TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#TTJ_1
#Texnika_xavfsizligi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasidagi iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari uchun Texnika xavfsizligi "Is gazidan zaharlanish oldini olish" hamda (ichki tartib qoidalari) bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi.

📌Kuz-qish mavsumida talabalar oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda talabalarni bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida olib borildi.

Davra suhbatini Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori F. Aripjanov va AKT sohasidagi iqtisodiyot va menejment fakulteti Ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha dekan muovini X. Tursunov olib bordi.
#TATU
#TTJ_3
#Texnika_xavfsizligi

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kompyuter injiniringi fakultetining talabalari bilan Kuz-qish mavsumida talabalar oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda talabalarni bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

Davra suhbatini Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori F. Aripjanov va Kompyuter injiniringi fakultetining dekani D.Yaxshibayev, Ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha dekan muovini A. Karimov olib bordi.
#TATU
#TTJ_3
#Texnika_xavfsizligi

🏛Joriy yil 3-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiti TATU-BDIRU QATF talabalari uchun Texnika xavfsizligi "Is gazidan zaharlanish oldini olish" hamda (ichki tartib qoidalari) bo'yicha navbatdagi davra suhbati bo'lib o'tdi.

📌Kuz-qish mavsumida talabalar oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda talabalarni bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida olib borildi.

Davra suhbatini TATU-BDIRU QATF dekani Yu.V.Pisetskiy hamda ushbu fakultetning "Yoshlar bilan ishlash" bo'yicha dekan muovini N.M.Mamatova va t'yutori Sh.S.Ruzimovlar olib bordilar.
#TATU
#TTJ
#Tozalik_haftaligi

📣Hurmatli talabalar!

🏛23-28 - noyabr mobaynida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining barcha TTJlarida "Tozalik haftaligi" o'tkaziladi.

Hafta davomida TTJdagi blok va qavat sardorlarining ko'rsatmasi asosida har bir TTJdan uchtadan nomzodlar tanlab olinadi va keyinchalik TATU Kasaba uyushmasi tomonidan nomzodlar ko'rib chiqiladi.

🔹Tanlov natijasiga ko'ra har bir TTJdan g'olib bo'lgan talabalar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TTJ_1
#TTJ_2
#TTJ_3
#TTJ_4
#TATU_litsey
#Professor_o'qituvchilar
#Navro'z_bayrami
#Yangilanish_fasli

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari bilan uchrashuvlaridan video lavha

👉YouTube
#TATU
#TTJ
#Ta'mirlash

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shish hamda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlarimiz uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Talabalar turar joyi binosida qayta ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
#TATU
#TTJ
#Ta'mirlash

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2022/2023-o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Shahrimiz ko'rkiga yanada ko'rk qo'shish hamda viloyatlardan kelib tahsil oluvchi talaba-yoshlarimiz uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Talabalar turar joyi binosida qayta ta'mirlash ishlari jadal olib borilmoqda.
#TATU
#TTJ

🏛Talabalar yotoqxonasi 5-sentyabrdan ochiladi

Oldinroq eslatib oʻtganimizdek yotoqxonaga birinchi oʻrinda nogironligi bor shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar(yetim yoki chin yetimlar), oilada 2 va undan ortiq kontrakt toʻlovchisi borlar, temir daftar, yoshlar daftari roʻyhatida turuvchilar qoʻyiladi.

1-bosqich talabalari va qizlar uchun yotoqxona band qilishda hech qanday muammo boʻlmaydi.

Yuqoridagi roʻyhatga kiruvchilarda ushbu roʻyhatda turishlari haqidagi hujjatlarini oʻzlari bilan olib kelishlari soʻraladi.

📌Yotoqxona uchun oʻtgan yili toʻlov qilgan va ortiqcha puli qolib ketganlarning pullari bu yilgi toʻlovlar uchun oʻtkazib beriladi.
#TATU
#TTJ

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mas'ul xodimlari tomonidan talabalar TTJga joylashtirilmoqda

📌Bugun 288 nafar talaba TTJga joylashtirildi.
#TATU
#TTJ_3

🏛Bugun, 17-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2-3-talabalar turar joyida hashar tashkil etilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi

Talabalar turar joy hududlarini tozalash, bino hovlisini tartibga keltirish kabi yumushlarini bajardi. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan ushbu hashar tadbirlari talabalar o'rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada kuchaytirish, poklik va tabiatga mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, jamoat joylarini obod qilish, hududlar sanitariya holatini yaxshilashga hissa qo‘shishi shubhasiz.
#TATU
#TTJ
#FVV

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaxarlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish” mavzusi bo‘yicha TTJda yashayotgan talabalarimizni “Is gazidan zaharlanishni oldini olish”, “Botulizm”, “Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik”, “Elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish va nosoz elektr uskunalardan foydalanmaslik”, "Hayot faoliyati va texnika xavfsizlik qoidalari"ga rioya qilish bo‘yicha universitetning mas’ul xodimlari va Toshkent shahar Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassis xodimlari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari o‘tkazildi
#TATU
#TTJ
#Favqulodda_vaziyat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti 2-talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirokida “Favqulodda vaziyatlar yuz berganda harakatlanish, is gazidan zaharlanish va yong‘in xavfsizligini oldini olish”, “Botulizm”, “Tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik”, “Elektr energiyasidan to‘g‘ri foydalanish va nosoz elektr uskunalardan foydalanmaslik”, “Hayot faoliyati va texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
#TATU #TTJ_4
#Davra_suhbat

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kiberxavfsizlik” fakulteti dekani Sh. G’ulomov va dekan o’rinbosari O. Berdiboyev 4-TTJda talaba-yoshlar bilan davra suhbati o’tkazdi.

Ushbu davra suhbatida talabalarning IT sohasini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini o’stirishga, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishlariga imkon yaratilishi to’g'risida aytib o'tildi.