TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Yangi_O'zbekiston

Joriy yilning 18-sentabr kuni Mirzo-Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning "Yangi O‘zbekiston strategiyasi" nomli kitobi mazmun-mohiyati yuzasidan o‘tkazilgan targ‘ibot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda TATU professori, siyosiy fanlar doktori Baxtiyor Omonov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | TATUrektor
#TATU
#Ekskursiya
#Yangi_O'zbekiston

🏛Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini A. Karimov, imkoniyati cheklangan talabalar bilan "YANGI O'ZBEKISTON ” bog'iga ekskursiya uyushtirildi.
#TATU
#AKT
#Yangi_o'quv_binolar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ikkita 9 qavatlik o‘quv binosini rekonstruktsiya ishlarini amalga oshirmoqda

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurib, u yerda qurilayotgan va ta’mirlanayotgan obyektlarning qurilish holati va taqdimoti bilan tanishib chiqdilar.

📌AKT vaziri Sherzod Shermatov binolarni qurish va ta’mirlash jarayonida talabalarni yangiliklar yaratishga undaydigan joyga aylantirish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o'tdilar.
#TATU
#Yangi_O'zbekiston
#Tanlov

🏛Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo'nalishi talabalari o'rtasida ''Yangi O'zbekistonni o'zimiz o'z qo'llarimiz bilan bunyod etamiz'' shiori ostida o'tkazilayotgan esselar tanlovining ikkinchi bosqichi bo'lib o'tdi.

Tanlov O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi, O'zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O'zbekiston yoshlar ishlari agentligining qo'shma qaroriga ko'ra o'tkazilmoqda.

Mazkur bosqichda g'olib bo'lgan talabalar hudud bosqichiga yo'l olishadi.
#TATU
#Yangi_o'quv_yili

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Universitetimizda yangi 2022-2023 oʻquv yilining boshlanishiga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Erta tongda Universitet rahbariyati boshchiligida universitet kirish qismida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni ko'tarinki kayfiyatda kutib olindi.

Tadbirda TATU rektori, professor B. Maxkamov so'zga chiqib, "Talabalik yillari abadiy esda qoladi, shuning uchun sizga nafaqat yangi foydali bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishingizni, balki o'qishdan zavqlanishingizni ham tilayman! Barcha mashg'ulotlar siz uchun sarguzasht bo'lsin!" deya iliq so'zlar bilan talaba-yoshlarni va ularning ota-onalarini samimiy qutladilar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Uz24
#Yangi_o'quv_yili

🏛 Yangiliklar 24 | Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi o'quv yiliga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

📺 Shu haqida “O‘zbekiston 24” telekanali orqali maxsus reportaj tayyorlanib, efirga uzatildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#KIF
#Yangi_o'quv_bino

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Kompyuter injiniringi" fakultetining yangi o'quv binosini ochilish marosimidan video lavha📺

YouTube HD