TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#rektor_va_yoshlar  #TTJ  #uchrashuv #live

▶️Rektor va yoshlar haftaligi doirasida TTJdagi talabalar holidan xabar olinmoqda

👥 Ayni damda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Baxtiyor Maxkamov boshchiligida universitet rahbariyati universitetning 3- va 4- TTJ lariga kelib, talabalar bilan suhbatlashmoqda. Suhbat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarini va takliflarini oliygoh rahbariyatiga berishmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #rektor_va_yoshlari #muammolar_yechimlari

Rektor va yoshlar uchrashuvidan
keyingi o'zgarishlar

📌 Xabaringiz bor, 24-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor va talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

🔔Ushbu uchrashuvda AKT sohasida Kasb ta'limi fakulteti 611-23 guruhi talabasi Zokirov Oybek darsdan tashqari paytda kompyuterlar bilan ta'minlangan xonalarda qo'shimcha shug'ullanish imkoniyatini yaratib berilishini so'ragan edi. Shu kunni o'zidayoq universitetimizning E binosidan darsdan tashqari paytda shug'ullanish uchun kompyuter xonasi ajratilib, Oybekga biriktirildi.

Shu kabi xonalarda dars mashg'ulotlaridan keyin shug'ullanish uchun Oybekga (@Oybek4444) yoki xonalar uchun mas'ul laborantlarga (E binosi 2 qavat) murojaat qilishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabassum_vaqti

😁 Turkiyalik muzqaymoqchi dasturlashni o'rganib olganida...

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #yangiliklar

📽 Toshkentda birinchi IMAX kinoteatri ochiladi.

📣 Ochilish 29-fevral kuni Tashkent City Mall-da bo'lib o'tadi. IMAX zali 330 kishiga mo'ljallangan bo'lib, umumiy ekranning kengligi 21 metr, balandligi 11,5 metrni tashkil qiladi. Bu esa boshqa kino zallariga qaraganda 2-3 barobar kattaligini bildiradi



📽 В Ташкенте откроется первый в стране IMAX кинотеатр

📣 Открытие состоится 29 февраля в Tashkent City Mall. Зал IMAX рассчитан на 330 персон. Ширина экрана — 21 метр, высота — 11,5 метров высоту, а это в 2−3 раза больше, чем в других кинозалах.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#worldEdu2024

🔔 Samarqand shahrida “World Edu 2024” xalqaro ko‘rgazmasiga start berildi. Unda 50 dan ortiq xalqaro, davlat hamda xususiy universitetlar ishtirok etmoqda.

💻 Ushbu ko‘rgazmada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faol ishtirok etmoqda va ko‘rgazma ishtirokchilariga TATUda ta’lim olish, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, akademik, almashinuv, grant dasturlari bo‘yicha ma’lumotlar berib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
dastur va taklifnoma.pdf
972.1 KB
Konferensiya dasturi!

⭐️Barchangizni 2024-yil 1-mart kuni "Hilton Toshkent City" mehmonxonasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU hamda "Science and innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkil etilayotgan konferensiyaga taklif qilamiz!

Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Barchangizni taklif qilamiz!

💥"Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti" hamda “SCIENCE & INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida tashkillashtirilayotgan nufuzli ilmiy-amaliy konferensiyaga barchangizni taklif qilamiz.

📍Manzil: "Hilton Tashkent City" mehmonxonasi. 1-mart 2024-yil.

Konferensiyaning boshlanish vaqti: 10:00

Konferensiyada hamma ishtirok etishi mumkin!


Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
#tezkor

Diqqat!!!

Kuni kecha Yunusobod tumani Shahriston ko'chasida joylashgan 3- va 4- sonli TTJ lardagi rektor va talabalar uchrashuvida ishtirok etgan talabalar diqqatiga: rektorimiz bergan va'dalari yuzasidan laboratoriyalarni aylanish istagida bo'lgan barcha talabalarni F binoning foye qismiga kelishlarini so'raymiz. Tez orada laboratoriyalar bo'ylab ekskursiyalar boshlanadi!
#Tashrif #TATU_UF

Bugun, 28-fevral kuni hurmatli vazirimiz Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga tashrif buyurdi.

💬 Uchrashuv boshida vazir tomonidan IT sohasida yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha jabhalarida IT yo‘nalishidagi kadrlarga bo’lgan extiyoj yuqori ekanligi ta’kidlanib, 2030 yilgacha IT eksporti orqali 5 mlrd AQSH dollari investitsiya kiritish rejalashtirilganini buning uchun 300 ming nafar malakali kadrlar kerakligi aytib o‘tildi. Buning uchun zarur bo‘ladigan kadrlar chet tilini mukammal bilishi va kamida B2 darajasiga ega bo‘lishi lozimligi, turli dasturlash yo’nalishlarida xalqaro IT sertifikatga ega bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Chet tili va IT sertifikatlarga ega bo‘lish uchun davlatimiz tomonidan ko‘plab imkoniyatlar yaratilganligi va bu yo‘nalishga imtiyozlar hamda e’tiborning juda yuqori ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Talabalarimiz ushbu suhbatdan katta motivatsiya olishdi.

🗒 Tashrif davomida filialda talabalar tahsil olish jarayonlari, inkubatsion markazlar, talabalarning dasturiy mahsulotlari va ishlanmalari bilan tanishdilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥DIQQAT SHOSHILING!!! Bugun ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni.

XALQARO TEXNOLOGIYA MUSOBAQASI TEKNOFEST 2024

120 dan ortiq davlatning yosh texnolog va innovatorlari ishtirok etadigan Xalqaro texnika va texnologiya musobaqasi TEKNOFEST 2024 uchun qabul 29-fevral ya'ni bugun oxirgi kun.

Teknofestning 46 ta yo‘nalishidan birini tanlab o‘z jamoangizni tuzing va O‘zbekiston nomidan ishtirok eting.

Sizdan faqatgina loyihangizning asosiy g‘oyasini yozishingiz talab qilinadi.

Loyihangizni musobaqaning keyingi bosqichlarida T3 fondi tomonidan beriladigan moddiy yordam ko‘magida amalga oshirib finalda ishtirok eting.

Jami mukofot miqdori: 1 mln. AQSH dollari
Ishtirokchilarga jami moddiy yordam miqdori: 1.7 mln.  AQSH dollari

TEKNOFEST 2024 uchun o‘z g‘oyangiz bilan ishtirok eting, loyihalashtiring, amalda tatbiq eting va katta miqdordagi sovringa ega bo‘ling!!!

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

Murojaat uchun:@robotics_lab

@teknofest_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #forum

TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024 forumida

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti jamoasi TATU va uning hududiy filiallari oʻrtasidagi "TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024" forumida qatnashish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasiga yetib keldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qiziqarli #bilarmidingiz

Bugun 29 fevral - kabisa yili har 4 yilda bir marta bo‘ladigan sana. Ushbu sana haqida qiziqarli faktlar:

1️⃣.“Kabisa” so‘zi arabcha “kabasa” – ya’ni “chuqurni to‘ldirish” fe’lidan olingan. Vaqt o‘zgarishini qoplash uchun taqvimga 29 fevral qo‘shilgan. Kabisa yili har 4 yilda sodir bo‘ladi, lekin har 400 yilda uchta kabisa yili bundan mustasno.

😀. Kabisa yilida tug‘ilganlar tug‘ilgan kunini 28 fevral yoki 1 martda nishonlashadi.

😀. 2000 kabisa yili, dunyo kompyuterlar tizimida Y2K muammosini yuzaga keltirgani bilan yodda qolgan.

😀. Tailand va Taiti kabi ba’zi mamlakatlarda kabisa yilida tug‘ilgan bolalar maxsus imtiyoz va huquqlar beriladi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TUIT_Xalqaro_konferensiya

Joriy yilning 1-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda “SCIENCE & INNOVATION” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida nufuzli ilmiy-amaliy konferensiya o'tkaziladi.

Konferensiya doirasida Universitet talabalarining ilmiy ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etilgan.

Ko'rgazmada Universitet talabalarini o'zlarining ishlanmalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz. Ko'rgazmada ishtirok etishni xohlagan talabalar 2024-yil 1-mart kuni 9:00 ga qadar "Hilton Tashkent City" mehmonxonasiga o'z ishlanmalari bilan borishlari talab etiladi. Murojaat uchun 99.950-29-58 (Maxmudjanov Sarvar)

💠 Ko'rgazma ishtirokchilariga Sertifikatlar va eng yaxshi 3 ta ishlanma uchun esdalik sovg'alari taqdim etiladi.

📌Manzil: "Hilton Tashkent City" mehmonxonasi. 1-mart 2024-yil.

Konferensiyaning boshlanish vaqti: 10:00

✈️ https://t.iss.one/tuit_innovation
Kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM