TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
O‘zbekistonning har bir tuman va shaharida hamda OTMlarida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari ochiladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul, seshanba kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbayi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Videoselektor yig‘ilishida IT-parklar masalasiga to‘xtalib o‘tildi. Har bir tuman va shahar Yoshlar ishlari bo‘limlari va oliy o‘quv yurtlari qoshida axborot texnologiyalariga o‘qitish markazlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilishda mehnat bozoridagi bugungi talab va yoshlarning ularga tayyorligi masalasi ham tahlil qilindi.

2020-o‘quv yilida 339 ta kasb-hunar maktabi, 212 ta kollej, 175 ta texnikumda 215 ming nafar yoshlarning ta’lim olishi rejalashtirilgan.

“Lekin bu ta’lim maskanlaridagi yo‘nalishlar na son, na sifat bo‘yicha talabga javob beradi.

Misol uchun, O‘zbekistonda katta ko‘lamda qurilishlar bo‘layotgan bugungi davrda yiliga kamida 50 ming nafar professional quruvchiga ehtiyoj bor. Biroq qurilish yo‘nalishida 170 ta kollejda 13 ming mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan, xolos.

Yoki IT-texnologiyalar bo‘yicha “Bir million dasturchi” loyihasi boshlanganiga qaramay, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarga ushbu mutaxassisliklar bo‘yicha bor-yo‘g‘i 12 ming nafar o‘quvchi qabul qilinadi”
, — deyiladi xabarda.

Davlat rahbari bu kabi kamchiliklarni ko‘rsatib, mehnat bozorida ishchi kasblarga real ehtiyojni har bir tarmoq va soha kesimida aniqlash, talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda o‘qitish dasturi ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Tog‘-kon, metallurgiya, neft-gaz, kimyo, avtomobilsozlik, qurilish, elektrotexnika, farmasevtika, oziq-ovqat, transport-logistika sohasidagi yirik korxonalar va klasterlar davlat bergan imtiyoz va preferensiyalarga javoban o‘zlari uchun ishchi-mutaxassislarni tayyorlaydigan infratuzilmani barpo etishlari kerakligi ta’kidlandi. Mutasaddilarga shu bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga tijorat banklari bilan birga yoshlarni zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Do'stlarga ulashing👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ
#TATU
#talaba
#davra_suhbat

Joriy yilning 19 sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Dasturiy injiniring fakulteti dekan muovini D.Xurramov 1-TTJda yashovchi imkoniyati cheklangan talabalar bilan to'kin dasturxon atrofida "Iste`dod yosh va chegara tanlamas" shiori ostida davra suhbati o'tkazdi.
#TATU
#TALABA

📌Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalar fakulteti dekan muovini I.Nabiyev va Ma’naviyat va ma'rifat bo’lim boshlig’i M.Miryoqubov 1-TTJda yashovchi talabalar bilan talabalar turar joyi ichki tartib qoidalari va talabalarni o’quv hamda sport to’garaklariga yo’naltirish to’g’risida davra suhbati o'tkazildi.
#TATU
#TALABA

Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tegishli 2-sonli TTJ (Bog‘ishamol ko‘chasi 7 uy) da joylashgan hamda 1-TTJ (A.Temur ko‘chasida) joylashgan 506 va 507 saylov uchastkalariga Yunusobod tuman Hokimi Ibraximov Jaxongir Baxodirovich boshchiligida bir guruh mutasaddilar tashrif buyurdilar. Tashrif mobayniba universitet talabalarining yashash shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishib, universitet rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
#TATU
#talaba
#uchrashuv

Bugun Bobur Oqilxonov bilan uchrashuv Soat 11:00 da bo'lib o'tadi
#TATU
#YOTOQXONA
#TALABA

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabalar turar joylaridagi barcha saylangan hokimlar, qavat sardorlari, yetakchilari, mas'ullari bilan yotoqxona bo'yicha talab va takliflar hamda mavjud bo'lgan kamchiliklar yuzasidan Yoshlar ishlari bo'yicha prorektor F.Ernazarov hamda dekan muovinlari bilan suhbat o'tkazildi.
#Davlat_stipendiya
#Talaba

E’LON!📢

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etishni maqsad qilgan talabalar uchun yangilik !!!

🎓O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-sentyabrdagi PF-6309-son farmoni bilan 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi tegishliligi bo‘yicha tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta, magistratura bosqichi talabalari uchun 22 ta hamda bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir oliy ta’lim muassasasiga 1tadan etib belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Kaipberganov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalari davlat oliy ta’lim muassasalarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining filiallari va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etilmoqda.
#TATU
#Talaba_qizlar
#Ogohlik_davr_talabi

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xotin-qizlar raisi X.Sultanova tomonidan Yunusobod tumani Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda Yoshlar masalasi bo'yicha bo'lim boshlig'i hamkorligida talaba qizlar o'rtasida "Ogohlik davr talabi" mavzusida suhbat o'tkazildi.

So'zga Yunusobod tumai Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Yoshlar masalasi bo'yicha katta inspektor podpolkovnik Abakumova Lola Aleksandrovna va Yunusobod tuman Ichki ishlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Voyaga yetmaganlar bo'yicha inspektori, psixolog leytenant Batirova Zuxra Anvarjon qizi so'zga chiqib talaba-qizlarimizni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | TATUrektor
#TATU
#Talaba_qizlar
#Davra_suhbat

🏛Joriy yil 11-noyabr kuni Xotin-qizlar kengashi va RvaMT fakulteti talaba-qizlari, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 5-sonli Ichki Ishlar Bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi, Xotin-qizlar masalasi bo'yicha katta inspektor katta leytenant Saparova Eleonora Rustamovna bilan davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlik holatlaridan himoya qilish”, “Erta nikohlarni oldini olish” mavzusida bo'lib o'tdi.
#TATU
#Zakovat
#Talaba_yoshlar

15-noyabr kuni "Toshkent city"da OTMlar o'rtasida "Zakovat intellektual o'yini" bo'lib o'tdi.

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabala-yoshlari "EWERGLOW" hamda "PHENOMEN" jamoalari qatnashishdi.

📌Bunday musobaqalarda endilikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti talabalari muntazam ishtirok etishadi.
#TATU
#Talaba_yoshlar

🇺🇿🇺🇿 Yunusobod dehqon bozorida "9-may Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan “Sharaf lentalarini tarqatish” aksiyasida 🏛Universitetimiz yoshlari faol ishtirok etishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Talaba_yoshlar

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talaba-yoshlari o'rtasida "Konstitutsiyaviy islohotlar talaba-yoshlar nigohida" shiori ostida so'rovnoma o'tkazildi.

📺YouTube
#Talaba_Fest

Ayni damda, Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan talabalar shaharchasida "Talaba fest" ma'naviy-ma'rifiy tadbirida universitetimizning iqtidorli talabalari o'z dasturiy mahsulot ishlanmalari bilan ishtirok etmoqdalar. Undan tashqari ijodkor talabalarimiz ham davrada o'z chiqishlari bilan qobiliyatlarini namoyon qilmoqdalar.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sport
#talaba_yugur
#TATU

Diqqat, musobaqa!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Yengil atletika federatsiyasi, “UZINFOCOM” MCHJ, Talabalar sporti assotsiatsiyasi bilan birgalikda "Talaba-yoshlarni sogʻlom hayotga targʻib qilish, ularni doimiy sport bilan shugʻullanishi uchun “Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish sport musobaqasi oʻtkaziladi.

2024-2025 oʻquv yilidan boshlab har yili uzluksiz ravishda oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida Talaba — yugur” koʻngillilar yugurish musobaqalari tashkil etiladi.

Yugurish musobaqasi bir yilda ikki marta – “Kuzgi” (oktyabr-noyabr oylarida) hamda “Bahorgi” (mart-may oylarida) mavsum doirasida boʻlib oʻtadi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalarini qayd etish jarayoni Oʻzbekiston yengil atletika Federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM