TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.93K videos
251 files
4.13K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#etirof #taqdirlash #Kookmin #xushxabar

🎉 Kuni kecha, 18-aprel kuni Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlaridan biri bo'lgan Kookmin universiteti tomonidan TATU rektori i.f.d., prof. B.Maxkamov Kookmin universitetining "Faxriy professori" unvoni bilan taqdirlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha #taqdirlash #Kings_award_for_excellence

📹 “King’s Award for Excellence 2024” Taqdirlash marosimidan videolavha

Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kollejida bo‘lib o‘tgan Oksford mukofotlari klubining “King’s Award for Excellence 2024” taqdirlash marosimida Ozbekiston OTMlari ichida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Texnologik ta’lim” yo‘nalishida mukammallik mukofoti bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan tashkilotlar va rahbarlar to’g’ridan-to’g’ri Oksford mukofotlari klubi (Oxford Awards Club)ning to’laqonli a’zosi sifatida tan olinadi. Bu esa, endilikda universitetimizning Britaniya oliy ta’lim muassasalari va har qanday yo‘nalishdagi tashkilotlari bilan kuchli Networking aloqalarini kafolatlaydi.

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida birinchi bo‘lib Oksford mukammallik mukofotini qo‘lga kiritilishi universitetimizning nafaqat Buyuk Britaniya, balki dunyo miqyosida boshqa har qanday yo‘nalishdagi tashkilotlar tomonidan munosib tan olinishiga hissa qo‘shadi.

✈️@taturektori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Digital #taqdirlash_marosimi

Bugun, 7-may kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan Raqamli texnologiyalar vazirligida Vazirlik hamda soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

👥 Mazkur tadbirda Vazirlik rahbariyati, hududiy boshqarmalari, viloyatdagi tizim tashkilot va korxona vakillari qatnashdi.

Unda soha rivojiga ulkan hissasini qo'shib kelayotgan bir qancha soha xodim va rahbarlari e'tirof etildi. Ular qatorida Muhammad al-Xorazmiy Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, Professor Baxtiyor Maxkamov, Inson resurslari (HR) bo'limi boshlig'i Begmatova Ziyoda, TATU Samarqand filiali O'quv ishlari bo'yicha direktori o'rinbosari Yakubjanova Dilfuza Vazirlik Faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#futbol
#kubok
#taqdirlash

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilayotgan TATU ko‘chma kubogi musobaqasi o'z nihoyasiga yetdi.

🏆 Natija:
🥇 TATU;
🥈 Nurafshon filiali;
🥉 Samarqand filiali.

🏟 Musobaqada mag'lublar bo'lmadi. Jamoalar bir-birilari bilan zavqli o'yinlar olib borishdi. Do'stona muhit va fikr almashish ayni maqsadlarga musobaqa orqali erishildi. Barchamiz bir butun TATUmiz va birga rivojlanamiz!!!

👩‍💻 nbtuit.uz |✈️ Telegram  |📷 Instagram | 📒Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#futbol
#kubok
#taqdirlash

📹 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari o‘rtasida o‘tkazilgan “TATU ko‘chma kubogi” musobaqasining eng hayajonli onlari, final o‘yini  va taqdirlash marosimidan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash #Party

🏆 “TUIT bright future week” haftaligi doirasida tashkil etilgan tadbirlar g'oliblarini taqdirlash marosimi bugun soat 17:45 da oliygohimiz sport majmuasida bo'lib o'tadi.

🎶🕺TUIT Party musiqiy-ko'ngilochar tadbiri soat 18:50 da boshlanadi.

🌐 Tadbirlar Instagram ijtimoiy tarmog'imiz orqali jonli translyatsiya qilinadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#talabalar_ligasi #taqdirlash_marosimi

E'tirof!


👥 Bugun, 28-may kuni “Talabalar ligasi” hamda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berishdi.

🏆 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish va o‘tkazishda qo‘shgan hissasi, samarali mehnati uchun vazirlik nomidan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori va universitet jamoasini vazirlikning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi, musobaqa tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdi.

🎁 Taqdirlash marosimida musiqiy chiqish, iqtidorli talabalar ishtirokidagi lazgi raqsi va sho‘x-taronalar barchaga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fan_olimpiadasi #taqdirlash

🇺🇿 Respublika olimpiadalarida TATU yana yetakchilik qilmoqda.

2024-yil 8-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Respublikamizning 17 ta oliy ta'lim muassasalaridan 67 nafar bitiruvchi talabalar ishtirokida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan respublika fan olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo'yicha natijalar:

🥇1-o‘rin - Jalolov Ibroxim
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)

🥈2-o‘rin - Qayumjonov Jahongir
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU talabasi)

🥉3-o‘rin - Olimov Fayozbek
(Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali talabasi)

Eslatib o'tamiz, g'oliblar magistraturaga imtiyozli ravishda qabul qilinadi. 

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash #TATU_litseyi

Litsey o'quvchilari taqdirlandilar

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU akademik litseyning ikkinchi bosqich o'quvchilari o'quv yili davomida erishgan yutuqlari, a'lo baholari, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi faol ishtiroki va yoshlar intellektini rivojlantirishga doir maqolalari bo'yicha Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Rektori tomonidan "Rektor stipendiyasi"  bilan taqdirlanishdi.

🎉 Yosh iqtidor egalariga o'qishlarida omad, muvaffaqiyat va kelajakda jamiyatda o'z o'rniga ega bo'ladigan yetuk kadrlar bo'lishiga tilakdoshmiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda Yangi O’zbekiston Universitetida dunyoning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “Central Asia University Forum” bo’lib o’tmoqda.

⭐️ Xabaringiz bor, THE (Times Higher Education) xalqaro reytingida ilk bor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dunyo universitetlari xalqaro reytingida (WUR) TOP-1501+ o‘rinni, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari bo‘yicha TOP-5 o‘rinni, O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari orasida TOP-3 o‘rinni egallagan edi.

Shu munosabat bilan, universitetimizga ilk bor THE (Times Higher Education World University Rankings 2025) tomonidan tadqim etilgan maxsus sertifikatni universitetimiz rektori B.Maxkamov qabul qilib oldilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live #THE #taqdirlash

🚨 Ayni vaqtlarda bo‘lib o‘tayotgan
Central Asia University Forum” dan videolavha.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#taqdirlash

💻 Joriy yilning 16-noyabr kuni Sport vazirligi tomonidan o'tkazilgan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko'krak nishoni bilan taqdirlash marosimida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Televizion texnologiyalari fakulteti iqtidorli sportchi talabasi O'rozboyev Alimbek Xusan o'g'li o‘z yuksak natijalari uchun "III-darajali" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

🎉 Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan chin dildan tabriklaymiz va ularga yangi yutuqlar tilab qolamiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada #taqdirlash

👨‍💻Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida g'olib bo'lgan jamoalar taqdirlandi.

💻 Xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichida 1- o'rinni olgan TATUning DASH jamoasi (Miroqilov Davlatbek, Ma’rufjonov Azizbek,Rahmatillayev Shohruh ) NERC final musobaqasi uchun xizmat safari xarajatlarini qoplash sertifikatini qo’lga kiritishdi.

Undan tashqari universitetimizning Algo Experts jamoasi (Jaxongir Qayumjonov, Asadbek Qarshiyev,Ibrohim Jalolov) umumiy hisobda 7 ta masala ishlab final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

🗒TATU terma jamoalariga S.Hojiyev va Z.Qodirovlar murabbiylik qilib kelmoqda.

Natijalarni ko'rish : https://official.contest.yandex.com/contest/71332/standings/

👏 Jamoamizga 2024-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan NERC finalida omad tilab qolamiz.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ICPC #Olimpiada #Astana #taqdirlash

Xushxabar!!!

🏆 Xalqaro dasturlash musobaqasida O'zbekiston yana yuqori natijalarni qayd etdi hamda TATUning DASH jamoasi O'zbekiston chempioni sifatida qayd etildi.

📆 Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari xalqaro dasturlash musobaqasi ICPC NEF finali (ICPC yarim finali) bo’lib o’tdi.

Musobaqada ishtirok etish uchun O’zbekiston OTMlaridan jami 16 ta jamoa Qozog’istonning Astana shahriga yo'l olishdi. Musobaqada O’zbekistondan ishtirok etgan jamoalardan faqatgina 3 tasi yetakchi jamoa sifatida diplom olish nasib etdi.

  ICPC Northern Eurasia Finals'da TATUning DASH jamoasi (Miroqilov Davlatbek, Ma’rufjonov Azizbek,Rahmatillayev Shohruh) faxrli 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Undan tashqari, universitetimizning Algo Experts jamoasi (Jaxongir Qayumjonov, Asadbek Qarshiyev,Ibrohim Jalolov)lar ham faol ishtirok etishdi.

🗒 TATU terma jamoalariga S.Hojiyev, Z.Qodirov va S.Abdukarimovlar murabbiylik qilib kelmoqda.

🎉Talabalarimizni tabriklaymiz. Bu kabi yutuqlar bardavom bo'lsin!!!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#olimpiada #taqdirlash

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Televizion texnologiyalari fakulteti mas’ullari va “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan talabalar online olimpiadasi o’tkazildi.

📝Unda 150 dan ortiq talabalar ishtirok etdi.
Olimpiada natijasiga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇 1-o‘rinni Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Muhammadkarimov Abduazim egalladi;
🥈 2-o‘rinni Radio va mobil aloqa fakulteti talabasi Xaydaraliyev Nurbol egalladi;
🥉 3-o‘rinni Dasturiy injiniring fakulteti talabasi Mannabboyev Yahyobek egalladi.

🎁 G'oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#anjuman #taqdirlash

🗓 O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan 21-yanvar kuni “Jadidlar va Behbudiy merosini oʻrganishdagi yangi yondashuvlar” mavzusidagi an’anaviy xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjuman doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori, professor Baxtiyor Maxkamov "Jadidlar va jadidchilik ilmini o'rganish hamda targ'ib qilishdagi faoliyati uchun" oltin statuetka bilan taqdirlandi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM