#Taqdirlash #etirof #OAV_xodimlari_kuni
✅ 27-iyun – ''Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan axborot xizmati faoliyati namunali yo'lga qo'yilgan oliy ta'lim muassasi sifatida e'tirof etildi.
🗒 Oliy ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ'ib qilish, media makondagi har qanday holatga tezkor va xolis munosabat bildirish, shuningdek, vazirlik Axborot xizmati bilan hamkorlikda sohadagi islohotlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tezkorlik bilan yoritilishini ta'minlash borasidagi amaliy ishlari hamda Axborot xizmati faoliyatini na'munali yo'lga qo'ygani uchun TATU Matbuot xizmati taqdirlandi.
@tuituz_official
@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM