TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.3K photos
1.96K videos
251 files
4.15K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#trening #china #wuhan #blockchain

👥Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU "Tizimli va amaliy dasturlashtirish" hamda "Teleradioeshittirish tizimlari" kafedralari mudirlari Kamil Kerimov va Alisher Berdiyevlar Xitoy Xalq Respublikasining Uxan shahrida o'tkazilayotgan "Seminar on Technologies of Blockchain and Information Security for Developing Countries" seminarida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturga O'zbekiston, Yaman, Janubiy Afrika, Tanzaniya, Afg'oniston, Kambodja, Eron, Nepal va Ozarbayjon davlatlaridan turli soha mutaxassislari hamda muhandislari taklif qilingan.

🗒Ma'lumot uchun: ushbu seminar global Blockchain texnologiyalari, axborot xavfsizligi hamda ushbu sohadagi innovatsion yechimlar, Blockchain tizimida kriptografiya, sun'iy intellekt va Big Data hamda Blockchain texnologiyalari integratsiyasi, shuningdek, telekommunikatsiyada innovatsion yechimlar sohalari bo'yicha malaka oshirishga mo'ljallangan bo'lib, Xitoyning "Wuhan Research Institute of Post and Telecommunications" instituti tomonidan tashkil etilgan.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Blockchain_Telecommunication  #Wuhan #Seminar #TUIT

🇨🇳 5-18-iyul davomida
Xitoy Xalq Respublikasining Uhan shahrida o’tkazilgan “Blockchain and Information Security Technology Training Course for Developing Countries” seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida telekommunikatsiya va kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “FIBER HOME” Co.Ltd, “KINGSOFT.LOG”, “WPS OFFICE GROUP”, “DAMENG DATABASE” Co.Ltd kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Ichan hamda Xian shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi  hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Blockchain va Kiberxavfsizlik hamda telekommunikatsiya” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Gana, Armaniston, Janubiy Afrika, Ozarbayjon, Mynama, Eron, Iroq, Kambodja, Afg’oniston va Nepal kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#China #Cybersecurity #Informationsecurity #Shanghai #Seminar #TUIT

🇨🇳 4-17-iyul davomida Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida o’tkazilgan “Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries“  seminari o’z yakuniga yetdi.

Axborot kommunikatsiya sohasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar bilan tanishtirish maqsadida  kiberxavfsizlik sohasidagi yetuk vakillar “VECENTEK” Co.Ltd, “WUKONG TECHNOLOGIES (Sichuan) Group” Co.Ltd, “DBAPP Security (Chengdu)” Ltd, "JSY (Jishiyu) Digital Agriculture Center" kabi kompaniyalarga amaliy tashriflar tashkil qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar uchun Shanxay hamda Chengdu shaharlariga Xitoy Xalq Respublikasining boy tarixi hamda muhandislik yutuqlari bilan tanishtirish maqsadida madaniy tashriflar tashkil qilindi.

Seminar yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatda “Kiberxavfsizlik” sohalarida olib borilayotgan ishlar hamda bir qator istiqbolli loyihalar haqida yakuniy taqdimot bilan qatnashdi.

Mazkur seminarga O’zbekiston, Armaniston, Bahrayin, Kamerun, Kuba, Iroq, Laos, Marokko, Janubiy Afrika, Lesoto kabi bir qator davlatlardan mutaxassislar hamda muhandis vakillar taklif qilingan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM