#Xorijiy_stajirovkalar
#TURKIYA
🇺🇿 🌟
✅ Innovatsion rivojlanish agentligining Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan delegatsiya tashrifi davomida erishilgan kelishuv natijalariga muvofiq “TUBITAK BILGEM” Informatika va axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik, kriptografiya va yarim-o‘tkazgichlar bulut texnologiyalari yo‘nalishlarida yosh olimlarni xorijiy ta’lim muassasalari va laboratoriyalariga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish uchun maqsadli tanlov e’lon qilingan edi.
💻 Mazkur tanlov g’oliblari TATU professor-o’qituvchilari Mardiyev Ulug’bek, Muxamediyeva Dildora, Axmedova Nozima, Bozorov Suhrobbek hozirda Turkiya davlatining "TUBITAK BILGEM" informatika va axborot xavfsizligi markazida ilmiy stajirovka o'tamoqdalar.
🗒 Stajirovka dasturiga binoan, tadqiqotchilar markazning laboratoriyalarida "Blockchain", “Analysis of Cyberattacks in Blockchain", “Honeypot analysis and ML”, “Cryptographic security” va “Cyberattacks in Malware analytics” yo‘nalishlarida eksperimental tajribalar o’tkazishlari maqsad qilib qo'yilgan.
✈️ @tuituz_official
#TURKIYA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xorijiy_stajirovkalar
#Avstriya_Klagenfurt
🇦🇹 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Nosirov Xabibullo Xikmatullo oʻgʻli, “Sun'iy intellekt” kafedrasi doktorantlari Begmatov Shoxrux Abduvaxob oʻgʻli va Arabboyev Muxriddin Murodjon oʻgʻli Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Avstriyada joylashgan Klagenfurt universitetining “Smart Systems Technologies” kafedrasida ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.
🎓 Ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilish, stajirovka davomida olingan ilmiy-tadqiqot natijalari xorijiy nufuzli jurnallarda e'lon qilinishi reja qilingan hamda tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida foydalanishi maqsad qilingan.
💳 Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan.
✈️ @tuituz_official
#Avstriya_Klagenfurt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM