TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Samarqand_filial
#Kasaba_uyushma

🏛Joriy yil 2-noyabr kuni "11-oktabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Boshlang‘ich kasaba uyushmasi ham ishtirok etib,

🥇O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashida faxrli 1-o‘rin.

🥈O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining final bosqichida esa faxrli 2-o‘ringa loyiq deb topildi.
#TATU
#Samarqand_filial
#Marafon

🇺🇿Joriy yil 18-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali talaba-yoshlari va tyutorlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan marafon uyushtirildi.
#TATU
#Samarqand_filial
#Volontyor

🗓«Biz birgamiz» shiori ostidagi III-Respublika volontyorlar forumi yakunlandi

«O‘zbekiston yoshlari forumi» doirasida 17-19-dekabr kunlari Jizzax viloyatining “Zomin”
dam olish ormogohida III volontyorlar forumi va “Yil volontyori — 2021” tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

📌Ushbu forumda Samarqand viloyatidan volontyor maktabi o'quvchilari hamda TATU Samarqand filiali “Kompyuter injiniringi” fakulteti 208-18-guruh talabasi Imomnazarov Jamoliddin hamda ''Telekommunikatsiya texnologiyalari'' fakulteti AKTKT 20-02 guruh talabasi Ahatova Muxlisalar forum doirasida tashkil etilgan treninglarda faol ishtirok etib o’z bilim va ko’nikmalarini yanada mustahkamlashdi.
#TATU
#Samarqand_filial
#Tashrif

🏛Joriy yil 17-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich universitet prorektorlari bilan TATU Samarqand filialiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida filial binolari, talabalar turar joyi, texnikum va akademik litseylarning ta’mirlanish holatlari tubdan o‘rganildi.
Shu bilan birga 2021-2022-o‘quv yilining ikkinchi semestriga tayyorgarlik holati, aprel oyida bo‘lib o‘tadigan attestasiya va akreditasiyaga tayyorgarlik masalalari hamda akademik litsey va texnikumlar bilan o‘zaro aloqaning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi o‘rganilib, tahlil qilindi.

📌Tashrif davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU rektori B. Maxkamov filialni yanada rivojlantirish va ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalarni berdilar.
#TATU
#Samarqand
#Talabalar_sayohat

🏛Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning barcha filiallaridan yig'ilgan 70 dan ortiq bilimdon talabalarimiz boʻsh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida ko'hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida sayohat qilishdi.

📌Siz ham ular qatoridan joy olishingiz mumkin. O'z bilimingizni oshiring va sayohat qiling!
#TATU
#Samarqand_filial
#Epam_systems

EPAM Systems kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari Timur Azamatov hamda Yevgeniy Peshkurlar tomonidan seminar trening tashkil etildi.

Joriy yilning 18-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida EPAM Systems kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari Timur Azamatov hamda Yevgeniy Peshkurlar tomonidan seminar trening tashkil etildi.

👉https://tuit.uz/post/seminar-trening-tashkil-etildi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Samarqand_filial
#Talabalar_bandligi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.

📺Shu haqda maxsus reportaj.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Samarqand_filial
#Ilmiy_anjuman

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALIDA ILMIY - AMALIY ANJUMAN O'TKAZILDI.

📺Ushbu anjumandan video lavha
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Samarqand_filial
#Uz_24

📺Axborot texnologiyalari: yoshlar tashabbuslari ro‘yobga chiqmoqda

YouTube
#TATU
#Samarqand_filial

Bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining kichik faolar zalida Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari Begzod Raxmatullayev boshchiligidagi hokimiyat vakillari bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

👉https://tuit.uz/post/bitiruvchi-talabalar-bilan-uchrashuv-otkazildi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#TATU
#Samarqand_filial
#Umumxalq_hashar
#Birdamlik

🏛Bugungi umumxalq xayriya hasharida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali ham faol ishtirok etdi.
#TATU
#Samarqand
#Sayohat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisod va menejment fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari bilan Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi

Sayohat davomida sayohatchilar navqiron Samarqandning qadimiy tarixi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari to‘g‘risida katta taassurotlarga ega bo‘ldilar.

📌Samarqand shahri qadimdan yer yuzining sayqali deya e’tirof etib kelingan. Bu qadimiy shahar haqida juda ko‘p tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan. Samarqand qadimdan o‘zining betakror go‘zalligi, ajoyib ob-havosi, shirin suvi va mazali nonlari bilan dunyoga mashhur shahar bo‘lgan. Ayniqsa, sohibqiron Amir Temur davrida Samarqand gullab yashnagan, savdo-sotiq markaziga aylangan va eng yuksak kamolotga yetgan.
#TATU
#Samarqand_filial
#Karate_ITKF
#G'alaba

🥋TALABALARIMIZ KARATE ITKF MARKAZIY OSIYO CHEMPIONI

🇺🇿Toshkent shahrida Karate ITKF bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.

🏛Ushbu qizg‘in bahsda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali ''Telekommunikatsiya texnologiyalari'' fakulteti Axborot xafsizligi yo‘nalishi 2-bosqich, 208-guruh talabasi Ergashev Zamonjon hamda “Kompyuter injiniringi” fakulteti 3-bosqich, 101-guruh talabasi Narziyev Shoxruzlar g‘oliblar qatoridan joy olib, shohsupaga ko‘tarildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Samarqand_filiali
#Yoshlar_festivali

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo'lib o'tdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#Samarqand_filial
#Yangi_yotoqxona

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining yana bir yangi yotoqxonasi barpo etilmoqda

🏗Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali hududida davlat xususiy sheriklik asosida, 400 o‘rinli yangi talabalar turar joyi qurish ishlari davom etmoqda.

Ma'lumot o‘rnida, qurilish may oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda binoning 1–2-qavatlarida pardozlash va tom qismini yopish ishlari olib borilmoqda.