TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.2K photos
1.94K videos
251 files
4.14K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#xorijiy_stajirovkalar
#Avstriya_Klagenfurt

🇦🇹 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Radio va mobil aloqa” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent Nosirov Xabibullo Xikmatullo oʻgʻli, “Sun'iy intellekt” kafedrasi doktorantlari Begmatov Shoxrux Abduvaxob oʻgʻli va Arabboyev Muxriddin Murodjon oʻgʻli Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan oʻtkazilgan tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Avstriyada joylashgan Klagenfurt universitetining “Smart Systems Technologies” kafedrasida ilmiy stajirovka oʻtamoqdalar.

🎓 Ikki universitet o'rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilish, stajirovka davomida olingan ilmiy-tadqiqot natijalari xorijiy nufuzli jurnallarda e'lon qilinishi reja qilingan hamda tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida foydalanishi maqsad qilingan.

💳 Ushbu ilmiy stajirovka Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM