TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TUITDroneRacing #KelajakMuhandislari #FPV

👩‍🚀 TUIT Drone Community — Kelajakdagi chempionlarini qidirmoqda!

Dronlar – faqatgina havo suratga olish vositasi emas! Bu texnologiyaning eng muhim yo‘nalishlaridan biri: tezlik, aniqlik va muhandislikning mukammal uyg‘unligi!

🌍 Dunyo bo‘ylab dron texnologiyalariga talab ortib bormoqda – qishloq xo‘jaligidan tortib harbiy soha, transport va qutqaruv xizmatlarigacha! Dron poygalari esa bu sohaning eng qiziqarli hamda eng dinamik qismidir.

🏆Nega sen ham Drone Racing musobaqalarida qatnashmaysan?

• Jahon miqyosidagi musobaqalar – DRL, World Drone Racing Championships, TEKNOFEST Drone Racing Championships va yana ko‘plab turnirlar!

• Mahalliy musobaqalar – Mudofaa sanoatida innovatsion texnologiyalar festivali “Drone Racing” chempionati, Harbiy aviatsia instituti “Drone Racing va aviamodellarni loyihalashtirish” kubogi, TUIT Dronline musobaqasi va yana ko‘plab musobaqalar!

• Muhandislik va dasturlash mahoratini oshirish – FPV dronlar yasash, tezlatish dasturlari va algoritmlari, sun’iy intellekt bilan birlashtirish!

• O‘zbekiston bayrog‘ini xalqaro arenalarda ko‘tarish imkoniyati!

🚀 Bizning jamoaga qo‘shil va o‘z droningni yarat!

Biz eng iqtidorli va qiziquvchan talabalarni drone poygalari uchun maxsus jamoaga yig‘moqdamiz. Muhandislik, dasturlash yoki uchish bo‘yicha qiziqishlaringiz bo‘lsa – aynan siz bizga keraksiz!

🔥 TATU terma jamoasi sifatida universitetimiz nomidan xalqaro turnirlarda qatnashamiz!

O‘z kelajagingni osmon sari uchir! Guruhga qo‘shilish uchun hoziroq biz bilan bog‘lan!

Guruhga qo‘shilish uchun: Havola

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM