TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.91K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#ZTE
#Memorandum

💻Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorlik aloqalarini kengaytirish va rivojlantirish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasining "ZTE" universiteti bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

Ushbu memorandumga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish, ta’lim va tadqiqot resurslarini almashinish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan hamkorlik qilishga kelishib olindi. So'ngra, universitetlarni tanishtirish bo‘yicha taqdimotlar qilindi, universitet tarixi, bugungi ko‘rsatkichlari, erishgan yutuqlari va imkoniyatlari haqida so'zlab berildi.

📄Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va talabalar startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha har ikkala universitetning imkoniyatlari o‘rganildi

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Memorandum
#Sian_university

🤝Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro QS va THE reytinglarda yuqori o‘rinlarda qayd etilgan Xitoyning nufuzli Sian Universiteti (Xi'an Jiaotong University (XJTU)) bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

🗒Maʼlumot uchun: Sian universiteti - Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vazirligi tasarrufidagi yetakchi hamda eng qadimgi universitetlardan biri hisoblanadi. Sian universiteti 1896-yilda tashkil topgan. Mazkur yirik universitet barcha akademik dasturlarni oʼz ichiga oluvchi 20 ta taʼlim va tadqiqot maktablaridan tashkil topgan. Universitetda beshta asosiy davlat laboratoriyalari hamda toʼrtta maxsus ixtisoslashtirilgan laboratoriyalar shuningdek, ikkita muhandislik markazi mavjud. Universitetda 48,300 dan ortiq talabalar (shu jumladan, 2,100 ga yaqin xorijiy talabalar) va 3960 dan ortiq professor-oʼqituvchilar va xodimlar faoliyat yuritmoqda. Ushbu universitet dunyo universitetlari ichida xalqaro QS reytingida 302 va THE reytingida 501-600 oʼrinda qayd etilgan.

Batafsil

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Digital.uz
Germaniyaning “Norzhausen universiteti” va TATU o‘rtasida memorandum imzolandi

Mazkur memorandumga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida akademik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, o‘quv va ilmiy ishlanmalar nashr etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/1620/

—————

Memorandum was signed between the "Nordhausen University" and TUIT

According to the memorandum, the universities will implement cooperation programs in academic and scientific fields, establish mutual experience sharing between professors and teachers, and cooperate in publishing educational and scientific research.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/1620/

#digital
#mitc
#tatu
#memorandum

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya
#memorandum

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Xi'an Jiatong universitetlari o‘rtasida yangi Innovatsion hamda START UP loyihalarni tadbiq etishga mo‘ljallangan "Innovatsion markaz" tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

🗒 Bugun, 16-oktyabr kuni dunyoning TOP-300 nufuzli oliy ta’lim muassasasi qatoriga kiruvchi, Xitoy Xalq Respublikasining  yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Xi’an Jiatong universiteti prezidenti Prof.Wang Shuguo boshchiligidagi delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Universitet prezidenti boshchiligidagi delegatsiya TATU rektori Prof.B.Maxkamov tomonidan kutib olindi. Mazkur tashrif davomidagi yuqori darajadagi muzokaralar so‘ngida ikki universitet o‘rtasida TATUda "Innovatsion markaz" tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor #delegatsiya #memorandum #NCUT

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori Prof. B.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro QS hamda THE reytinglarda yetakchi o‘rinlarda turuvchi Xitoy Xalq Respublikasining North China University of Technology (NCUT) universitetiga tashrif buyurdi hamda universitet prezidenti Prof. Lifeng Zhang bilan ushrashuv o‘tkazildi.

🖋 Uchrashuvda ikki universitet oʻrtasida talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyish, hamkorlikda qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish, TATU ilmiy tadqiqotchilari uchun NCUTning Maʼlumotlar markazi (Data Center) hamda DeCloud bulut xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratish, shuningdek, raqamli texnologiyalar, infokommunikatsiya, sun’iy intellekt sohasida birgalikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish va ilmiy maqolalarni nashr etish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil



🤝 Делегация во главе с ректором Ташкентского университета информационных технологий имени Мухаммада аль-Хорезми профессором Б.Махкамовым посетила Северо-Китайский технологический университет (NCUT), занимающий лидирующие позиции в международных рейтингах QS и THE и провела встречу с президентом университета профессором Лифэном Чжаном.

🖋 На встрече подписан меморандум о двустороннем сотрудничестве в сферах академического обмена для студентов и преподавателей, проведения совместных исследований, создания Центра обработки данных Ncut (Data Center) и облачных сервисов DeCloud для научных исследователей ТУИТ, а также совместного проведения научных исследований и публикации научных статей в области цифровых технологий, инфокоммуникаций и искусственного интеллекта.

Подробнее
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum

Farg‘ona viloyati IIB va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bunda tomonlar o'rtasida keltirilgan yo‘nalishlardagi asosiy vazifalarni amalga oshiradilar:
– Hamkorlikda Farg‘ona viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi qoshida kiberxavfsizlik bo‘yicha innovatsion malaka oshirish markazini tashkil etish;
– Talabalarning amaliyot o‘tash tizimini joriy qilish;
– Talabalarni amalyot davrida moddiy rag‘batlantirib borish;
– Ilmiy-tadqiqot va innovatsion Start-Up loyihalarni amalga oshirish uchun talabalarni jalb etish maqsadlari ko'zlangan.

Vebsayt|Youtube|Facebook|Instagram
#Hamkorlik
#Memorandum
#Cyber_Bro
#Masterklass

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nurafshon filiali direktori N.Nasrullayev va Kiberxavfsizlik sohasida samarali faoliyat olib borayotgan Cyber-Bro kompaniyasi vakillari bilan joriy yilning 13-mart kuni uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvda kiberxavfsizlik sohasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalar olib borish, zamonaviy ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shimcha maxsus o‘quv dasturlarni ishlab chiqishda filial va kompaniyaning o‘zaro hamkorlik asoslari belgilab olindi. Uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.

💭 Tashrif so‘ngida kompaniya vakillari va filialda tahsil olayotgan talabalar bilan kiberxavfsizlik sohasidagi dolzarb mavzular bo‘yicha davra suhbati tashkil etilib, o‘zaro fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar bildirildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum #ODOO #UIC

🤝 TATU, Odoo va UIC Group kompaniyalari o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

Odoo Ta'lim guruhi rahbari  Kevin Daniel va UIC Group bosh direktori Muratov Murodkhuja TATUga hamkorlik aloqalarini o'rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. Hamkorlik doirasida TATU talabalari uchun "UIC Group" kompaniyasiga amaliyotga borish imkoniyati yaratiladi.

Odoo - CRM, elektron tijorat, buxgalteriya hisobi, inventarizatsiya, savdo nuqtasi, loyihalarni boshqarish kabi ochiq manbali biznes ilovalari to'plami hisoblanadi. Odoo universitetga "Odoo kursi"dan foydalanish imkoniyatini beradi. Kurs talabalarga ERP funksiyalarini tushunish uchun bilim berishga qaratilgan.

Ma'lumot uchun: Odoo millionlab kompaniyalarga o'z bizneslarini boshqarish va kengaytirish uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotdan oson foydalanish imkoniyatini beradi. Butun dunyo bo'ylab 4,5 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan qo'llaniladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #memorandum

Samarqandda 16-17-iyul kunlari Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oliy taʼlim muassasalari rektorlari ikkinchi forumi bo’lib o’tmoqda. 

🤝 Mazkur forum doirasida B2B uchrashuvlar tashkil etilib, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, o‘zaro o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, ta’lim sifatini oshirish, stajirovka o‘tash, malaka oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida o‘zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Qirg’iziston Respublikasining O'sh davlat universiteti, Adam universiteti va B. Sidiqov nomidagi Qirg'iz-O'zbek xalqaro universiteti bilan hamkorlik shartnomalar imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum

⚡️ Joriy yilning 23-oktyabr sanasida Paleyev Dmitriy boshchiligida ONESEC kompaniyasi universitetimizga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida kiberxavfsizlik bo'yicha kadrlar salohiyatini oshirish, talabalar uchun kompaniyada amaliyot o'tash imkoniyatlarini yaratish va ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#memorandum

💻 👏 Universitet va “Artel Electronics Group” kompaniyasining plata ishlab chiqarish korxonasi o‘rtasida kadrlar salohiyatini oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun kompaniyada amaliyot/stajirovka o‘tash imkoniyatlarini yaratish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda talabalarni ishga jalb qilish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Memorandum asosida tomonlar oʻrtasida oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatiladi, qoʻshma ilmiy-tadqiqot faoliyati amalga oshiriladi, hamkorlikda qoʻshma anjumanlar, seminarlar, akademik mashgʻulotlar, talabalarning oʻquv rejasida koʻrsatilgan har xil turdagi amaliyotlarini korxonada oʻtashlari tashkil etiladi.

⚪️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM