TATU | Rasmiy kanali
14.4K subscribers
18.9K photos
2.2K videos
253 files
4.43K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU_talabalari #Videolavha #Teambuilding

Oqtoshdagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanidagi tadbirlar davom etmoqda. Ayni vaqtlarda mazali tushlikdan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_yoshlari #Oqtosh 
#team_building #videolavha

▶️ 200 dan ziyod 2-bosqich talabalari "Oqtosh" dam olish maskanida bo'ldilar.

Muhtaram Prezidentimizning yurtimiz kelajagi hisoblangan yoshlarimizning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish, bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga muhabbat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida kamol topishiga ko‘maklashish hamda ma’naviy ongini yuksaltirgan holda ma'naviy immunitet hosil qilishga qaratilgan topshiriqlarini bajarish maqsadida tashkil etilgan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan barcha fakultetlar kesimida GPA ko'rsatgichi eng yuqori bo'lgan 200 dan ziyod talaba-yoshlar uchun “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida "Oqtosh" dam olish maskanida madaniy hordiq tashkil etildi.

Oromgohda:

"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi futbol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda voleybol kabi sport turlaridan musobaqalar;

Intellektual bellashuvlar;

Mazali tushlik va kechki taomlar;

Dilni yayratuvchi milliy hamda xorijiy musiqa estradasida namunalarini o'zida jamlagan musiqiy tadbir tashkil etildi.

O'ylaymizki bunday tadbirlar yoshlarimizni bir maqsad yo'lida  birlashtirgan holda ularni  intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini ro‘yobga chiqishiga xissa qo'shadi, aql-zakovati, kuch-g‘ayratini, kelajakka ishonchini, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini yanada oshiradi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Koreya #TATU #YuNESKO
#videolavha

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan joriy yilning 7-8-noyabr kunlari Koreya Respublikasining Kookmin universitetida YuNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida o‘tkazilishiga doir targ‘ibot tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

🇺🇿🇰🇷 Mazkur tadbir TATU rektori Baxtiyor Maxkamov, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdusalomov hamda Kookmin universiteti prezidenti Sungkok Kim ishtirokida ochib berildi.

Bundan tashqari, tadbirda Koreya Respublikasining 30 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor korxona va tashkilot rahbarlari, jumladan Microsoft Korea kompaniyasi, sun’iy intellektga (AI) ixtisoslashgan texnologiyaga yo‘naltirilgan yetakchi IT kompaniya hisoblangan Acryl, Elice Group kompaniyasi, YuNESKOning Koreyadagi milliy ofisi vakillaridan iborat mehmonlar ishtirok etdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ #RektorKubogi #videolavha

✔️ Kuni, kecha 20-noyabr kuni TATU da QVZ rektor kubogining ilk o'yinlari bo'lib o'tdi.

Bugun soat 15:00da, A bino faollar zalida ushbu bellashuvning 2-o'yinlari bo'lib o'tadi.

Unda:
🟢Cosmos (Dasturiy injiniring);
🟢Pozitiv (Telekommunikatsiya texnologiyalari);
🟢Premyera (AKT sohasida kasb ta'limi);
🟢KIF (Kompyuter injiniring) jamoalari final bosqichiga o'tish uchun bellashadilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ #RektorKubogi #videolavha

🎭 Kuni kecha oliygohimizda fakultetlararo "Quvnoqlar va zukkolar" ko'rik-tanlovining 2-o’yinlari bo'lib o'tdi.

🚀 Finalga Telekommunikatsiya texnologiyalari fakultetining "Positive" jamoasi va Dasturiy injiniring fakultetining "Cosmos" jamoalari yo'l oldilar.

Barchangizni dekabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan, QVZning final bosqichida kutib qolamiz!

O'z fakultetingiz jamoasini qo'llab-quvvatlang!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kookmin #KOICA #BusinessIT #videolavha

🔄 Janubiy Koreyaning KOICA agentligi hamda KOOKMIN universiteti hamkorligida “TATUda innovatsion biznes IT ta’lim tizimini tashkil etish” loyihasi doirasida bo’lib o’tgan "Idea competition" dan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TaqdirlashMarosimi #videolavha

😇 2-dekabr kuni TATUda bo’lib o’tgan Huawei ICT Competition 2024-2025 AKT tanlovi milliy final bosqichi finalchilarini taqdirlash marosimidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QVZ #RektorKubogi #final #videolavha

14-dekabr kuni TATUda bo’lib o’tgan QVZ Rektor kubogining final bosqichidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#markaz #tashrif #videolavha

🎞 “Ma’naviyat va ma’rifat” markazining ochilish marosimidan videolavha

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport #Armwrestling #videolavha

🏆 Armrestling bo'yicha Rektor kubogi musobaqasidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soğlom_inson_soğlom_millat
#forum #sport #videolavha
#TATU_yoshlari #ğalaba #futbol

🎉G'alaba!!!

▶️Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi forum doirasida tashkil etilgan futbol musobaqasida TATU jamoasi final bosqichda TATU Nukus filialiga qarshi shiddatli o'yin ko'rsatib 6:0 hisobida g'alaba qozondi hamda chempionlik kubogini saqlab qoldi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_talabalari #Videolavha #musiqiy_kecha #forum

Forum doirasidagi musiqiy tadbirdan videolavhalar.

🎵 “Sog‘lom inson – sog‘lom millat karvoni Samarqandga yo‘l oldi” shiori ostidagi “Yangi O‘zbekistonda TATU yoshlari – Bir maqsad va bir g‘oya yo‘lida birlashadi – Samarqand-2025” forumi davom etmoqda. Ayni vaqtlarda sport musobaqalari, intellektual o'yinlar hamda tanlov g'oliblarini taqdirlash marosimidan so'ng tashkil etilgan musiqiy tadbirda talabalarimiz sho'x-shodon qo'shiqlarga raqsga tushishmoqda.

👥 Umid qilamizki, bunday ko'ngilochar - "Team building" tadbirlar yoshlarimizda emotsional-stress holatlari yuzaga kelishini oldini olib, birgalikda, jamoa bo'lib ishlashda yuqori natija beradi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #futzal

👟 Bugun, 5-mart kuni universitet talabalaridan tashkil topgan futzal terma jamoasi Toshkent davlat yuridik universiteti talabalar terma jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida 8 ochko to‘plab, guruhda peshqadamlar safidagi mavqeini mustahkamladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navrŏz #videolavha #osh #sumalak #bayram

📶 Joriy yilning 17-18-mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bahorning eng fayzli, eng ko‘tarinki bayrami – Navro‘z shukuhi hukm surdi!

💻 Universitetda Qadriyatlaring boqiy bo’lsin - Navro’z” shiori ostida Navro‘z sayli tashkil etildi.

🏳 Sayl davomida talaba-yoshlar stol tennisi, shaxmat-shashka, armrestling, arqon tortish, milliy kurash va tosh ko'tarish kabi sport turlarida kuch sinashishdi. Saylda 3000dan ziyod oliygoh talabalari, hodimlari, professor-oʻqituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari, MFY faollari ishtirok etishdi.

🎉 Bayram davomida fakultetlar o'rtasida osh chempionati, sumalak party, Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar, raqs chiqishlari,  Oʻzbekiston hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi turli hududlari an'analarini, urf-odatlarini aks ettiruvchi burchaklar tashkil etildi. Sayl nihoyasida talabalar uchun bahoriy sumalak va milliy taom-osh tarqatildi.

🔈 Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan orkestr hamda kursantlarning harbiy-jangavor chiqishlari namoyish etildi.

Qadriyatlarimiz, milliy urf-odat va an’analarimizni tarannum etuvchi sahna bezaklari, bahoriy dasturxonlar, milliy kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

📽 Bayram shukuhi – videolavhada!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #SpringJobFair2025 #MehnatYarmarkasi

📹 “Spring JOB FAIR-2025” dan videolavha

💻 TATUda talabalar uchun yirik mehnat yarmarkasi – “Spring JOB FAIR-2025” bo‘lib o‘tdi. 50 dan ortiq xorijiy va mahalliy kompaniyalar bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovka dasturlarini taqdim etdi. Shuningdek, bitiruvchi bosqich talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusida seminar-trening tashkil etilib, ishga joylashish va moliyaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi hamda talabalarni startup loyihalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan 61-PQ Qaror "Kelajakka qadam" dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #KelajakTexnologiyalar

🏛 “Kelajak texnologiyalari” ilmiy-innovatsion texnologiyalar — Made in TUIT ko‘rgazmasidan videolavha

🟡 Tez orada “Oliygoh kubogi” doirasidagi musobaqalarning taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi

🌐 Taqdirlash marosimini jonli efirda kuzatish uchun havola

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TUITparty #videolavha

🏛 8-aprel kuni TATUda talabalar uchun tashkillashtirilgan TUIT Party (TATU taronalari) musiqiy festivalidan videolavha

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM