TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#kiberxavfsizlik_muammolari
#TATU #Kaspersky

💻 27-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kiberxafsizlik fakultetida, fakultet dekani bilan Kaspersky laboratoriyasining ta’lim dasturlari bo‘yicha menejeri Anna Kovalning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushrashuv davomida kiberxavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va xavfsizlikni ta’minlashda qo‘llaniladigan vositalardan samarali foydalanish masalalari bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Kaspersky laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida yaqin istiqbolda amalga oshiriladigan quyidagi reja va vazifalar belgilab olindi:

- “Kaspersky Labaratoriyasi” va Universitet o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzolash;
- Kasperskiy laboratoriyasi bilan hamkorlikda universitet qoshida o‘quv laboratoriyasi ochish;
- professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari va trening-seminarlar tashkil etish;
- talabalar uchun onlayn kurslarni tashkil etish.


✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM