TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
Yurtimizda “Computer Vision AI Challenge” hakatoni bo‘lib o‘tadi

💻“Computer Vision AI Challenge” hakatoni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, IT Park, shuningdek, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

🏛Tadbir Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‘lib o‘tadi. Tanlov shartlari bo‘yicha ishtirokchilar “computer vision” texnologiyasi asosida raqamli mahsulot yaratishlari lozim.

Shoshiling Hakatonda ishtirok etish uchun arizalar 20-iyunga qadar qabul qilinadi.

👉Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/41Szvx2V7cXhffeF8

#MITC #TATU #IT_Park #hakaton
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MITC
#TATU
#Hakaton_taqdirlash

🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tgan sun’iy intellekt yo‘nalishida “Computer Vision AI Challenge” hakaton g'oliblarini taqdirlash marosimi.

📺Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.
#hakaton

⌨️2024-yil 4-5 may kunlari “UIC group” kompaniyasi bilan hamkorlikda
Odoo” low-code platformasida loyihalar yaratish bo‘yicha hakaton o‘tkaziladi. Hakatonda ishtirok etish uchun @hakatonuzbot telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi.

🎁 Hakatonda sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarga pul mukofotlari, diplom va sovg‘alar topshiriladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_hamkorlik #seminar #startup #livinglab #hakaton

🇺🇿🇰🇷 Xalqaro hamkorlik doirasida hakaton va start up loyihalar namoyishi boshlandi.

Xorijiy yetakchi oliy ta'lim muassasalarining tajribalarini o'rganish va o’zaro tajriba almashish maqsadida TATU va Janubiy  Koreyaning Kookmin universiteti talabalari o'rtasida KOICA loyihasining Design Thinking & Digital Transformation xakatoni va Living Lab StartUp xakatoniga start berildi.

Ushbu xakaton joriy yilning 26-29-avgust kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu loyiha doriasida TATU ning 18 nafar va KMU ning 12 nafar talabalari, professor o'qituvchilari yordamida o'z loyihalarini namoyish qilishadi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #Hakaton

🎉 TATU talabalari "K-Lab Idea Hackathon" da "Study Track" nomli loyiha bilan g'olib bo'lishdi!

Yaqinda bo'lib o'tgan, mukofot jamg’armasi
50 million so'mga teng bo’lgan "K-Lab Idea Hackathon" tanlovida Toshkent аxborot texnologiyalari universiteti talabalari o'zlarining innovatsion "Study Track" loyihasi bilan katta muvaffaqiyatga erishdi. Hakatonda 90 dan ortiq jamoa va 30 dan ziyod oliy ta'lim muassasalaridan talabalar ishtirok etdi.

💻 TATU jamoasi, ya’ni Salohiddinov Ramzjan (311-21 guruh talabasi), Qoʻziboyev Jahongir (314-22 guruh talabasi) va Aliqulov Azizjon (712-21 guruh talabasi) lar tomonidan ishlab chiqilgan "Study Track" loyihasi talabalarning ta'lim jarayonini boshqarish, nazorat qilish va o'zlashtirishni yaxshilashga qaratilgan innovatsion platforma. Bu loyiha o'zining foydalanuvchilarga qulay interfeysi, samaradorlikni oshirish imkoniyatlari va texnologik yangiliklari bilan ajralib turadi.

🤔 Ishtirokchilarimizning sa'y-harakatlari va ijodkorliklari tufayli, "Study Track" loyihasi hakamlar tomonidan yuqori baholanib, g'oliblikni qo’lga kiritishdi. Bu nafaqat jamoa, balki butun universitet uchun katta yutuqdir.

🗒 Ma’lumot uchun:
"K-Lab Idea Hackathon"
innovatsiyalar, texnologik yechimlar va zamonaviy muammolarni hal qilishga qaratilgan yirik tanlov bo'lib, ishtirokchilar o'z g'oyalari orqali real hayotdagi qiyinchiliklarni yengib, yangi texnologiyalarni joriy qilish va jamiyatga foydali loyihalar yaratishga qaratilgan raqobatdan iborat.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NASA #Hakaton

🌐 "Butunjahon kosmos haftaligi" doirasida "O'zbekkosmos" va "NASA" agentliklari hamkorligida yirik hakaton tadbiri o'tkazildi.

Unda 200 nafarga yaqin yoshlar 40 dan ortiq jamoalarga bo'lingan holda NASA tomonidan berilgan dolzarb 30 ta mavzu boʼyicha oʼzlarining yechim va kreativ loyihalarini ishlab chiqishdi.

💻 Ushbu hakatonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari faol qatnashib sertifikat va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.

🗒 Qayd etish lozim, “NASA space apps challenge” tanlovida har yili dunyoning 160 dan ortiq davlatlaridan 180 mingdan ziyod yoshlar qatnashishadi. O'zbekiston esa mazkur hakatonda 3 yildan buyon muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM