TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.7K photos
2.19K videos
253 files
4.39K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#ekskursiya

📍 Kuni kecha, 28-fevral kuni talabalar uchun Universitetimizda faoliyat olib borayotgan laboratoriyalarga ekskursiya tashkil qilindi.

💳 Talabalar Kompyuter injiniringi fakultetida joylashgan "Sun'iy intellekt" (F404-xona), "IoT&AI" (F307-xona) va "GISLab" (F203-xona) ilmiy-o'quv laboratoriyalariga, Kiberxavfsizlik fakultetining "Kriptologiya" (D202-xona), "Ma'lumotlarni uzatishda axborot xavfsizligi" (D210-xona) hamda asosiy A binoda joylashgan "Media markaz" va "IT Made" (A032-xona) laboratoriyalariga tashrif buyurishdi.

💬 O'z navbatida, yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilayotgan zamonaviy kutubxonalar holati bo'yicha ham talabalarga qo'shimcha ma'lumotlar berildi.

🤝 Talabalarga ekskursiya vaqtida ilmiy va o'quv laboratoriyalari faoliyati, laboratoriyalarda amalga oshirilayotgan loyihalar, mavjud ishlanmalar haqida ma'lumotlar berildi va natijalar demonstratsiya qilindi. Sohalar bo'yicha qiziqadigan talabalar hamkorlikda amaliy dasturlar, ilmiy loyihalar va startap loyihalar tayyorlash uchun hamkorlikka taklif qilindi.

❗️Hurmatli talabalar, siz ham bemalol ushbu laboratoriyalar jamoasiga qo'shilishingiz mumkin. Sizlardan yuqoridagi yo'nalishlar bo'yicha ozroq qiziqish va eng asosiysi xohish talab etiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#worldEdu2024 #Fotolavha

📹 Ayni damda Samarqand shahrida “World Edu 2024” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuni bo’lib o’tmoqda.

Ushbu ko‘rgazmada Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faol ishtirok etmoqda va ko‘rgazma ishtirokchilariga TATUda ta’lim olish, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, akademik, almashinuv, grant dasturlari bo‘yicha ma’lumotlar berib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizni ZOOM orqali kuzating!

Ertangi konferensiyada online tarzda ishtirok etmoqchi bo’lganlar quyidagi ZOOM link orqali bizga bog’lanishingiz mumkin.

Boshlanish vaqti:
1-mart 10:00 da

🌐 https://us02web.zoom.us/j/4256316104?pwd=WGx2WDUvSjJKbTR2RWhBdFE2bFJCZz09

Konferensiya identifikatori: 425 631 6104

Kirish kodi:
RvaMA

Telegram |YouTube |
Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live #forum

TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024 forumida

📹 Ayni damda TATU va uning hududiy filiallari oʻrtasidagi "TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024" forumi doirasida jonli kuy-qo'shiqlar sadosi ostida I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san‘at muzeyiga yo'l oldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #forum

TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024 forumiga start berildi

💻 Bugun, 29-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari oʻrtasidagi ichki turizmni rivojlantirish, talabalar o'rtasida hamjihatlikni yanada oshirish maqsadida tashkillashtirilgan "TATU yoshlari Orolni asraylik Nukus-2024" forumi start oldi. Ushbu forum TATU va hududiy filiallardan 200 ga yaqin talaba-yoshlarni jamladi.

📍 Forumning ilk kuni tantanali ochilish marosimi, turli sport musobaqalari va I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston san‘at muzeyiga ekskursiya bilan boshlandi.

📹 Ayni vaqtlarda forum qatnashchilari muzey bo'ylab ekskursiyadan qaytib, Mo'ynoq tumanida joylashgan "Aq Keme" oromgohi tomon yo'l olishgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM