TATU | Rasmiy kanali
14.9K subscribers
17K photos
1.9K videos
251 files
4.11K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#Iqtidorli_talabamiz #Magistratura #Grant

🎓Universitetimizning Yoshlar yetakchisi Nurbek Nuraliyev IT sohasida dunyoning TOP-350 universiteti qatoridan joy egallagan Dortmund Amaliy Fanlar Universitetning magistratura bosqichiga grant asosida o’qishga qabul qilindi.

Nurbekni ushbu natija bilan tabriklagan holda, bundanda yuqori marralarga erishishini tilaymiz.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul kvotalari grant 2023 magistratura(TATU va filiallar).pdf
177.1 KB
#Qabul_kvotasi #Grant

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli farmoyishi bilan 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

🗒Ushbu jadvalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari magistraturasiga ajratilgan grant kvotalarining mutaxassisliklar bo‘yicha taqsimoti bilan tanishishingiz mumkin.



Распоряжением Президента Республики Узбекистан от 15 июня 2023 года № ф-31 утверждены параметры государственного заказа на поступление в государственные высшие учебные заведения на 2023/2024 учебный год.

🗒В данной таблице вы можете ознакомиться с распределением грантовых квот по специальностям, выделяемых магистратуре Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми и его территориальных филиалов.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qabul kvotalari grant 2023 (TATU va filiallar).pdf
215.3 KB
#Qabul_kvotasi  #Grant

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-iyundagi F-31-sonli farmoyishi bilan 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

🗒Ushbu jadvalda siz Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot  texnologiyalari universiteti va uning filiallari bakalavriatiga ajratilgan grant kvotalarining ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti bilan tanishishingiz mumkin.



Распоряжением Президента Республики Узбекистан от 15 июня 2023 года № Ф-31 утверждены параметры государственного заказа на поступление в государственные высшие учебные заведения на 2023/2024 учебный год.

🗒 В данной таблице вы можете ознакомиться с распределением грантовых квот по направлениям, выделяемых на обучение бакалавров Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада ал-Хоразмий и его филиалов.

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Magistratura_kvotalari #Rekord_natija #grant_kvotalari

📈 Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab raqamli texnologiyalar barcha tarmoqlar va sohalarda hal qiluvchi rol oʻynamoqda. Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek, "Barqaror rivojlanishga erishish uchun biz raqamli bilimlarni va axborot texnologiyalarini chuqur oʻzlashtirishimiz kerak, bu esa bizga har tomonlama rivojlanishga erishish uchun eng qisqa yoʻldan borishimizga imkon beradi".

👥 Mehnat bozorida tor doiradagi mutaxassislarni yanada ko'paytirish maqsadida, yurtimizda bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda. Bunga misol tariqasida davlat qo'llab-quvvatlashi orqali Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tarixida ilk bor magistratura bosqichi uchun rekord darajadagi davlat grant o'rinlari ajratildi. TATU uchun belgilangan kvotaning 93% dan ziyodi aynan grant (byudjet) o'rinlaridir.

🎓 Aziz bakalavr bitiruvchilari bunday imkoniyatni aslo qo'ldan boy bermang!

@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Grant

📣Vengriyada tahsil olish uchun grant dasturiga hujjatlar qabul qilinmoqda

Vengriya hukumati tomonidan eʼlon qilingan “Stipendium Hungaricumgrant dasturiga hujjat topshirishning soʻnggi muddati – 2024-yil 15-yanvar (shu kuni ham) soat 14:00 (Markaziy Yevropa vaqti).

➡️Ushbu stipendiya dasturi doirasida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat, magistratura, doktorantura bo‘yicha 170 ta ta’lim granti taqdim etilmoqda.

🟣Hujjatlar https://stipendiumhungaricum.hu/apply/ platformasi orqali topshiriladi.

Batafsil: 👉 https://edu.uz/uz/news/view/6304

👉 На русском
👉 In English
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#GRANT

🌐 Izmir Texnologiya Institutida bo'lib o'tuvchi, 100% GRANT yutish mumkin bo'lgan TÜBİTAK 2232 dasturida qatnashing.

TÜBİTAK 2232 dasturlari orqali noyob ta'lim, ilm-fan, texnologiya, innovatsiyalar va tadbirkorlik ekotizimimizdagi imkoniyatlarni o'rganish uchun iste'dodlarni qabul qilinadi. Yevropa Komissiyasi tomonidan HRS4R mukofoti bilan e'tirof etilgan ingliz tilidagi Izmir Texnologiya Instituti Yevropa tadqiqot sohasida yetakchi ilmiy muassasa hisoblanib, muhandislik, fan va arxitektura bo'yicha turli dasturlarni taklif etadi.

Dasturlar barchasi ingliz tilida bo'lib o'tadi va oylik 30 000 Lira (1000 AQSH dollari) stipendiya bilan ta'minlanadi.

📆 Dasturda qatnashish uchun hujjatlar 30-aprelgacha qabul qilinadi.

🗒 Dastur haqida va hujjat topshirish uchun quyidagi link orqali ma'lumot olishingiz mumkin:

https://tubitak.gov.tr/en/scholarship/postdoctoral/international-programmes/content-2232-b-international-fellowship-for-early-stage-researchers

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#trening #grant_dasturi

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari” kafedrasi mudiri, PhD. Raximov Mexriddin Fazliddinovich Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) tomonidan tashkil etilgan "AKT sohasida kadrlar malakasini oshirish" grant dasturida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturda O‘zbekiston, AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa yetakchi davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.

🗒Ma'lumot o'rnida: Mazkur dastur - axborot xavfsizligi, elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, Linux tizim administratorligi, IoT, korxonalar IT-arxitekturasi, loyihalarni boshqarish hamda tizim xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Yaponiyaning Okinava xalqaro markazida JICA va Fujitsu Co.Ltd tomonidan olib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#digital
#grant

🏆Xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va IT sohasiga jalb qilish maqsadida 50 foizlik ta'lim grantini e’lon qilamiz!

Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda MAAB Innovation kompaniyasi hamkorlikda 5 nafar xotin-qizlarga IT sohasida yuqori daromadli kasb egasi bo‘lib faoliyatlarini davom ettirishlari uchun maxsus imkoniyatni taqdim etadi.

❗️ 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar ushbu imkoniyatdan foydalanib, ariza topshira oladi.

Kelajak kasbini bepulga o‘rganib, IT sohasida muvaffaqiyatli karyera qurmoqchi bo‘lsangiz, tanlovda albatta qatnashing!

Shoshiling! Ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunga qadar davom etadi:

🔗 Ro'yhatdan o'tish uchun ushbu 👉 havola 👈 ustiga bosing!
#trening #grant_dasturi

👥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Kiberxavfsizlik" kafedrasi assistenti, Daminov Akmalbek Abdurasulovich Xitoy xalqaro hamkorlik agentligining (CIFAL) tomonidan tashkil etilgan "Information Security Technologies for the 'Belt and Road' Countries" grant dasturida ishtirok etmoqda.

Ushbu dasturda O‘zbekiston, Marokko, Xitoy, Qatar, Iroq, Armaniston, Janubiy Afrika, Laos, Kuba va boshqa davlatlardan malakali kadrlar ishtirok etmoqda.

🗒 Ma'lumot o‘rnida: Mazkur dastur — axborot xavfsizligi, elektron hukumat, AKT rivojlanish strategiyasi, kibervfsizlik, korxonalar IT-arxitekturasi va tizim xavfsizligi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Xitoyning Shanxay shahrida "CIFAL Shanghai" tomonidan olib borilmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#KOOKMIN #grant #TATU_talabalari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Innovatsion biznes IT taʼlim ekotizimini tashkil etish" loyihasi doirasida 5 nafar TATU va uning hududiy filiallari bitiruvchilari Janubiy Koreyaning KOOKMIN universitetida KOICA tashkilotining to'liq grant asosida magistratura bosqichida ta'lim olish imkoniyatini qo'lga kiritdi. Ushbu grant o'z ichiga talabalarning barcha o'qish, yashash va transport xarajatlarini qoplaydi.

O'tkazilgan tanlov g'oliblariga Grant mukofoti sertifikatini shaxsan TATU rektori B.Maxkamov topshirdi va  egallagan bilimlari asosida kelajakda  yurtimiz rivojiga hissa qo'shishlariga ishonch bildirdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#UzcardAvlod #grant

“UZCARD AVLOD” grant dasturi gʻoliblari aniqlandi!

💻 Joriy yilning 24-oktyabr kuni UZCARD kompaniyasining 20 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan 11 nafar iqtidorli talabalarga O‘zbekistondagi yetakchi oliy o‘quv yurtlarida bir yillik o‘qish uchun grantlar taqdim etuvchi tanlov yakunlandi.

Dastur 4️⃣ ta universitet: TATU, IUT, MDIST va WIUTni qamrab olgan boʻlib, akademik koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, faol ijtimoiy faoliyatga ega talabalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan edi. Mazkur grant dasturida ushbu 4 ta OTM universitetlardan talabalar ishtirok etib, 137 ta arizalar orasidan eng yaxshi nomzodlar tanlab olindi hamda universitetimiz iqtidorli 5 nafar talaba grantga sazovor bo‘lishdi:
Dasturiy injiniring fakulteti talabalari Murodov Dilmurod Dilshodjon o‘g‘li, Sultanov Xayotjon Bahodir o‘g‘li
Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Baxtiyorova Lazizaxon Bexzod qizi
AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talabasi Yodgorova Muxayyo Shuxratovna
Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Xaydaraliyev Nurbol Adil o'g'li

batafsil

🗒 Ma’lumot uchun:
Grant dasturida g‘olib bo‘lgan talabalarimizni kompaniya tomonidan to'lov-kontrakt pullari to'lab beriladi hamda talabalar UZCARDda maosh to'lanadigan amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM