videolavha
✅ Joriy yilning 20-24-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sovrin jamg'armasi 1,2 mlrd. so'mga teng bo'lgan "TUIT Bright Future Week" haftaligi bo'lib o'tdi.
🎓 Haftalik o'zida 31 ta Respublikamiz OTMlari, TATU hamda uning hududiy filiallaridan 3000 dan ziyod iqtidorli talaba-yoshlarni o'zida jamladi.
🎁 Haftalik yakunida 200 nafar g'oliblar Raqamli texnologiyalar vaziri hamda TATU rektori tomonidan pul mukofotlari va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#digital
#grant
🏆Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 50 foizlik ta'lim grantini e’lon qilamiz!
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda MAAB Innovation kompaniyasi hamkorlikda 5 nafar xotin-qizlarga IT sohasida yuqori daromadli kasb egasi bo‘lib faoliyatlarini davom ettirishlari uchun maxsus imkoniyatni taqdim etadi.
❗️ 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, ariza topshira oladi.
Kelajak kasbini bepulga o‘rganib, IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurmoqchi bo‘lsangiz, tanlovda albatta qatnashing!
Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunga qadar davom etadi:
🔗 Ro'yhatdan o'tish uchun ushbu 👉 havola 👈 ustiga bosing!
#grant
🏆Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 50 foizlik ta'lim grantini e’lon qilamiz!
✅ Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda MAAB Innovation kompaniyasi hamkorlikda 5 nafar xotin-qizlarga IT sohasida yuqori daromadli kasb egasi bo‘lib faoliyatlarini davom ettirishlari uchun maxsus imkoniyatni taqdim etadi.
❗️ 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, ariza topshira oladi.
Kelajak kasbini bepulga o‘rganib, IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurmoqchi bo‘lsangiz, tanlovda albatta qatnashing!
Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunga qadar davom etadi:
🔗 Ro'yhatdan o'tish uchun ushbu 👉 havola 👈 ustiga bosing!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TUIT_BrightFutureWeek #TATU_OAV_nigohida
✅ Joriy yilning 20-24-may kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida sovrin jamg'armasi 1,2 mlrd. so'mga teng bo'lgan "TUIT Bright Future Week" haftaligi bo'lib o'tdi.
📺 Shu haqida Xorazm MTRK ning "Assalom Xorazm" dasturi orqali lavha tayyorlandi.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_oshirish #TATU_ustozlari #Yaponiya
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ-167-sonli “O‘zbekiston Respublikasining muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberxavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida, mukammal bajarish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘z professor-o‘qituvchilarini dunyoning rivojlangan davlatlarining universitetlari va markazlarida malaka oshirish, stajirovka dasturlarida ishtirok etishini doimiy ravishda monitoring qilib boradi hamda ushbu jarayonlarga alohida ahamiyat berib kelmoqda.
🇯🇵 🤝🇺🇿 TATU Kompyuter tizimlari kafedrasi mudiri Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasi “AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish” grant dasturi doirasida Yaponiyaning Okinava JICA va Fujitsu Co.Ltd. xalqaro markazida qariyb besh oy davom etgan trening kursini muvaffaqiyatli yakunladi.
🗒 24-yanvardan 24-maygacha boʻlib oʻtgan asosiy kursda AKT dan foydalangan holda tashkilotlar faoliyatini takomillashtirishni rejalashtira oladigan va amalga oshira oladigan kadrlarni shakllantirish boʻyicha bilim va ko’nikmalar berildi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha ma’ruzalar bilan bir qatorda, tinglovchilar Okinava ichida va tashqarisidagi ma’muriy muassasalar va xususiy kompaniyalarga tashrif orqali AKT afzalliklari haqida turli bilimlarga ega bo‘ldilar.
✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Xususan, bo‘lib o‘tgan ta’lim sessiyasida O‘zbekiston vakillari mamalakatimizda raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi.
Shuningdek, raqamli ta’limni rivojlantirishda xorijiy bilan o‘zaro tajriba almashildi.
Tadbir oxirida xorijiy mutaxassislar joriy yilda sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “ICTWeek-2024” AKT haftaligiga taklif qilindi.
Bundan tashqari, vazirlik a’zolari XXR safari davomida o‘rta va oliy ta’lim dargohlariga tashriflar, ta’limga oid seminar va vebinarlarga faol qatnashmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM